Panjarali sharli tegirmon
1-baraban; 2,16-yonbosh qopqoqlar; 3,15-podshipniklar; 4-yuklovchi tspfa;
5-ta’minlagich; 6-markaziy tuynuk; 7-cho‘mich; 8-plita; 9-boltlar; 10-panjara; 12-to‘siq-lifterlar; 13-bo‘yin; 14-bo‘shatuvchi tsapfa; 17-lyuk; 18-shesternya;19-uzatma val.
Tegirmon barabani po‘lat patnosdan payvandlab tayyorlanadi, yonbosh qopqoqlar esa cho‘yandan yoki po‘latdan quyiladi. Ular bir-biri bilan boltlar yordamida ulanadi. Qoplamaning qalinligi h D ga bog’liq holda qabul qilinadi:
D,mm
|
900
|
1200-2100
|
2700-3600
|
4000-4500
|
h, mm
|
70
|
100
|
120
|
140
|
Yanchuvchi vositaning xarakterli hususiyati (ko‘tarilish balandligi, qoplamaning sirg’anish koeffitsienti), tegirmon barabanining ishchi hajmi, koplamaning emirilishi, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi, elektrenergiyasining sarfi, va h.k.lar baraban qoplama plitalarining qalinligi va profili (yon tomondan ko‘rinishi) ga bog’liq.
Markaziybo‘shatiluvchisharlitegirmontuzilishjihatdanpanjaraorqalibo‘shatiluvchitegirmonMShRgao‘xshaydi. Uyonboshtomondanqopqoqli (2 va 4), ichibo‘shtsapfa 3 va 13 gaegatsilindrikbaraban 1 daniboratbo‘lib, shutsapfalarorqalibarabanpodshipnik6 va 11 largatayanadi.
Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmon.
1-baraban; 2,4-qopqoqlar; 3,13-ichi bo‘sh tsapfalar; 5-jamlashganta’minlagich;6,11-podshipniklar; 7,15-lyuklar; 8,10-qoplamaplitalar; 9-shesternya; 12,14-bo‘shatuvchivaronka; 16-etakchishesternya; 17-val;
Barabanning va qopqoqlarning ichki devori qoplama plitalar 8va10 bilan qoplangan. Barabanning aylanishi elektrodvigateldan barabanga mahkamlangan va 17 ga o‘rnatilgan etakchi shesternya 16 orqali amalga oshiriladi. Yuklovchi ichi g’ovak tsapfaga jamlashgan ta’minlagicho‘rnatilgan. Ichi g’ovak tsapfalar almashtiriluvchi yuklovchi 4va bo‘shatuvchi 12 voronkalar bilan ta’minlangan.
Uncha katta bo‘lmagan o‘lchamdagi tegirmonlar barabanning ichiga qoplamani kiritish uchun lyuk 7 va 15 larga ega. Katta o‘lchamdagi tegirmonlarda bu operatsiya bo‘shatuvchi tsapfa orqali bajariladi. Barabanga po‘lat yoki chuyan sharlar solinadi.
Bushatuvchi tsapfa biroz kattaroq diametrga ega, buning natijasida tegirmonda bo‘tananing nishabi hosil qilinadi.
Dastlabki mahsulot tegirmonga ta’minlagich orqali yuklovchi tsapfadan beriladi, yanchilgan mahsulot bo‘shatuvchi tsapfa orqali tushuriladi. Markaziy bo‘shatiluvchi tegirmonlar qisqacha MShTs deb belgilanadi. Markaziy bo‘shatiluvchi tegirmonlarning texnik xarakteris tikasi ilovada berilgan. MShTs tegirmonlar barabandagi bo‘tana sathining balandligi bilan xarakterlanadi, bu bo‘ylama yo‘nalishidagi harakat tezligining kichik bo‘lishini va mahsulotning nisbatan mayin tuyulishini belgilaydi.
Bo‘shatuvchi bo‘g’iz unga tasodifan tushib qolgan sharlarni tegirmonga qaytaruvchi spiralga ega. Sharli tegirmonlar ruda va boshqa mahsulotlarni yanchishda keng qo‘llaniladi.
Panjara orqali bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqoriroq (10-15 % ga) va ularda yanchilgan mahsulot markaziy bo‘shatiluvchi tegirmonlarda yanchilgan maxsulotga nisbatan shlami kamroq mahsulot beradi, lekin tuzilishi ancha murakkab. Markaziy bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlar oraliq mahsulotni qaytadan tuyush uchun ishlatiladi.
Odatda MSHR tegirmonlar yanchishning birinchi bosqichida, MSHTs esa mahsulotni mayin tuyush uchun yanchishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |