Maydalash darajalari
Dastlabki mahsulot bo‘laklarini maydalash bosqichlaridan keyingi o‘lchamlari farqiga maydalash darajasi deyiladi. Maydalash darajalari maydalagichlarning turlaridan qat’iy nazar ularni unumdorligi va elektr tokining sarflanishiga bog‘liqdir. Maydalash darajasi – maydalash jarayonida foydali qazilmalarning necha marta kichrayganligini ko‘rsatishi bir nechta formulalar bilan aniqlanadi. Maydalash jarayonlari maydalash darajasi bilan baholanadi. Maydalash darajasi dastlabki mahsulot kattaligining va maydalagichdan keyin chiqadigan mahsulotning kattaligiga nisbati bilan aniqlanadi:
Bu yerda: S-maydalash darajasi
Dmax – dastlabki mahsulotning eng katta o‘lchami
dmax – maydalangan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lak o‘lchami. Dmax va dmaxlarni kurs loyihalarini yechishda yoki hisob amallarini bajarish vaqtida D1 va D deb yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |