Nekroz o‘chog‘ini chegaralashni ishonchli tarzda faqat quyidagi usullar ta’minlaydilar: trombolitik terapiya, nitratlarni vena ichiga kiritish, vena ichiga -adrenoblokatlarni berish. Bu preparatlarni qo‘llash MI bilan bemorlarda o‘limni kamaytiradi.
Shoshilinch terapiyaning boshqa usullari: kislorod-terapiya, muqobil og‘riqsizlantirish (neyroleptoanalgeziya), sirtmoqli diuretiklar (laziks) o‘tkir yurak yetishmovchiligida, inoptrop quvvatlash (dofamin, dobutamin), yurak yetishmovchiligini davolash (APF ingibitorlari, β-adrenoblokatorlar), barvaqt revaskulyarizatsiyani o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |