Psixologik tayyorgarlik
Sport mahoratini vujudga kelishida va uni takomillashuvida ruhiy sifatlarning (xotira, diqqat, hissiyot, tafakkur, iroda, ong va h.) o’rni va ahamiyati. Voleybolchini sezish va his qilish tuyg’ulari. Ko’rish doirasining hajmi: ko’rish “o’tkir”ligi va “chuqur”ligi; ko’z bilan uzoq-yaqinni chamalash aniqligi; harakatni his qilish; voleybolga xos maxsus hissiyotlar va h. Harakatlarni idrok qilish. Voleybolchilar faoliyatida tafakkurni o’rni. Emotsional holatlarni tafsiloti. Irodaviy sifatlar va ularni izohi.
Yakka, guruhli va jamoali taktik harakatlarga o’rgatish uslubiyati
Yakka, guruh va jamoaning taktik harakatlari musobaqa jarayonining o’ta ahamiyatli tarkibiy qismidir. Hujum va himoyada yakka, guruh, jamoa taktik harakatlari (taktik kombinatsiyalar, guruh bo’lib to’siq qo’yish va to’siq qo’ygan o’yinchilarni “himoyalash” xujumda va himoyada jamoani o’yin taktikasini tizimlari va h.) va ularga o’rgatish tartibi.
Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlari o’yin texnikasi va taktikasi, hujum va himoyada yakka, guruh va jamoa taktik harakati, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, kasbiy-pedagogik malaka va ko’nikmalarni shakllantirish va nazariy bilimlarni mukammal o’zlashtirishga qaratilgan.
Mavzu 14: Voleybol. Ximoya texnikasini o’rgatish. O’quv o’yini.
Voleybol sport o‘yinlari turlariga mansub bo‘lib, o‘z mohiyati, mazmuni va xususiyati bilan ulardan farq qiladi. voleybol uyini nisbatan kichik bo‘lgan, ya'ni o‘rtasidan teng ikkiga bulingan 18x9 metrli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklidagi maydonchada amalga oshiriladi. 6 kishidan iborat bo‘lgan ikki jamoani maydoncha o‘rtasidan o‘tgan o‘rta chiziq va to‘r chegaralangan bo‘lib, o‘yin shu to‘r ustidan to‘p bilan o‘ynaladi. Zamonaviy voleybol turli o‘yin malakalari va taktik kombinatsiyalarga nihoyatda boy bo‘lib, o‘ta katta shiddat va tezlikda o‘tadi. Binobarin, voleybolning yuqorida zikr etilgan o‘ziga xos xususiyatlari o‘yinchilardan mukammal takomillashgan texnik mahorat talab qiladi. Musobaqa o‘yinlarida texnik mahorat qanchalik keng va tashqi ta'sirlarga nisbatan iukammal shakllangan bo‘lsa, shunchalik g‘alabani qo‘lga kiritish imkoni ko‘p bo‘ladi.
O‘yin texnikasi – bu bir vaqtning o‘zida ketma-ket va muayyan maksadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan harakat yoki harakatlar majmuasidir. O‘yin texnikasi – harakatni aniq, tez, yengil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf etib yuqori samarada bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozia.
«Texnika» atamasi yunoncha (tehnus) so‘z bo‘lib, juda keng ma'noda foydalaniladi va o‘zbek tilida «san'at» tushunchasini anglatadi. Miloddan avval 776 yildan boshlab har 4 yilda Yunonistondagi Olimp tog‘larining etagida joylashgan Olimp qishlog‘ida Xudo Zevs sharafiga o‘tkaziladigan umum-yunon bayram musobakalari ishtirokchilari 2 g‘ildirakli aravachada poyga, mushtlatish, beshkur III sporti bo‘yicha o‘z san'atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qizig‘i shundaki har bir ishtirokchi musobaqadan oldin o‘z qaddi-qomatini, mushaklarini shakllanganligi va boshqa shu sportga oid xislatlarni namoyish qilishi mazkur musobaqaning shartlaridan biri bo‘lgan. Demak, muayyan sport turi bilan muntazam shug‘ullanish natijasida odamning qaddi-qomati, mushaklari va organizmning jamiki barcha organlari shakllanadi, binobarin sportchining texnik mahorati, san'atini takomillashishi ta'minlanadi.
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor, sovutgich, soat va hokazo) ularning texnik pasporti mavjud bulib, unda mazkur vositaning texnik ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari berilgan buladi. Sportda ham muayyan harakat malakasining o‘ziga xos texnik ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va uni ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |