O‘tkir koronar sindrom



Download 63,33 Kb.
bet3/20
Sana13.02.2022
Hajmi63,33 Kb.
#446672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
otkir koronor sindromi

OKS ni davolash
EKGni qayd etish darkor va yurak ritmi xamda ishemiya nazoratini olib borish uchun EKG monitogringini boshlash lozim.
Davolash quyidagilarni qo‘llash bilan boshlanadi:

  • aspirinni ichishga 250-500 mg, so‘ngra 75-325 mg dan sutkasiga bir maxaldan;

  • geparina yoki pastmolekulali geparinni (quyiga qarang);

  • β-blokatorni.

Yondosh EKG ulanishlarda ST segmentini turg‘un ko‘tarilishi yoki Gis tutami chap oyoqchasini “yangi” qamali okklyuzirlangan arteriya bo‘ylab qon oqimini zudlik bilan tiklash uchun ko‘rsatma bo‘lib xisobalanadilar (streptokinazaning 1,5 mln. birlik (ED) miqdorini 30 daq davomida berish yo‘li bilan trombolitik terapiyani o‘tkazish yoki stentlashni bajarish).
Nostabil stenokardiyada og‘riq sindromini to‘xtatish darkor. Bunga nitroglitserin eritmasini 5-10 mkg/daq miqdorda vena ichiga tomchilash yo‘li bilan ( xar 15 daq 5-10 mkg/daq ga oshirib borish bilan to 200 mkg/daq) to og‘riq bartaraflanguncha yoki arterial gipotenziya shaklida noxush samarani paydo bo‘lguniga qadar. 24 soatdan keyin peroral nitratlarga o‘tkaziladi-izosorbid dinitrat yoki izosorbid mononitratga.
β-Adrenoblokatorlar miokardni kislorodga extiyojini kamaytiradilar. Ular birinchi sutkadan boshlab moneliklar bo‘lmagan taqdirda barcha mijozlarga vena ichiga buyuriladilar (propranolol 1-5 mg). Keyin esa prolongirlangan β-adrenoblokatorlar ichish uchun qo‘llaniladilar (masalan, metoprolol retard, bisoprolol). Miqdorlari YuQSni to 55-60 tagacha daqiqasiga kamaytirish xisobini olib individual tarzda belgilanadi.
β-Adrenoblokatorlarga moneliklar bo‘lsa kalsiy kanallari blokatorlari (verapamil va diltiazem) qo‘llaniladilar. Monoterapiyadan yetarlicha antianginal samara bo‘lmaganda kombinatsiyalangan terapiyadan foydalanish mumkin-nitratlar va β-adrenoblokatorni qo‘shib berish yoki nitratlar va kalsiy kanallari blokatorlarini (verapamil va diltiazem) birgalikda qo‘llash:
Antiagregantli va i antikoagulyantli terapiya.
• Nostabil stenokardiyada trombotsitlar faollashuvi kuzatilgani bois 75-100 mg/sut miqdorda atsetilsalitsil kislotasini buyurish darkor.
• Atsetilsalitsil kislotasini qabul qilish mumkin bo‘lmagan xolatlarda klopidogrelni (stazeks) 75 mg/sut miqdorda qo‘llash mumkin
• Nostabil stenokardiyani davolashning asosiy vositalaridan biri sifatida antikoagulyant geparin va boshqa pastmolekulali geparinlar qo‘llaniladilar (dalteparin natriy, nadroparin kalsiy, enoksaparin natriy). Ilk bora geparin 80 YeD/kg soatdan (5000-7000 YeD) miqdorda vena ichiga bolyus xolida buyuriladi, so‘ngra tomchi xolida 18 YeD/kg soatdan ( 1500 YeD gacha) 1—2 sutka davomida buyuriladi/tomchilanadi va keyin bir kun davomida o‘sha o‘ta sutkalik miqdorni teri ostiga borishga bir necha kun davomida o‘tiladi. Geparin bilan davolash qisman tromboplastinli vaqtni nazorati ostida amalga oshiriladi va ushbu ko‘rsatkich ilk darajasidan 2-2,5 martaga ortiqqa (45-70 s doirasida) yetkazilib turilishi kerak bo‘ladi. Pastmolekulali geparinlar kuniga 1-2 maxal teri ostiga buyuriladilar.
Muqobil terapiya o‘tkazilganda ko‘pchilik mijozlar xolati (80%) 24-48 s. davomida yaxshilanadi. Dori vositalari bilan davolash samarasi 48 soatdan keyin bilinmasa yoki samarasiz bo‘lsa xirurgik davolash usulini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilishi kerak (stent qo‘yish bilan angioplastika yoki AQSh). Jarroxiya amaliyotini o‘tkazishga ko‘rsatmalarni aniqlash va davolash usulini tanlash tartiblari turg‘un stenokardiyanikidek bir xil bo‘ladi.

Download 63,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish