Sariqlik. Teri va shillik pardalar, skleralarining tuqimalarida ortiqcha bilirubin yig‘ilishi natijasida sarg‘imtir buyalishiga sariqlik deyiladi. Bunda qonda bilirubin miqdori oshgan bo‘ladi. Sariqlik ichki organlarning qator kasalliklariga xos klinik sindrom xisoblanadi. Bilirubin darajasining oshish sababiga ko‘ra sariqlikning uchta asosiy tipi farq qilinadi.
Gemolitik (jigar ustidagi) sariqlik eritrotsitlar parchalanishi va bilvosita bilirubin ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu hodisalar retikuloendotelial sistema xujayralarining funksiyasi oshib ketganda birlamchi va ikkilamchi gipersplenizmda vujudga keladi.
Parenximatoz (jigarga oid) sariqlik gepatotsitlar jarohatga uchrab, ularning qondagi ozod bilirubinni bog‘lash va uni bilirubin glyukuronidga (bevosita bilirubin) o‘zgartirish kobiliyati pasayganda ruy beradi. Virusli gepatit, leptospiroz, jigar sirrozi, ayrim zaxarlanish parenximatoz sariqlikning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan xisoblanadi.
Mexanik (obturatsion) sariqlik o‘t chiqaruvchi yo‘llar qisman yoki to‘liq tutilib qolib, o‘ut suyuqligining ichakka oqishi bo‘zilishi natijasida rivojlanadi. Mexanik sariqlik aksariyat xoledoxolitiaz, katta duodenal surg‘ich strikturasi, me'da osti bezi boshchasi va o‘t chiqo‘vchi yo‘llardagi o‘smalarga bog‘liq.
Mexanik sariqlikda teri qoplami sarg‘imtir-yashil bo‘ladi, o‘t yo‘llarini bekitib qo‘yadigan o‘smalarda esa yersimon rangda bo‘ladi. O‘t-tosh kasalligiga bog‘diq obturatsion sariqlikda kasallik boshlanayotganda jigar sanchig‘i tipi bo‘yicha o‘ziga xos xurujsimon og‘riqlar paydo bo‘ladi, ba'zan sariqlik o‘tkir xoletsistit zaminida vujudga keladi. Pankreatoduodenal zona o‘smalarida sariqlik og‘riq sezgilarisiz paydo bo‘ladi. Teri qichimasi, ayniqsa bilirubin darajasi baland bo‘lganda kuchli bo‘ladi. Pankreatoduodenal zonasida o‘smalari bo‘lgan bemorlarning yarmida Kurvuaze simptomining musbatligi aniqlanadi. Ahlat ochiq rangli, o‘t yo‘llari butunlay epilsa axolik bo‘ladi. Siydik to‘q, rangli. Bevosita va bilvosita bilirubin konsentratsiyasi, ayniqsa pankreatoduodenal zonaning obturatsion o‘usmalarida keskin oshgan bo‘ladi.
Sariqlikning biror turining klinik kechish xususiyatlari sariqlikni qo‘zg‘atgan kasallik xarakteriga bog‘lik. Bu xol sariqlik turlarini differensial diagnostika qilishda qo‘shimcha qiyinchiliklar to‘g‘diradi. Sariqlikni diagnostika qilishning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan klinik va laboratoriya metodlaridan tashqari, sariqlikning har xil turlarini differensial diagnostikasi uchun zarur va kimmatli axborot olishga imkon beradigan rentgenologik, endoskopik, radiologik, ultratovush bilan tekshirish usullariga katta o‘rin beriladi.
Mexanik sariqlik butun gepatobiliar sistemadagi o‘zgarishlar va butun organizmning bir qator umumiy og‘ir buzilishlari bilan o‘tadi, bemorlar qolatining og‘irligi sariqlik darajasi va davomliligiga proporsional ravishda ortadi, bu qator yangi patologik holatlar paydo bo‘lishiga olib keladi, shu sababli davolash natijasi yomonlashadi va letallik ko‘payadi. Jigar funksional holatining dekompensatsiyasi nisbatan tez o‘tkir jigar yetishmovchiligi avj olishiga olib keladi. I. M. Matyashin ma'lumotlariga binoan o‘t yo‘ullari obturatsiyasidan 10-14 kun o‘tgach jigar funksiyasi shu qadar buziladiki, xirurgik operatsiya qilish g‘oyat xatarli bo‘lib qoladi va yuqori letallik bilan o‘tadi.
Mexanik sariqlikni davolashda dekompressiv aralashuvning muddatlari va turlari, profilaktika qilish yo‘llari va operatsiyadan keyin jigar yetishmovchiligini davolash muxim masala xisoblanadi. Operatsiya o‘t pufagi gipertenziyasini davolashning eng ta'sirchan chorasi xisoblanadi Biroq narkoz, operatsion jarohat jigar yetishmovchiligi rivojlanishi va klinik ifodalangan formaga o‘tishi sababli bemorlarning axvolini qiyinlashtiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan jixatlar xirurglarni mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda radikal operatsiyalarni 2 bosqichda o‘tqazish kerak degan fikrga olib keladi: birinchi bosqichda jigar funksional xolatini va bemorlarning umumiy axvolini yaxshilaydigan operatsiya, ikkinchisida radikal operatsiya qilish taklif etiladi. Xozirgi vaqtda laparoskopik xoletsistostomiya, o‘t yo‘llarini nazobiliar drenajlash, endoskopik transduodenal papillotomiya kabi extiyot qiladigan metodlar qo‘llaniladi. Teri orqali jigar orqali xolangiostomiya sariqlik, xolangit xodisalarini kamaytirish yoki to‘gatish, antibiotiklarni tanlash va maxalliy antibakterial davolash uchun o‘tni ekish, xayfli o‘smalarni ximiyaviy preparatlar bilan davolash imkonini beradi. Undan operatsiyani ko‘tara olmaydigan bemorlarda o‘t chiqaruvchi yo‘llarni tashqi yoki ichki drenajlashning doimiy metodi sifatida foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |