Tekshirish usullari. O‘t pufagi va o‘t yo‘llarining diagnostikasi avvalo bemorlarning shikoyatlarini, anamnezni va organizmni fizik usullar bilan tekshirish natijalarini o‘rganishga asoslanadi.
Bemorlar quyidagilarga eng ko‘p shikoyat qiladilar: og‘riq, dispepsiya, istma, et junjikishi, teri qichishi, sariqlikdir. Anamnezni Aniqlashda bemorda ilgari sariqlik va jigar hamda o‘t pufagining o‘tkir kasalliklari, sanchiq xurujlari bo‘lgan-bo‘lmaganiga ahamiyat berish zarur, ular bu organlarning (Surunkali xoletsistit, xolangit va o‘t-tosh kasalligi) shu kasallikni boshlab bergan bo‘lishi extimol. Fizik tekshirish usullaridan bemorni ko‘zdan kechirish, paypaslab ko‘rish, perkussiya, auskultatsiyadan foydalaniladi. Ular anatomik va funksional o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuncha hosil qilishga imkon beradi va ko‘pincha bemorni davolash jarayonida o‘ning xolati dinamikasiga baho berishda asosiy usullardan sanaladi.
Jigarni funksional tekshirish bu organning spetsifik faoliyatini, masalan, pigment, zararsizlantiruvchi, oqsil hosil qiluvchi, farmakometabolizm kabi vazifalarni aks ettiradi.
Biliar kasalliklarni diagnostika qilishda rentgenologik tekshirish ko‘p xollarda hal qiluvchi axamiyatga ega bo‘ladi.
Bemor qornini bosib yotganida olingan su'rat jigarning o‘lchamlari, shakli va joylashuvi va undagi yirik strukturaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma'lumot berishi mumkin.
Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning o‘t yo‘llariga tushganda organ - yod saqlaydigan moddalar ajratish qobiliyatiga asoslangan bo‘lib, ularning rentgen kontrast tasvirini olishga imkon beradi. Vena ichi xoletsistoxolangiografiyasi o‘t pufagining holatidan qat'y nazar, uning qisqarish funksiyasi buzilganda, pufak yo‘li blokadasida, shuningdek xoletsistektomiyadan keyin pufak olib tashlanganda o‘t yo‘llarining rentgen kontrast tasvirini olishga yordam beradi.
Teri orqali xoletsistografiya qilish. Kattalashgan o‘t pufagi punksiya qilingandan va kontrast modda yuborilgandan keyin o‘ni rentgenologik tekshirishdan iborat. Operatsion xolangiografiya xirurgik operatsiyalar vaqtida o‘t yo‘llarini rentgen kontrast tekshirishdan iborat. Xozirgi sharoitlarda bu tekshiruv o‘t yo‘llaridagi operatsiyalarda albatta o‘tkaziladigan bosqich xisoblanadi, chunki u diagnostika sifatini oshirib, asoratlar sonini kamaytirishga va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.
Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (RPXG) - Fater surg‘ichiga yoki duodenoskopiyada biliar anastomoz og‘ziga kiritilgan kateter yordamida kontrast modda yuborishdan iborat.
Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (ChChXG) jigar ichidagi o‘t yo‘llarini punksiya qilish, ularga kontrast modda yuborish va keyin rentgenologik tekshirishni o‘z ichiga oladi. Odatda teri orqali xolangiografiyani mexanik sariqlikda o‘tkaziladi: bu usul o‘t yo‘llarida obturatsiya borligini tasdio‘lash, uning joyini Aniqlash va sababini bilishga imkon beradi. Tekshirish uchun ingichka po‘lat ignalar va rentgentelevizion moslamalardan foydalanish tufayli bu metodika keng tarqaldi.
O‘t yo‘llarini manometrik tekshirish - xolangiomanometriya ularga suyuqlik yuborilgandan keyin bosim ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu o‘t chiqaruvchi yo‘lning funksional qobiliyati va o‘tkazuvchanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Jigar o‘t yo‘llarini ultratovush bilan tekshirish. O‘t pufagini ultratovush bilan tekshirishda juda qimmatli ma'lumot olish mumkin, bu ularda konkrementlar yoki yangi xosil bo‘lgan tuzilmalar borligini Aniqlash imkonini beradi.
Jigarni radioizotop tekshirish - uning radioaktiv moddalarni yutish xususiyatiga asoslangan. Shunga asoslanib, jigarning radioaktiv preparatni yutish dinamikasi bo‘yicha funksional qolati aniqlanadi va radioaktiv preparatning jigar to‘qimalariga taqsimlanishiga doyr morfologik xususiyatlari o‘rganiladi.
O‘t yo‘llarini endoskopik tekshirish usullari. Xirurgiya amaliyotida laparoskopiyani aksariyat jigarning o‘chokli zararlanishi, o‘t yo‘llari saratonini aniqlash maqsadlarida, shuningdek sariqlikni differensial diagnostika qilishda qo‘llanishga to‘g‘ri keladi.
Duodenoskopiya - katta duodenal surg‘ich xolatini tekshirish, o‘n ikki barmoq, ichak patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi.
Xoledoxoskopiya – operatsion diagnostika usullari qatoriga kiradi va tekshirishning muhim bosqichi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |