Kardiogen shokni davolash.
Kardiogen shokda shoshilinch-tez yordam AB ni ko‘tarishga va miokardning qisqarish xususiyatini muvofiqlashtirishga qaratiladi. Albatta qilinishi kerak bo‘lgan muolaja og‘riqsizlantirish xisobalnadi va unga narkotik analgetiklarni kiritish (promedol, fentanil, morfin) yo‘li bilan, neyroleptanalgeziyani o‘tqazib va b.q. (yuqorida qayd etilganlarga qarang) orqali yetiladi. Qiyosan samarli tadbir-muolaja bo‘lib Q tishchali MI koronar qon oqimini tiklash xisoblanadi (trombolitik terapiya, stentlash).
Kardiogen shokning taxiaritmik shaklida davolash elektroimpuls terapiyadan boshlanadi, chunki ko‘pchilik antiaritmik preparatlar noxush salbiy inotrop ta’sir ko‘rsatishadi va doimo xam tez samara bermaydi. Bradiaritmiyalarda tez yordam 0,1% li atropin eritmasini 1 ml miqdorda vena ichiga kiritishdan boshlanadi, samarasi bo‘lmaganda elektrokardiostimulyator ulanadi.
AB ni ko‘tarish va turg‘unlashtirish uchun (to 90 mm sim. ust. darajasidan kam bo‘lmagan me’yorda) pressor aminlari kiritiladi. AB 90 mm sim. ust. adrajasiga teng bo‘lsa dobutaminni 2,5—10 mkg/kg/daq tezlikda vena ichiga tomchilanadi. Tomirni toraytirish samarasini olish kerak bo‘lganda va o‘ta og‘ir gipotenziyada (80-90 mm sim. ust.) maqsadga muvofiq deb dofaminni 2-10 mkg/kg/daq tezlik bilan yuborishni, extiyojga qarab miqdorini to 20—50 mkg/kg/daq gacha asta-sekinlik bilan oshirib borishni maqsadga muvofiq tavsiya etiladi. Yangi preparat levosimendan (simdaks) boshlang‘ich 6–12 mkg/kg miqdorda 10 daqiqagacha muddat ichida berish bilan buyuriladi, keyin davomli to‘xtovsiz tomchilab berish yo‘liga 0,1 mkg/kg/daq tezlik bilan o‘tiladi.
Miokard infarkti bilan bemorlarda o‘pka shishini davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- kislorodni ingalyatsiya qilish;
nitroglitserin yoki izoket vena ichiga tomchilanadi. Miqdorlari kutilgan gemodinamik samaraga erishilgunga qadar oshirilib boriladi va buning asosiy mezoni-sistolik AB darajasi xisoblanadi (normotoniklarda u ilk darajasidan 10-15% ga yetib pasaytiriladi, lekin 100-110 mm sim.ust. dan tushirib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik lozim);
- narkotik analgetiklarni qo‘llash (morfing gidroxloridni 1% li eritmasini 1-2 ml miqdorda vena ichiga; keksalarda AB ni keskin tushib ketishini va nafas markazini falajlanib qolishini oldini olish uchun bu miqdorni to 0,5 ml gacha kamaytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi);
- furosemid (laziks) 60-120 mg va ko‘proq miqdorda vena ichiga, o‘ta zaruriyat bo‘yicha qaytadan uning umumiy miqdori to 1000 mg gacha yetkazilib berilish mumkin;
qisqa ta’sir qiluvchi APF ingibitorlari (kaptipril) qo‘llaniladi (AB 100 mm sim. ust ortiq bo‘lganida);
bartaraflanishi qiyin bo‘lgan o‘pka shishida tezkor koronarafiya bajariladi va qon oqimini tiklash uchun xarakat qilinadi.
Barvaqt kelib chiqqan stenokardiyada kompleks terapiya amalga oshiriladi, unga agregantlar (aspirin), antikoagulyantlar (kleksan, fraksiparin), kombinatsiyalangan antianginal terapiya (nitratlar, β-adrenoblokatorlar, kalsiy antagonistlari), metabolik terapiya (preduktal-MV) qo‘shib buyuriladi. Faol jarroxiya davolash usuli tavsiya etiladi-ballonli angioplastikani, stentlashni.
Miokard infarktidagi perikarditni davolash aspirin bilan amalga oshiriladi 162-650 mg dan xar 4-6 soatda. Samara bo‘lmaganda esa nosteroidli yallig‘lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikoidlardan foydalaniladi
MI bilan bemorlarni shifoxonada davolash muddati, odatda 18 kundan kam bo‘lmaydi va bu muddat maishiy zo‘riqishlar o‘zlashtirilgunga qadar ketgan xarakatlanish rejimini kengaytirish vaqti bilan aniqlanadi.
Miokard infarkti bilan bemorlarni taxminiy vaqtincha mexnat qobiliyatlarini yo‘qotish muddati Q-siz MI da 60-70 sutkani tashkil etadi, Q tishchali MI da esa bu muddat to 120 sutkagacha uzaytiriladi, MSE ga xam yo‘llanma berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |