Xoletsistit va o't-tosh kasalligi
Xoletsistit deganda o't pufagining yallig'lanishi tushuniladi. U pufakda toshlar bo'lmaganda (toshsiz xoletsistit) va toshlar bo'lganda (o't-toshli xoletsistit) paydo bo'lishi mumkin. O't pufagi va o't yo'llarining yallig'lanishiga ichaklardan kirish ehtimoli bo'lganda yoki gematogen yo'l bilan kiradigan infeksiya sabab bo'ladi.
O't-tosh kasalligi aksari yoshi ulg'aygan va semiz kishilarda, ayniqsa ayollarda ko'p uchraydi. Toshlar hosil bo'lishiga o't dimlanishi, o't yo'llarida infeksiya bo'lishi, xolesterin almashinuvining buzilishi va boshqa qator o'zgarishlar sabab bo'ladi.
O't toshlari o't pufagining o'zida, shuningdek o't yo'llarida bo'lishi mumkin. Kimyoviy tarkibiga ko'ra ular xolesterinli, pigmentli va aralash bo'ladi. Ularning kattaligi har xil: mayda qumdan tortib, kabutar tuxumidek keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |