Otkir hoshimov



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/38
Sana03.12.2022
Hajmi2,74 Mb.
#878373
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
***•+*>> 93
www.ziyouz.com kutubxonasi


yonida bo ‘lishidan quvona boshlagan edi. — R ostdan 
qaytib kelm aysanm i?
— Butunlay ketaman! — M uqaddam ning o ‘zi oldin- 
ga o ‘tib, yurib ketdi.
Z um o ‘tm ay ular k cha ichiga kirishdi. Ikki juft 
poshna sadosi sham ol q anotida uzoq qarsillab turdi.
M uqaddam bu ko‘chalarda o ‘zining qadam tovush- 
lari endi yangram asligini bilardi.
* * *
K attakon zal ham , balkonlar ham tom oshabinlar 
bilan liq to ‘lgan. C hekka-chekkadagi eshiklar ustida 
yonib turgan qizg‘ish, o ‘ychan nur ostida odam larning 
chehrasi shodon, hayajonii ko ‘rinadi.
A lim ardon torini ko ‘tarib olgancha, sahna chekkasi- 
ga surib q o ‘yilgan zangori baxmal parda orqasidan zalga 
tikilib turar, negadir ijirg‘an a r edi. K ungurador shiftlar 
ostida M utal Q odirovning m ayin, dilkash ovozi ohista 
parvoz etadi, odam lar uni hayajondan entikib tinglasha- 
di. A lim ardonning nazarida yuzlarcha odam lar shu 
topda bir ohangdan tebranib, bir ohang og‘ushida 
to ‘lg‘anayotgandek edi. B ahor suvlarining jarang do r 
kulgisi ham , iliq quyoshning erka nurlari ham , iboli 
yurak to ‘lqinlari ham — ham m a-ham m asi shu ohangda 
mujassam edi.
Zalda dahshatli qarsak ko ‘tariJdi-yu, AJim ardonning 
yuragi zirillab ketdi. U birinchi qatorda o ‘tirganlarga 
vahim a bilan qarab q o ‘ydi. O dam lar baravariga qarsak 
chalishar, A Jim ardonning raqibini olqishlashardi.
A lim ardon M utalning zalga qarab yengilgina ta ’zim 
qilib q o ‘yganini ko‘rib turdi. U tom oshabinlarga yana bir 
m arta tashakkur bildird i-d a, sahna chetiga chiqdi. 
Konferansye qiz tez-tez yurib m ikrofon oldiga borgani- 
da, qarsaklar yana kuchayib ketdi. A m m o qiz hech 
kimga parvo qilm ay baland ovoz bilan qichqirdi:
— N avbat taniqli, sevimli xonandam iz AJimardon 
T o ‘rayevga!
AJimardon torini q o ‘lga olib, chehrasiga o ‘sha tanish 
tabassum ni qalqitdi-da, sahnaga chiqa boshladi. Am m o 
shu ondayoq qarsak ilgarigidan ham kuchayib ketdi. 
A w aliga u odam lar m eni olqishlayotibdi, deb quvondi. 
Lekin m ikrofon oldiga kelganidan keyin chapak tovush-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lari bir m e’yorda gurs-gurs urilayotganini ko ‘rdi-yu, bir 
nafas qotib qoldi. O dam lar norozilik bilan qarsak ch a- 
lishar, zalning chekka-chekkalaridan hushtak ovozlari 
eshitilib qoiardi. N im a gap? O dam lar uni haydashyapti- 
mi? M utalning o ‘zini talab qilishyaptim i?
U vahim a ichida bir zalga, bir b o ‘zrayib qolgan kon- 
feransyega javdirab qaray boshladi, alam dan lablari titrar- 
di. Shunda ham o ‘zini o ‘zi m ajbur qilib qayta jilm aydi. 
Tom oshabinlarga qarab ta ’zim qildi-yu, torini ko ‘tardi. 
Z al ustid a to rn in g alam li sadolari jaran g lay ketdi. 
Jarangladi-yu, shu ondayoq gum burlagan chapak tovush- 
lari ostida ko‘milib qoldi. O dam lar haydashar edi uni!
A lim ardon birdan chalishdan to ‘xtadi. Sitam t o i a
ko‘zlari bilan zalga tikilib qoldi.
“ Bu qandoq sharm andalik! Bu qandoq sharm anda- 
lik!”
Bir vaqtlar m om aqaldiroqdek gum burlab odam lar- 
ning yuragini larzaga solgan, chaqm oqdek chaqnab 
kishilarning k o ‘zini qam ashtirgan A lim ardon T o ‘rayev- 
ning qism ati shu b o id im i? Sahna gulshanida qanoti 
kapalakdek tovlangan A lim ardonning um ri shunchalar 
qisqa b o id im i?! 

H ar safar qiyqirib olqishlagan tom oshabinlar qani? 
Balki o ‘sha paytda eng qattiq qarsak chalib olqishlagan 
o dam lar hozir ham eng qattiq qarsak chalib uni hay- 
dashayotgandir?! N ah otk i, Z ufar X odiyevichning gaplari 
to ‘g ‘ri chiqqan boisa!
U zalga, o ‘zining eng shirin, eng baxtiyor dam larini 
bag‘riga yashirgan qadrdon zalga, nochor term ilib turgan 
tilsiz devorlarga, m unis qandillarga oxirgi m arta qaradi- 
da, birdan ko‘z)ariga yosh quyulib keldi.
Turgan yerida shartta burildi-yu, chopgancha sahna 
chetiga chiqdi. U ndan y o ia k k a o ‘td i-d a, torini to ‘shal- 
gan poyandozga tashlagancha yugurib ketdi.
T eatr etagidagi boqqa kirgandagina o ‘ziga keldi. C h or 
atrofda bahor yashnar, tabiat o ‘zining m angu, buzilmas 
qonuniga am al qilib ko'klam ni yetaklab kelgan edi. Bog' 
ustida orom baxsh shabada esar, havoda ko ‘katlar isi 
anqir, k o ‘klam sham oli m ayin yaproqlam i silkitar, 
y o m g ir suvini emib t ygan yer erkin-erkin nafas olardi.
H a, yer yuzida qayta tu g ilish , qayta gullash, qayta 
hayot boshlangan edi. Y o lg iz uning — A lim ardon 
T o ‘rayevning bahori  tgan edi.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi


O dam o ‘zi baxtiyor paytida  zgalam ing baxtsizligini 
tushuna olm as ekan. M uqaddam uyidan qon-qaqshab 
chiqib ketayotganida A lim ardon uning m ushtiparligini 
tushunm agan ekan. M ana, bugun o ‘zi baxtsizlik nim a 
ekanini payqaganida birdaniga tushundi. H am m asini 
tushundi. Shu topda oldida b iro n -b ir yupanchi, biron- 
bir suyanchig‘( qolm aganini o ‘yladi. 0 ‘y!adi-yu, butun 
vujudi bilan m unkib ketdi. Shu to p da o ‘g‘lini, o ‘zining 
yagona yupanchig‘ini bariga bosib-bosib erkalatgisi, 
 zi ham kim gadir erkalangisi, dardlashgisi kelib ketdi!
N achora? H ayot nim aniki taqdim etgan b o ‘lsa, 
0
‘shandan ortig‘ini qaytib olmaydi.
“Ahmoqlar! — deb  yladi u o ‘zini sahnadan quvib 
chiqargan odam larni o ‘ylab. — A hm oqlar! S hular 
san ’atkorning qadrini bilisharm idi? S an’at nim aligini 
tushunisharm idi?!
U boshini quyi solgancha sekin-sekin yurib borar, 
alam dan tishlarini g‘ijirlatardi. U odam lardan nafratla- 
nar, kuni kecha bir nafaslik orom uch u n chakkasiga pul 
qistirib, bugun o ‘zini sahnadan haydagan yengil-yelpi to- 
m oshabinlarni ko‘rardi-yu, chinakam san ’atni qalbining 
to ‘rida saqlashga qodir boMgan ch inak am shinavandalar 
o zm uncha emasligini hilm as, bilishni xohlam as edi.
U bahor quvonchiga t lgan k chalardan soyaday 
sudralib borar, am m o hayot o ‘zining kichkinagina bir 
zarrachasining fojiasiga parvo qilm as, yashash gashti 
bilan, tug‘ilish zavqi hilan mast edi.
* * *
A lim ardon katta yo‘ldan burilib, to r k chaga kirdi- 
da, o ‘n qadam cha yurib to ‘xtab qoldi. D evorlar osha 
egilib yotgan  rik shoxida danak qotirgan dovuchchalar 
m aijondek tizilgan, oqarib qolgan giloslar ustida chum - 
chuqlar parvona boMardi. Q uyosh endigina ko‘z ochgan, 
kechasi yog‘ib o ‘tgan jalaning tarovatli nafasi hali ket- 
m agan, asfalt k o ‘chaning u yer-bu yerida suv halqob 
bo ‘lib yotardi. H a m m a y o q jim , o ‘tkinchilar siyrak. Faqat 
ko ‘cha ichkarisida — yagona sim yo och tagidagi say- 
honlikda ikki qizaloq koptok o ‘ynaydi. U larning biri, 
kaltagina qizil ko‘ylak kiygan qiz tom osha qilib turar, 
ikkinchisi, jajji duxoba nim cha kiyib, sochiga bargak 
taqib olgani koptokni yerga urib, gir-gir aylanardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


K optok to ‘p - to ‘p etib yerga uriladi, h ar aylanganida 
qizaloqnin g bargaklari yoyilib-yoyilib ketadi. Qizil 
ko'ylakli qiz o ‘rtog‘ining aylanishiga havas bilan qarab, 
bir ohangda sanaydi:
— 0 ‘n yetti, o n sakkiz, o ‘n t qqiz...
A lim ardon ularga qarab jilm ayib q o ‘ydi. H ayot o ‘z
yoMidan borar, bahor bolalarga o ‘z quvonchi, o ‘z shod- 
liklarini saxiylik bilan taqdim etgan edi.
A lim ardon qizuloqlarning oldidan sekin-sekin yurib 
 tib ketdi. Q izchalar parvo qilishm adi unga. U yana 
yigirma qad am ch a yurib, boloxonali uy yonboshidagi 
k o ‘kish eshikni ko‘rib t xtadi. Y uragining bir burchida 
shuncha yillardan beri m udrab yotgan allaqanday pok, 
am m o azobli tuyg‘ular birdan tug‘yon urdi-yu, nafasi 
tiqilib qoldi. Bir vaqtlari — bundan uch yil burun u 
o ‘zining d o ‘stlari bilan, yoshlik zavqiga to lg a n yigitlar 
bilan m ana shu yerdan bir k o‘ch a b o ‘lib o ‘tib, ko‘kish 
e shikdan kirib 
borgan edi. 
U ni 
q u ch o q
ochib, 
farzandim , deb kulib olishgan edi. E ndi-chi...
U q lga tushib qolishdan ch chigandek oyoq uchi- 
da yurib yaqin bordi. Eshik qiya ochiq turardi. U boshi- 
ni bir tom onga egib, asta m o ‘raladi. Hovli o ‘rtasidagi 
vodoprovod j m ragid an suv sharillab oqib yotar, sem ent 
hovuzcha t lib chiqib, ariqcha chetidagi barq urib yot- 
gan  sm alarga toshib ketgandi.
U n ing ko ‘z o ‘ngi q o ro n g ‘ilashib, entikib ketdi. 
H am m a narsaning qadri yo‘qolganidan keyin bilinarkan. 
Shu topdagina u M uqaddam ni sevganini, qattiq sevgani- 
ni tushundi. T ushundi-yu, yengil titrayotgan q llari 
bilan eshik zanjirini qoqdi.
Ichkaridan ayol kishining “ h u -u v ” degan tovushi 
eshitildi. Ayvonning oynaband eshigi sharaqlab ochildi- 
da, qaynonasi k o ‘rindi. U yo ‘lakda turgan odam ni 
k o ‘rm adi shekilli, kaftini quyoshdan pana qilib tikildi. 
A lim ardon uning q o lla ri xam ir yuqi ekanini ko‘rdi. 
K am p irn in g egik gavdasi tag ‘in h am kichraygan, 
m unkillab qolgan edi. A lim ardon M uqaddam ga uylan- 
ganidan keyin bu hovliga kam kelgan, qaynonasini ham , 
qaynotasini ham kam k o ‘igan, ular uyiga borishganida 
ro ‘yxush berm as edi. H ozir u kam pim i g ‘a m -g ‘ussa ado 
qilganini payqadi.
— Kelavering, — dedi kam pir past, ojiz tovush bilan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


A lim ardon kirm adi, kirolm adi. 0 ‘sha, M uqaddam
haydab yuborganidan beri bu uyga qadam bosishga haqqi 
yo‘qligini biiardi.
K am pir javob boMmaganidan hayron qoldi shekilli, 
zinaiardan avayiab qadam bosib hovliga tushdi. Suv 
toshib yotgan o ‘sm alam i chetlab o ‘tib, y lak yoniga 
kela turib, taqqa to ‘xtab qoldi.
— Keling, — dedi u beixtiyor. Keyin birdan rangi 
o ‘chdi. Xira ko‘zlari yarq etib ochilib ketdi. Begona, 
qora niyatli odam oldida turganday doka ro ‘m olining 
uchi bilan yuzining yarm ini yashirdi. — N ega keldin- 
giz? — dedi ovozi titrab. — N im a kerak sizga?
AJimardon shu bir og‘iz so ‘zdan — tubsiz alam , bir 
olam nafrat ohangidanoq ham m asi tam om boMganini 
tushundi.
— M en... — A lim ardon qaynonasining k o‘zlariga 
qaray olm ay teskari o ‘girildi. — 0 ‘g‘lim qani? — dedi 
yuragidagi gapni aytib.
A yvon 
eshigi 
y an a 
sh araq lad i. 
“ M u q a d d a m ” . 
A lim ardon yuragini titratib yuborgan hayajon ichida yarq 
etib o ‘sha tom onga qaradi. Z inadan baland gavdasini 
g‘oz tutib qaynotasi tushib kelardi. U h am on o ‘zgarm a- 
gan edi. 0 ‘siq qoshlari ostidan tikilib qaradi-yu, uzoqdan 
A lim ardonni tanidi.
A lim ardonning nazarida uning k o ‘ztari g‘azabdan 
chaqnab ketgandek bo‘ldi. U , Qori hozir, hozirning 
o ‘zidayoq haydab solishini his etib turar, endi bitta 
um idi qolgan edi. A lim ardon o ‘g‘lini ko‘rgisi kelar, 
uning ovozini, loaqal yig‘isini eshitib qolishni orzu qilar- 
di.
Q ori 
k a tta -k a tta
q a d a m lar 
bilan 
yurib 
kelib 
Alim ardonga ro ‘para boMdi. U qisqa-qisqa nafas olar, 
kulrang yaktagi tagidagi sertuk ko‘kragi tez-tez ko‘tarilib 
tushar, soqoli asabiy titrar, burun parraktari qisilib ket- 
gandi. U AJimardonga, m ana shu nobakoi^a arzigulik bir 
og‘iz so ‘z topa olm aganday anchagacha tikilib qoldi.
— N ega keldingiz? — dedi u nihoyat tilga kirib.
A lim ardon yuragini toMdirgan tuy ulam i bosib olib,
sovuqqina:
— M uqad... — degan edi, Qori uning gapini kesdi:
— M uqadda nim a ishingiz bor?
A lim ard on h am m asi tam o m boM ganini yanad a
www.ziyouz.com kutubxonasi


chuqurroq his etdi. G ap n i aylantirib o ‘tirishdan foyda 
yo‘qligini bilib, k nglidagi bor gapni aytdi:
— 0 ‘g‘lim qani?
— 0 ‘g ‘lingiz... — Qori lablari titrab qaytardi: — 
0 ‘g ‘lingiz y o ‘q... Vluqad ham yo ‘q.
Alim ardonning ko‘nglidagi iztirob o ‘rnini g‘azab 
egalladi.
— Shavkat qani? Olib ketaman!
— Shavkat yo‘q! — Qori chertib-chertib ta ’kidladi. — 
Shavkatni onasi olib ketgan.
“Q ayoqqa?” — A lim ardonning xayoliga shu fikr uril- 
di-yu, am m o so ‘rab o ‘tirm adi.
— Haqqingiz yo ‘q, — dedi bo ‘g‘ilib. — M en otam an.
— Bola tug ‘dirishni bilganlarning ham m asi ota bo‘- 
lavermaydi!
Pastak eshik uning yuzi oldida qarsillab yopildi. 
Zanjir shiqirladi.
A lim ardon g ‘azab  tida lovillab bir nafas turdi-da, 
shartta burilib ketdi.
U hech nim ani ko ‘rmas, ko ‘z o ‘ngini oyog‘ini 
“velosiped” qilib qiyqirayotgan o ‘g ‘li to ‘sib olgan, boshi- 
ni quyi solib borar, nariroqda esa qizaloqlar ham on 
chirchira o ‘ynashardi.
* * *
G o h o zarurat b lib, eski lash-lushlar bilan to ‘lib ket- 
gan h u jrach an i titkilab qolsangiz, zanglab yotgan 
pichoqchangizm i, jiyagi titilib ketgan d o ‘ppingizm i topi- 
lib qoladi. Shunda allaqachon yillarning gardi bosib, 
tusini y qotgan xotiralar to ‘satdan yarq etadi-yu, tag‘in 
alangalanib ketadi, yuragingizni o ‘t bo ‘lib yondirib 
yuboradi. Bir vaqtlar o ‘sha pichoqchada toldan hushtak 
yasaganingiz, o ‘sha d o ‘ppiga qattiq non solib, ariq 
bo‘yida oqizoq qilib yeganlaringiz yodingizga tushadi. 
K echm ish yillaringiz, o ‘sha tongday musaffo yillaringiz 
hozirgi kuningizga qaraganda ancha beg‘ubor, ancha pok 
boMganini ayanchli bir haqiqatday tan olishga m ajbur 
boMasiz.
AJim ardon A nvarning Yangi m ahalladagi shah ar hov- 
lisiga kirib kelganida xuddi shunday ahvolda edi. U bu 
yei^a boshi og‘ib kelib qoldi, am m o endi baribir 
Anvarning oldida bosh egishga m ajbur b o ‘lishini ylab, 
ich-ichidan ezila boshladi.
, 99

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish