Oʻtish: foydalanish, Qidir



Download 30,5 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi30,5 Kb.
#801618
Bog'liq
denov


Oʻtish: foydalanish, Qidir
Denov shahri
Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi o'rinda turadi va shahar sifatida viloyatga bo'ysunadi. 16 mahalla bor. Sangardak va Surxondaryo oralig'ida, dengiz sathidan 610m balandlikda joylashgan. Aholisi 58,3 ming kishi (1996). Denov nomi dastlab 14-asr oxiri - 15-asr boshlaridagi yozma manbalarda, xususan Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"sida Dahainav ("Daha-i-nav") shaklida, ya'ni "odamlar ko'chib brogan yangi yer" mazmunida tilga olingan. Mahmud ibn Valining (17-asr) yozishicha, Dahainav u yashagan davrda ajoyib bozori, katta masjidi va xonaqosi bo'lgan mustahkam qal'a- shahar ekan. Ba'zi tadqiqotchilar shu paytgacha Chag'aniyon shahri aslida Denovdan 6 km janubi-sharqda joylashgan Bedrach shahri o'rniga to'g'ri keladi. Denovning hozirgi o'rnida miloddan avvalgi 11-ming yilliklar oxiridayoq uncha katta bo'lmagan aholi manzili bo'lgan. Ilk va rivojlangan o'rta asrlarda ham shahar hududidagi ushbu manzilda aholi nisbatan gavjum yashagan. 15-16-asrlarda Chag'aniyon-Bedrach mavqei tushib ketgandan so'ng Dahainav shu atrofdagi shaharlarning ma'muriy markazi bo'lib qolgan. Denov qal'asi mustahkam istehkom qo'rg'oni bo'lib , xarobalari bizning zamongacha saqlanib qolgan. Qal'a doira tarhida bo'lib , diametri, 110 metr keladigan qalin devor bilan o'ralgan. 18-asrdan 20-asr boshlarigacha Denov Buxoro amirligining alohida bekligi bo'lib keldi. Sho'rolar tuzumi davrida shahar sifatida 1958 yil tashkil bo'ldi. Bugungi Denov har jihatdan yuksalgan, yashargan zamonaviy va sharqona shahar qiyofasini olmoqda. Shahardagi me'moriy yodgorliklardan Said Otaliq madrasasi mashhur.

Denov yirik sanoat korxonalari bilan nafaqat viloyatda, balki respublikada ham munosib o'rin tutadi. Sanoat korxonalari asosan viloyatdagi qishloq xo'jalik maxsulotlarini qayta ishlashga yo'naltirilgan. Shahar agrosanoat kombinati, "Surxonoziqovqatsanoat" hissadorlik jamiyati, paxta tozalash zavodi, aroq-vini, pivo, konserva zavodlari, sut hissadorik jamiyati, qurilish hissadorlik jamiyati, "Agrotex " dehqonchilik sanoat uyushmasi, neft mahsuloti korxonasi, paxta chuvish fabrikasi, ta'mirlash- texnika zavodi va boshqalar bor. Denovda ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng yo'l ochilgan. 113 kichik korxona, firma, shirkat faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar tayorlanayapti. Denovda hunarmandchilik yahshi rivojlangan: beshiksozlik, sandiqsozlik, temirchilik, kosibchilik , duradgorlik… Denovda akademikR.R. Shredir nomidagi Bog'dorchilik, tokchilik va vinochilik korparatsiyasining Janubiy O'zbekiston subtropik o'simliklari tajriba stantsiyasi joylashgan. "Denov dendrariysi "deb ataladigan bu maskanda tabiatning 700 dan ziyod o'simligi, mevali va manzarali daraxtlar, butalar mavj urib yotibdi. Dendrariyda sirenning 28 xili , ignabarglilar oilasining 22 xili, Yaponiyadan keltirilgan magnoliya daraxti va boshqalar o'sadi. 1921 yilda tashkil etilgan bu bog'da turli joylardan keltirilgan dov-daraxtlar , butalar, o'simliklar iqlimlashtiriladi. So'ngra viloyat bo'yicha ekishga tavsiya etiladi. Ayni paytda dendrariy bebaho ilmiy labaratoriyadir. Denov shahridagi ikki transport korxonasi- avtobus-taksi va 8-avtokorxona respublikadamashhurdir. 8-avtokorxona ahli hozirgi kunda respublikadan tashqariga- Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa joylarga qatnab xalq xo'jaligi mollarini tashimoqda. Korxona qoshida beton-g'isht ishlab chiqaradigan yangi sex, 40dan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladigan tikuvchilik va to'qimachilik sehi ishlab turibdi. 1995 yili shahar markazida yevropa va sharqona binokorlik usullari uyg'unlashtirilgan ikki qavatli "Farrux" xususiy restoran ochildi. Shaharda o'rta umum ta'lim maktablaridan tashqari, gimnaziya, xorijiy tillar, kimyo va fizika - matematika litseylari bor. Shuningdek, 13 bolalar bog'chasi , bitta yasli, bolalar musiqa maktabi, bolalar va o'smirlar sport maktabi, yoshlar texnik ijodiy markazi, sayyohlar maskani bor. Xalq ta'limi muassasalarida 1,5 mingga yaqin o'qituvchi, tarbiyachi, murabbiy mehnat qilmoqda. Shahardagi markaziy kasalxonada 16 turdagi tibbiy xizmat ko'rsatiladi. 300 bemorni qabul qilishga mo'ljallangan bolalar va kattalar poliklinikasi, bolalar va kattalar tish kasalliklari poliklinikasi, o'smirlar poliklinkasi yangi zamonaviy qurilgan binolarda ish olib bormoqda. Shaharda ommaviy sport turlariga katta e'tibor berilgan. Turli maktab va tashkilotlarda 2 stadion , 10 sport zali, 13 basketbol, 16 valeybol, 2 suv havzasi ishlab turibdi. 1992 Denov televideniysi ish boshladi. Hozir uning ko'rsatuvlarini viloyatning Sho'rchi, Qumqo'rg'on, Sariosiyo, Uzun kabi tumanlar aholisi ham ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar . Shaharda gaz va vodoprovod suvi kirib bormagan ko'cha yoq. Denov bozorlari ham qurilishi, ham mo'l-ko'lligi e'tiborni tortadi. Bu yerda hamma narsa topiladi. Bozorga qaysi vaqt kirmang, issiq non tayyor turgan bo'ladi. Nonmisan-non! Denov-xurmoning koni. Anor , uzum, olma ham serob. Bozorning quruq mevalar rastasiga boqib lol qolasiz: xandon pista, bodom, xilma-xil mayiz, yong'oq, yeryong'oq, sho'rdanak… Toshkentu Samarqanddagidan ancha arzon. Denov bozorida O'ratepaning sabzisi, Xorazimning guruchi xaridorgir. Shahar qal'asida tijorat bozori ham juda qizg'in. Bu yerda ham kerakli narsani topishingiz mumkin.
"http://uz.wikipedia.org/wiki/Denov_shahri" dan olindi
Download 30,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish