Otli birikmalar berilgan qatorni aniqlang.
katta uy, zavodda ishlamoq, vazifani bajarish
asalday shirin, hammadan tez, katta bo'lmoq
hammaga ayon, kitoblarga to'la
mashinada terish, radiodan eshitmoq, futbol
o'ynab
So‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan?
O'rta Osiyo
oq ko'ngil
ko‘zi tushdi
va'dasiga vafodor
Otli so'z birikmasi berilgan qatorni aniqlang.
og'zi qulog‘ida
havo rang
vazifasini bajargan
o'qishda birinchi
Hokim so‘z ravishdosh bilan ifodalangan fe’lli birikma qaysi qatorda berilgan?
gulni sevmoq
senda ko‘p
hurmat bilan yondashgan
do'stlikni qadrlab
Hokim so'z fe’lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan so'z birikmasi berilgan qatorni aniqlang.
o‘qigan bola
oldinga yurib
guldan nozik
qiyinchilik ko‘rgan
Teng bog'lanishli so'z qo'shilmasi qaysi qatorda berilgan?
chiroyli manzara
shoirlar bilan uchrashmoq
ishchilar va hasharchilar
vahimadan qutulish
So'z qo'shilmasidagi so'zlarning tobe bog'lanishi qaysi qatorda berilgan?
yoritadi, ammo isitmaydi
dam qizarib, dam oqardi
taklif, mulohazalar
to'lqinlanib gapirmoq
Tobe so'zlar ko'chma ma’noda qo'llangan qatorni aniqlang.
keng ko'cha, chiroyli uy, achchiq sovuq
kumush qoshiq, temir intizom, tilla soat
zumrad bahor, sovuq xabar, issiq yuz
tikansiz gul, qo‘li gul, gul o‘tqazdim
Qaysi qatorda so'z birikmasi qo'llangan?
va’da bo'yicha
0‘zbekiston Oliy Majlisi
U keldi
shahar bog'i
So'z qo'shilmasidagi so'zlarning bir-biri bilanbog'lanishi qaysi qatorda to‘g‘ri ko'rsatilgan?
boshqaruv, moslashuv, bitishuv
otli birikma va fe’lli birikma
bosh so'z va ergash so'z
teng bog'lanish va tobe bog'lanish
Hokim so‘z sifatdosh bilan ifodalangan so'z birikmasini aniqlang.
vazifani bajarib
kelajakka umid
mehnatda sinalgan
muzeyga bormoq
Qaysi qatorda hokim so'z sifat bilan ifodalangan?
shunday o'lka
halol ishlamoq
kuzgi bug'doy
qo'shiqqa ishqiboz
Tobe bog'lanishli so'z qo'shilmasi qaysi qatorda berilgan?
Markaziy Osiyo
maktab bog'i
shaftoli va o'riklar
o'qidi, lekin yozmadi
Qaysi javobda tobe so'z hokim so'zga ko'makchi yordamida birikkan?
kutubxonaga bormoq
havoning sofligi
do'sti bilan suhbatlashmoq
qulog'iga shivirlamoq
Qaysi qatorda so'z birikmasi berilgan?
kumush qish
O'zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi
U o'qidi.
olma, o'rik va shaftoli
Qaysi qatorda so'z birikmasi mavjud?
gapirib bermoq
holdan toymoq
tashrif buyurmoq
so'z birikmasi berilmagan
So'zlar o'zaro teng bog'langanda, qanday vositalar orqali bog'lanishi mumkin?
sanash ohangi, teng bog'lovchilar va teng bog'lovchilar vazifasidagi yordamchi so'zlar bilan
barcha bog'lovchilar bilan
faqat teng bog'lovchilar bilan
teng bog'lovchi vazifasidagi ko'makchi va yuklamalar bilan
Qaysi javobda otli birikma berilgan?
chiroyli yozmoq
yaxshi kayfiyat
kitobni o'qib
hikoyani bayon qilmoq
Tobe so'z bilan hokim so'zning birikish usullari ko'rsatilgan qatorni aniqlang.
tobe bog'lanish va ergash bog'lanish
moslashuv, boshqaruv, bitishuv
tobe so'z va hokim so'z
tobe so'z va hokim so'zning mosligi
Qaysi qatorda so‘z birikmalari berilgan?
temir yo‘l, Yaqin Sharq, ish boshi, Uchqo‘rg‘on
menga muntazir, noma’lum bir qo'shiq, yangi- yangi kitoblar
qirga ko‘tarilmoq, po'stiga somon tiqmoq, Rustam - student, boshini olib chiqib ketmoq
Daryo boshlandi. Alisher o’qidi. Men keldim.
Keltirilgan misollarning qaysi biri teng bog'lanishli birikma hisoblanadi?
oppoq paxtazor
talabalar o'qimoqdalar
tog'lar va adirlar
karimning kitobi
Qaysi qatorda so'z birikmasi berilgan?
tashrif buyurmoq
ko'ngli keng
gullar ochildi, qalam bilan
so'z birikmasi berilmagan
Javoblarning qaysi birida so‘z birikmasi berilgan?
qalam bilan
dala tomon
vatan uchun
bepoyon osmon
Quyidagi atamalar- ning qaysi biri sintaksisga tegishli?
orttirma nisbat
modal so'z
taqlid so'z
tobe so'z
Qaysi qatorda so'z birikmasi mavjud?
keng paxtazor
savlat to'kib
qo'l urmoq
o'qimoq va ishlamoq
3-variant
So‘z birikmasidagi moslashuv qaysi qatorda berilgan?
derazani ochmoq
moviy osmon
ilmda o'tkir
o'rik danak
Bitishuv yo‘li bilan hosil bo'lgan so'z birikmasini aniqlang.
bolalar haqida g'amxo'rlik
maktab hovlisi
zilol suv
gapirishga oson
Qaysi qatorda ritorik so‘roq gap berilgan?
Farmonbibining uylari shumi?
Siz qayerdan, mehmon?
Tokaygacha ezilamiz, ota?
Sen mening gapimga quloq solgin...
Onajonim sog‘ bo'lsalar. Ushbu gap ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gap hisoblanadi?
darak gap
so'roq gap
buyruq gap
istak gap
So'zlarning boshqaruv yo‘li bilan bog'lanishi qaysi qatorda berilgan?
hayotbaxsh modda
ukasi uchun olmoq
bog'ning eshigi
vasvasaga tushdi
Faqat so'roq ohangi yordami bilan hosil bo'lgan so'roq gapni belgilang.
O'tkir Hoshimov asarlarini o'qiganmisiz?
Siz-chi?
Yaxshi qo'shiqni kim yoqtirmaydi?
-Bugun tunda yo'lga chiqamiz.
-Tunda?
Misollarning qaysi biri ritorik so‘roq gap?
Shunday go'zal yurt dunyoning qayerida bor?
Xo'sh, o'zingizning ahvolingiz qanday, do'stim?
- Soatim to‘xtab qolibdi?
Nimadan xafasiz? Kim xafa qildi?
Qaysi gapni so'roq olmoshi yordamida ritorik so‘roq gapga almashtirish mumkin?
Tog' orqasida shamol ko‘tarildi.
Osmonda yulduzlar chamani porlaydi.
Tinch uyda janjal bo'lishini istaydl.
Siz odamlarni yaxshi bilasiz.
Faqat so'roq ohangining o‘zi bilan tuzilgan so'roq gapni aniqlang.
Soat to'rt bo'libdi?
Bugun uni ko‘rasiz-a?
Sizni qaysi mamlakatlar qiziqtiradi?
Yaxshini kim sevmaydi?
Kimga qanday kitoblar zarur? So'roq gap qaysi vosita yordamida hosil bo'lgan?
faqat qanday so'roq so'zi yordamida
faqat kim so'roq olmoshi ishtirokida
so'roq yuklamasi vositasida
so'roq olmoshlari ishtirokida
Ritorik so'roq gap berilgan qatorni aniqlang.
Men u odamlarga nima yomonlik qilibman?
O'qish qachon boshlanadi?
Dadang qayerga borib kelganini aytaymi?
- Xo'sh, qanday yangiliklar bor? - dedi O'ktam.
Tashviq mazmunini ifodalovchi buyruq gap berilgan qatorni aniqlang.
Ayajon, menga rahmat ayting.
Bu vazifalarning hammasini hozirdanoq bajarishimiz kerak.
Salim ketgan joyga uni ham jo'natish kerak.
Ashuladan yana bo'lsin.
Mamnunlik mazmunini ifodalovchi his-hayajon gap berilgan qatorni aniqlang.
Barakalla, barakalla, o'g'lim!
Muncha yaxshi yigit ekansiz!
E voh, esiz umr, esiz qizim!
Yana sizni ko'rib turganim qanday baxt-a
So'roq yuklamali so'roq gapni aniqlang.
Shaharda qayoqdan ish topasan?
Umringda birovga yaxshilik qilganmisan?
Senga ne bo'ldi?
Kim kimning onasi bo'ladi?
Qaysi qatorda buyurish mazmuniga ega bo'lgan so'roq gap berilgan?
Shunaqa so'zlarni har kimga aytaverasizmi?
Olimjonni siz qachondan beri bilasiz?
Maktab qursa yomonmi?
Shomurod akamnikiga ketyapsizmi?
So'roq olmoshi yordami bilan hosil bo'lgan so'roq gapni belgilang.
Bizning to'g'rimizda yozyapti, fahmladingmi?
Sobirjon, bugun qayerga bording?
Og'ayni, biror kurortga bormadik-a?
Qo'rqdingizmi?
Faqat so'roq ohangi yordami bilan tuzilgan so'roq gapni aniqlang.
Havo bosimi odamga ta’sir qilmaydimi?
Demak, qiz yigit to'g'risida hech narsa bilmaydi?
Sizning qanday arzingiz bor?
To‘g‘ri javob yo‘q.
Tilakni bildirgan buyruq gapni ko'rsating.
Yangi uyga ko'chish kerak ekan, oyi.
Uni, albatta, o'zingiz bilan olib keting, oyi.
Oy borib, omon qayt, o‘g‘lim.
U kelishi bilan daftarni, albatta, ko'rsating.
So'z birikmasida hokim bo'lak belgi bildiruvchi so'zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vazifasini bajarsa, qiyoslanuvchi so'z qaysi kelishik shakli orqali bog'lanadi?
qaratqich, tushum, jo'nalish, chiqish, o'rin-payt kelishigi
qaratqich kelishigi
chiqish kelishigi
tushum va jo'nalish kelishigi
Biri ikkinchisiga tobe bo'lgan bo'laklar o'zaro grammatik shakllar yordamisiz bog'lansa, qanday aloqa sanaladi?
teng aloqa
bitishuvli aloqa
boshqaruvli aloqa
moslashuvli aloqa
Qaysi gapda teng bog'lanishli birliklar qo'llangan?
Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir.
Ayol - go'zallik, nafosat va muhabbat timsoli.
Sohibqiron ayol qadriga, go'zalligiga ichki bir muhabbat bilan qaragan.
barcha gaplarda
Berilgan gaplarning qaysi biri istak gapga mansub emas?
Qani endi, dunyodagi barcha bolalar baxtli bo'lsa.
Ham mam iz o'quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaylik.
Millatning dardiga darmon bo'linglar.
Xorijiy tillarni o'rganib, chetellarga oqishga borsam.
2
3
2, 3
Berilgan barcha gaplar istak gap
Ma’lum matnda gaplar qaysi jihatdan boglanadi?
morfologik jihatdan
sintaktik jihatdan
mantiqiy jihatdan
morfologik, sintaktik, mantiqiy jihatlardan
Qaysi qatorda ritorik so'roq gap berilmagan?
Xo‘sh, sen o'tkazadigan tajriba nimani isbot qilishi kerak?
Bilmayman, bu ijod kishilarisiz qanday olar edim qalbimga o‘tni?
Nahotki Alimardonning shuncha mehnatlari bemaqsad ketsa?
Onang seni nahotki shu umid bilan katta qilgan bo'lsa?
Qaysi qatorda istak gap berilgan?
O‘qiylik, do'stlar, o'qishning qadriga yetaylik, savodsizlik gumrohlik ekanligini tushunib yetaylik!
Yozning issiq kunlari g‘animat ekanligini esdan chiqarmangiz!
Istaymanki, shoirning orzulari, umidlari haqiqatga aylansin.
faqat 1
1 va 3
1 va 2
Istak gap berilmagan
5-variant
Quyidagi gapda ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Yurgan - daryo, o'tirgan - bo'yra
ot bilan
otlashgan sifat bilan
fe’l bilan
otlashgan sifatdosh bilan
Tirishgan tog’ dan oshar. Ega qaysi so'z turkumi bilan ifodalangan?
ot bilan
otlashgan sifatdosh bilan
sifat bilan
sifatdosh bilan
Dilshodning tepa sochi tikka bo'ldi. Ushbu gapda kesim qanday ifodalangan?
ot bilan
sifat bilan
so'z birikmasi bilan
ibora bilan
Gapdagi kesimni aniqlang. Somon birovniki bo'lsa ham, somonxona o'zingniki bo'lsin.
bo'lsa ham
bo'lsa ham, bo'lsin
o'zingniki bo'lsin
birovniki bo'lsa ham, o'zingniki bo'lsin
Ega qatnashgan gapni aniqlang.
Jon qizim, o'zingni ehtiyot qil.
El og'ziga elak tutib bo'lmaydi.
Aqlni beaqldan o'rgan.
llm ahllari voqeadan xabardor bo'ldilar.
Qaysi gap bo'lagi kimning, nimaning so'roqlariga javob bo'ladi?
ega
to'ldiruvchi
aniqlovchi
hol
Qaysi qatorda qaratqich aniqlovchi qatnashgan?
El og'ziga elak tutib bo'lmaydi.
Musiqa eng qiyin, tushkunlikka tushgan paytlarda kishini ruhiy tetiklikka chorlaydi.
Mard maydonda bilinadi.
Birovning aybiga ko‘z- quloq bo'lma.
Bog'laringni sayr etganimda
Sen bor eding qalbda, vatanim.
Yuqoridagi misralardagi egani aniqlang.
sen
vatanim
sayr
qalbda
Qaysi gapda ega bilan kesim orasida tire ishlatilishi kerak?
Har bir bolaning eng muqaddas burchi o‘qishdir.
Kulish ummi uzaytirish vositasi.
Bu qiz Mahbubaning dugonasi Ozoda edi.
Hayot go'zal.
Otlashgan so‘z bilan ifodalangan to'ldiruvchini aniqlang.
Sen o'zingni maqtama, seni birov maqtasin.
Qo'rqqanga qo'sh ko‘rinar.
Kulgi yuzni go‘zal qiladi.
Dardsiz odamdan ijodkor chiqmaydi.
Ko'pdan quyon qochib qutulmas. Ushbu maqolda to'ldiruvchi vazifasida qo'llangan so'z qaysi so'z turkumiga mansub?
son
sifat
ravish
ot
Vositasiz to'ldiruvchi ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
Qaychi olib kelma, pichoq olib kel.
Inson go‘zallikka intiladi.
Yomon bilan yo'ldosh bo‘lma.
Bu roman Pirimqul Qodirov tomonidan yozilgan.
Vositali to'ldiruvchi- ning so'roqlari qaysi qatorda to'g'ri berilgan?
Kimga, nimaga, kimda, nimada, kimni?
Qayerni, qayerga, qayerda, qayerdan?
Kim bilan, nima bilan, kimning, nimaning?
Kimga, nimaga, kimda, nimada, kimdan, nimadan, kim bilan, nima bilan, kim haqida, nima haqida, kim tomonidan?
Ko'p o'yla, oz so'zla Ushbu gapda holning qaysi turi qo'llangan?
miqdor holi
vaziyat (ravish) holi
maqsad holi
sabab holi
Maqsad holi ishtirok etgan gapni aniqlang.
Biz bahorda tog'ga lola sayliga bordik.
U uyalganidan qizarib ketdi.
Bizning mardlar ko'kka parvoz qilmoqda
Inson amaliy tafakkurni o'rganishga hamisha ehtiyoj sezadi.
Gap bo'laklarining odatdagi tartibi qaysi qatorda qo'llangan?
Gulga to'lsin bu yorug' dunyo.
Muhabbat husndir har bir insonga.
Dugonam osongina qutulgani uchun behad quvondi.
Siz yoqqansiz menga hamisha.
Gap bo'laklarining o'zgargan tartibi qaysi qatorda qo'llangan?
O'z kasbini sevmagan baxtiyor bo'lmaydi.
Mehnat sharafli yakun bilan fazilatlidir.
Nega lablarimda kezar tabassum?
Temirchi qo'shnimizning bu jasorati meni hayratga soldi.
Ko‘p bilgan oz so'zlar. Ushbu gapdagi holning ifodalanishi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
son bilan
sifat bilan
olmosh bilan
ravish bilan
Vositasiz to'ldiruv- chiga qaysi qatorda to'g'ri ta’rif berilgan?
tushum va qaratqich kelishigidan boshqa kelishikdagi so'zlar bilan ifodalangan to'ldiruvchilar
ayrim ko'makchilar bilan kelgan so'zlar orqali ifodalangan to'ldiruvchilar
tushum kelishigidagi so'zlar orqali belgili yoki belgisiz ifodalangan to'ldiruvchilar
narsa-buyum, shaxsning belgisini bildirgan so'zlar
Orqada qolganlarning holiga voyl...
Ushbu gapda kesim qaysi so'z turkumi bilan ifodalangan?
undov so'z bilan
qo'shma fe’l bilan
fe’l bilan
so'z birikmasi bilan
Ot kesimli gapni aniqlang.
O'sha kuni sovuq qattiq edi.
Pastak eshik g'irchillab ochildi.
Shoikrom qizining gapini eshitmadi.
Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizardi.
Sifatlovchi o'z sifatlanmishiga qanday yo'l bilan birikadi?
moslashuv yo‘li bilan
bitishuv yo'li bilan
boshqaruv yo‘li bilan
moslashuv yoki bitishuv yo'li bilan
Nega shuncha go'zal ko'rinar olam? Ushbu gapda kesimdan oldin kelgan gap bo'lagi qaysi qatorda to‘g‘ri ko'rsatilgan?
vositali to'ldiruvchi
vositasiz to'ldiruvchi
maqsad holi
ravish holi
Gapda tufayli ko'makchisi bilan kelgan so'zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida keladi?
ravish holi
o‘rin holi
sabab holi
payt holi
25. Yaxshi qiz - yoqadagi qunduz. Ushbu gap qanday gap bo'laklaridan tashkil topgan?
aniqlovchi, ega, to'ldiruvchi, kesim
ega, hoi, kesim
ega, kesim
ega, kesim, to'ldiruvchi
7-variant
Qaysi qatorda ega ham qatnashgan undalmali gap mavjud?
Asabga zo'r bermang, odamlar...
Salom senga, bahor ko'rki - majnuntol.
Umidaxon bu kishiga kabinetlarini ko'rsating.
Ko'ngil, sen munchalar nega kishanlar birla do'stlashding?
Qaysi javobda yoyiq undalmali gap berilgan?
Behudaga, o‘g‘lim, egma bosh.
Otello, Otello, sening ishqingdan,
Hayratga tushishning o‘zi bir sevgi.
Ulug' Mirzom, qo'rqmang, hali susayganim yo'q.
Amudaryo, seni qalbdan kuylayman.
Qaysi qatorda uyushiq undalmali gap berilgan?
Baxtiyor yoshlar, to'g'ri yo‘ldan adashmang, yoshlikni behuda o'tkazmang.
Buvijon, bobojon, meni tabriklang!
Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zanondir bu zamon.
- Menda ixtiyor yo‘q, oyijon! - dedi Kumush.
Gumonni bildiradigan kirish so'z qaysi qatorda berilgan?
Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor.
Menimcha, u bugun-erta o'yini o'ylab olgani ma’qul.
Chamamda, hali-beri yetib bormaymiz.
Xullas, qo'shiq yana avjga mindi.
Qaysi qatorda kirish gap qo'llangan?
Yolg'iz borishga, to'g'risini aytsam, qo'rqaman.
Kecha, desangiz, yomg'ir yog‘ib qoldi.
To'g'ri, o'zbek adabiyotining tarixi ming yillar bilan belgilanadi.
Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo'q.
- Sen daftar oldingmi?
Ushbu to'liqsiz gapda qaysi gap bo‘laklari ifodalanmagan?
ega va to'ldiruvchi
aniqlovchi va kesim
ega va kesim
ega
Qaysi qatorda kirish so'z qatnashgan?
Mingboshi o'sha kunni zo'rg'a o'tkazdi.
Ko'chalar, odatdagicha, gavjum.
Men yer haydashni, ketmon chopishni yaxshi ko'raman.
Yer kuch bilan, ter bilan unum beradi.
Qaysi javobdagi gapda undalma ishtirok etgan?
O'quvchilar gazeta va jurnallarga obuna bo'lmoqda.
Bolalar nafasini ichiga tortib o'tirishdi.
Xayribibining tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi.
So‘zla, ko'zgujon, haqiqatni et bayon.
Uyushiq bo lakli sodda gap berilgan qatorni aniqlang.
Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg'oqda tartibsiz o‘sgan o'tlami silkitar edi.
0‘qishlik kitob yozish, uning har sahifasini kitobxonga manzur qilish, kitobxonni quvontirish, uning ko'nglini topish oson ish emas (S.Ahmad).
Bahor keldi, gul ochildi, chaman bo'ldi yurtimiz.
llmli ming yashar, ilmsiz bir yashar.
Sodda va qo‘shma gaplar, asosan, qaysi xususiyatga ko‘ra farqlanadi?
sodda va qo'shma gaplar tarkibidagi bo'laklarning ko‘p yoki ozligiga ko‘ra
grammatik asoslar miqdoriga ko‘ra
qo‘shma gapda ikki va undan ortiq alohida sodda gaplar ishtirok etishiga ko‘ra
A va С
Qaysi javobda undalmaga xos xususiyat berilgan?
Undalmalargap bo'laklari bilan ma’no jihatdan bog'lanmaydi
Undalmalar gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydi
Gapda undalma va kesim qatnashsa, sodda yoyiq gap hisoblanadi
So'zlovchining fikriga gumon, ishonch, taxmin singari ma’nolarni qo'shadigan so‘zlar undalma deyiladi
Undalmalar, odatda, qaysi shaxsga qaratilgan bo'ladi?
Ishaxsga
II shaxsga
III shaxsga
II yoki III shaxsga
Bir bosh bo'lakli gap qaysi qatorda berilgan?
Halol mehnat kishini ulug'laydi.
Yaxshilar ko'paysin, yomon qolmasin.
Yomon bilan yurdim - qoldim uyatga, yaxshi bilan yurdim - yetdim murodga.
Aytilgan so'z-otilgan o'q.
Qaysi qatordagi gapda yoyiq undalma qatnashgan?
Asabga zo‘r bermang, odamlar.
She’r aytgim kelyapti, aziz do'stlarim... (G‘.G‘ulom.)
Oyi, oyi, menga-chi, tutib bersin bir chumchuq.
Archa, archa, jonarcha, yaproqlaring ninacha
Qaysi qatorda bir bosh bo'lakli (ega ifodalanmagan) gap mavjud?
Odamga nisbatan ko'ngilchan, rahmdil bo'lish kerak.
Nahotki, bugun yomg'ir yog'sa?
Hayotping go'zalligi ham xalqlarning rang-barangligida emasmi?
Saida bu suhbatni diqqat bilan kuzatdi.
Grammatik asosiga ko‘ra gaplar qanday turlarga bo'linadi?
sodda gap va qo'shma gap
yig'iq gap va yoyiq gap
to'liq gap va to'liqsiz gap
bir bosh bo'lakli va ikki bosh bo'lakli gaplar
- Imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko'rdingmi?
Ha, tayyorgarlik ko'rdim. Ushbu gapdagi ha so‘zini qanday izohlaysiz?
gap
so‘z gap
kirish so‘z
atov gap
Ikki bosh bo'lakli sodda gapni aniqlang.
Tuyani cho'mich bilan sug'orib bo'lmaydi.
Hazillashganda ham aqlni ishlatib hazillashing.
Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
Yaxshi qiz - yoqadagi qunduz.
Qaysi qatorda bir bosh bo'lakli gap qo'llangan?
Qo'rqoq hamma narsadan mahrum.
Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
0‘tgan narsa hamisha totli.
Yetmish go'zallikning biri
Qaysi javobda shaxsi umumlashgan gap berilgan?
Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o'xshataman.
Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
Bahor. Atrof juda go'zal.
Bugungi ishni ertaga qo'yma.
Atov gap qo'llangan qatorni aniqlang.
Haqiqatni yashirib bo'lmaydi.
Ko‘p yig'lasang, ko'zdan ajraysan.
May... Ajoyib so'lim bir bahor!
Ishing oldinga suriiishini istasang, tabassumli bo'l.
So‘z-gap qaysi qatorda
berilgan?
- Siz ham shunday o'ylaysizmi?
- Aksincha.
- Ertaga teatrga borasanmi?
-Yo'q, borolmayman.
- Avlod uchun otadan ham ulug'roq kishi bormi?
Hayot kitobiga hech qachon yakun yasab bo'lmaydi.
Gumon ma’nosini bildirgan kirish so‘z qaysi qatorda qo'llangan?
Xullas, o'zbek paxtakori mo‘l hosil yetishtirish uchun hamma kuch vositalariga ega bo'lishi kerak.
Darvoqe, bu gap agronomning uyida ham aytilgan edi.
Baxtimga, onajonim
omon bo'lsin.
Chamamda, paxtakorlar agronomning fikriga qo'shilishmadi.
Qaysi qatorda ikki bosh bolakli gap berilgan?
Siz bilan bu haqda gaplashishga to'g'ri keladi.
Siz bilan biz ulug' ishga
bel bog'ladik.
Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'l.
Endi astoydil o'qishga
to'g'ri keladi.
Ehtiyot bo'lib gapirish kerak. Qaysi javobda ushbu bir bosh bo'lakli gapning turi ko‘rsatilgan?
egasi noma’lum gap
egasi ma’lum gap
egasi umumlashgan gap
atov gap
Do'stlaringiz bilan baham: |