Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi Darsning maqsadi



Download 17.58 Kb.
Sana01.10.2019
Hajmi17.58 Kb.
Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi

Darsning maqsadi: a)o’quvchilarga egalik qo’shmichalari olgan otlar imolasini o’rgatish.Ularning lug’atini poy,xok,suruv so’zlari bilan boyitish; b)o’quvchilarni kattalarga hurmat,kichiklarga izzat ko’rsatish ruhida tarbiyalash.Ularni mehnatsevarlik,o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning metodi: muammoli metod.

Darsning jihozlari: narsa rasmlari.

Darsning borishi:

1. O’tilgan mavzu—otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi yuzasidan o’quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi.Uyga berilgan mashq o’qitiladi.

2. Lug’at diktant.

O’qituvchi ot so’z turkumidagi so’zlarni o’qiydi.



Rahbar,bahor,adob,tartib,sovg’a,parta.

— So’zlarga I shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasini qo’shilib yozadilar. (Rahbarim,bahorim,…)



  • Rahbarim so’ziga qanday qo’shimchalar qo’shilgan? (-im qo’shimchasi qo’shilgan.)

  • Sovg’am so’ziga-chi? (-m qo’shimchasi qo’shilgan.)

  • O’ylang.Nima uchun rahbar so’ziga –im sovg’a so’ziga –m qo’shimchasi qo’shilgan?

(Chunki rahbar so’zi undosh tovush bilan tugagan,sov’ga so’zi unli tovush bilan tugagan.)

  • Undosh bilan tugagan so’zlarda egalik qo’shimchasi –im,unli tovush bilan tugagan so’zlarda egalik qo’shiladi.

  • Bu so’zlarga II va III shaxs egalik qo’shimchasini qo’shib,farqini aytadilar.

3.Mavzu bayoni.

Yuqoridagi so’zlarga egalik qo’shimchalarini qo’shib bildikki,egalik qo’shimchalari undosh tovushlardan so’ng: -im, -ing, -i; -imiz, -ingiz, -lari; unli tovushlardan so’ng: -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -lari shaklida qo’shiladi.

4.Darslik bilan ishlash.

162-mashq.O’quvchilar she’rni nuqtalar o’rniga mos egalik qo’shimchalarini qo’yib,ifodali o’qiydilar.Husnixat bilan yozadilar.So’roqlar yordamida otlarni aniqlaydilar.Egalik qo’shimchalarini olgan otlarni qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlab ,ustiga yozdilar,Namuna. Barmoqchalari(III sh.),bayroqchlaring (II sh.)

She’rdagi jajji,ovunchoq so’zlarining aytilishi va yozilishidagi tarzida yoziladi..

Ovunchoq tarzida u tovushi o’rniga i aytilsa ham,uvunchoq deb yoziladi.

Jajji so’ziga ma’nodosh so’z topiladi. Jajji-kichkina,mitti 162-,163- mashiqlar bajariladi.

5.Uyga 164-mashq beriladi.

6.Lug’at ishi. poy — (oyoq tojikcha so’z); xok-tuproq,loy. suruv — qo’yilarning podasi.

Mashq sharti mustaqil ravishda bajartriladi. O’quvchilar so’roqlar yordamida otlarni aniqlab,egalik qo’shimchalarning tagiga chiziadilar.Qavs ichida shaxsini yozadilar.



www.muhiddin.uz

Download 17.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar