O`tkir Xoshimov asarlari
Shu paytgacha yozuvchining
“Poʻlat chavandoz” (1962),
“Gunafsha” (1965),
“Odamlar nima derkin…” (1966),
“Bir tomchi shudring” (1970),
“Bahor qaytmaydi” (1970),
“Den motiʼlka”, (1971),
“Qalbingga quloq sol” (1973),
“Uzun kechalar” (1975),
“Nimadir boʻldi” (1975),
“Yer farzandimiz”,
“Nur borki, soya bor” (1977),
“Quyosh tarozisi” (1980),
“Mashina sotaman”(1981),
“Dunyoning ishlari” (1982),
“Yalpiz somsa”(1983),
“Oq kamalak”(1984”, “Sirli yulduz” (1985),
“Ikki eshik orasi” (1986),
“Xazina”,
“Ikki karra ikki besh”(1987),
“Notanish orol” (1990),
“Iztirob” (1991),
“Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2008) va boshqa kitoblari nashr etilgan.
Shuningdek, Stefan Sveyg, E. Xeminguey, K. Simonov, K. Paustovskiy, J. London O. Berggols, V. Shukshin, M. Karim va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. “Xazon boʻlgan bahor”, “Birovning tashvishi (Inson sadoqati)”, “Toʻylar muborak”, “Baland dorga osilma”, “Qatagʻon” sahna asarlari muallifi.
Ilk kitobi 1962 yilda “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplamidir. Birinchi yirik nasriy asari “Choʻl havosi”, “Odamlar nima derkin” (1965),”Shamol esaveradi” (1966), “Qalbingga quloq sol” (1973) qissalari eʼlon qilingan. “Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari”(1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan.
Yozuvchining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning soʻnggi qurboni”, “Oʻzbek ishi” kabi novellalari oʻzbek hikoyachiligida muhim hodisa boʻldi. Ilk romani “Nur borki, soya bor” (1976) da yozuvchi oʻziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli maʼnaviy – axloqiy masalalar bilan birga oʻtkir ijtimoiy muammolarni koʻtargan.”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida Oʻ. Hoshimov zamondosh – asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etish yoʻlidan borgan. Oʻ. Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. “Hazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati” (1975), “Vijdon dorisi”, “Toʻylar muborak” (1979), “Qatagʻon” kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”(2001) kitobi ijtimoiy – maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Asarlari jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |