Toshsiz xoletsistit. O‘tkir toshsiz xoletsistit. Uning etiologiyasida bakterial infeksiya omili, o‘t pufagining me'da osti bezi yo‘lidagi o‘ut yo‘llariga va o‘t pufagiga reflyuksida pankreatik jigarning jarohatlovchi ta'siri muayyan axamiyatga ega.
Diagnostikada va davolash usulini tanlashda bemorni ob'ektiv tekshirish ma'lumotlari, o‘tkazilayotgan davo zaminida kasallik klinik manzarasining dinamikasi hal qiluvchi axamiyatga ega.
Surunkali toshsiz xoletsistit. Toshsiz Surunkali xoletsistit klinikasi Surunkali kalkulyoz xoletsistit klinikasiga o‘xshash. Biroq o‘ng qovurg‘alar ostidagi og‘riq unchalik kuchli bo‘lmaydi, biroq uzoq davom qilishi, deyarli doimiy xarakteri bilan ajralib turadi, parhyez bo‘zilganda keyin kuchayadi. Diagnostikada xoletsistoxolangiografiya o‘t yo‘llarini ultratovush bilan tekshirish eng ko‘p ma'lumot beradi.
O‘t yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida konservativ davolash. O‘tkir xoletsistitli hamma bemorlar statsionarda xirurgning doimiy nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Tarqalgan peritonit simptomlari bo‘lganda shoshilinch operatsiya qilish talab etiladi. Boshqa hollarda bemorlar dori-darmonlar bilan davolanadi. Bemorlarga ovqatni cheklangan miqdorda berilib, faqat ishqoriy suyuqliklar ichishga ruxsat etiladi.
Bu bemorlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. Me'dani nazogastral zond bilan bushatish kerak, chunki me'da parezi o‘t pufagida va o‘t yo‘llarida dimlanishni battar qiyinlashtiradi.
2. Paranefral novokain blokadasi.
3. Spazmolitiklar. Kuniga ikki marta til ostiga 1q2 tabletka nitroglitserin tayinlash shart, chunki u Oddi sfinkteriga tanlab spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Atropin, no-shpa, galidor o‘t pufagi bo‘ynidagi sfinkter apparatiga xuddi shunday bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
4. Infuzion terapiya 5%li glyukoza eritmasi va Ringer eritmasi yuborishni o‘z ichiga oladi.
5. Mikrob florasi aktivligini pasaytirish uchun gepatotoksik bulgan tetratsiklin qatoridagi preparatlardan tashqari, ta'sir spektri keng antibiotiklar tayinlanadi.
6. Simptomatik va kardial terapiya. O‘tkir xoletsistopankreatitda dori-darmonlar bilan davolash kompleksi o‘tkir pankreatitni davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.
Ko‘pchilik bemorlarda o‘tkir xoletsistit xuruji to‘xtashi mumkin. Xuruj to‘xtagandan keyin bemorni o‘t pufagida toshlar bor-yo‘qligiga tekshirish zarur. Agar o‘tkir xoletsistitni 12-24 soat davolash zaminida bemorning ahvoli yaxshilanmasa, qorinda og‘riq saqlanib qolsa yoki kuchaysa, qorin oldingi devori mushaklarining o‘z-o‘zini ximoya qilish qobiliyati saqlanib qoladi va kuchayadi, puls tezlashadi, leykotsitoz oshadi, shoshilinch xirurgik operatsiya o‘tkazish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |