2.Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi
.Insoniyat tarixida asrlar mobaynida davlat hokimiyatining odamlar manfaati, jamiyat ravnaqi yo’lida xizmat qilishiga harakat qilindi. Biroq, legitimlik yo’li bilan dastlabki hokimiyat bo’linishi kabi siyosiy-huquqiy, zamonaviy-nazariy qarashlar amaliyotga kirib kelmaguncha faoliyat maqsadi insoniyat baxt-saodatiga qaratilgan hokimiyat tizimi kuzatilmadi. Hokimiyatni tartibga soluvchi ushbu nazariya davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida amalga oshirilgan islohotlarning eng barqarori bo’lib, unda hokimiyatlar bo’linishi tamoyilini hayotga izchil tadbiq etish, ular o’rtasida o’zaro va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish kabi dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi. Hokimiyatlar bo’linishi klassik tamoyilining mazmun - mohiyatini «bir-birini tiyib turish va muvozanatda ushlash» mexanizmining mavjudligi bilan birga, uning real ishlashi tashkil etadi. O’zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishda hokimiyatni taqsimlanishi tamoyilining konstitusiyaviy asosda qo’lanilishi bizda demokratik tuzumning o’rnatilganligidan dalolat beradi. Shu jihati bilan konsepsiya davlatning boshqaruvdagi barcha amaliy harakatlari va doirasini belgilaydi hamda mamlakatning siyosiy hayotida barqarorlik, hokimiyat organlari o’rtasida muvozanat mexanizmini yaratadi.
Istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng miqyosli islohotlar evaziga tajriba to’plandi, tizim yangilandi: totalitar rejimga barham berilib, davlatchilik usul va uslubida rasional yondoshuvlar shakllandi. Demokratik tamoyillarga keng yo’l ochildi. Shu nuqtai nazardan qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, “Buyuk kelajagimizni oliyjanob va mard xalqimiz bilan birga quramiz...”. Darhaqiqat, bugungi sharoitlar butunlay yangi davr davlatchiligiga asos solindi deyishimiz mumkin. Albatta, hozirgi jadal taraqqiyot jarayonining tayanchi yurtimiz O’zbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari vakolatlarining qonuniy me’yorlarini optimallashtirish, o’z xizmat vazifalarini bajarish chog’ida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilishga yo’l ochadi. Bularning bari O’zbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davrni boshlaganini bildiradi. Gap, davlat rahbarining saylov oldi dasturi asosida ishlab chiqilgan va bugun hayotga tadbiq etilgan Harakatlar strategiyasining mohiyati borasida borar ekan, shuni alohida ta’kidlaymiz, Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo’lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda O’zbekistonning erkin va farovon davlat bo’lishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo’lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat. Haqiqatdan ham, fuqarolarning zamonaviy tafakkuri davlat borasida o’z tushunchasi, boshqaruv xaqida shaxsiy fikri, uning rivojlanishiga alohida yondoshuvi borligi, ijtimoiy-siyosiy jarayonga munosabati kardinal o’zgarganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda ijtimoiy xayotning barcha jabhalarini isloh qilish jarayonlari, fuqarolar ongida fundamental o’zgarishlar, jamiyatni tashkil qilishning demokratik shakllari - inson va jamiyat, fuqaro va davlat o’rtasidagi munosabatlarni soddalashtirilgan tartibi sharoitida ro’y bermoqda. Ijtimoiy adolat tamoyili nuqtai nazaridan islohotlarning shu zayilda borishi xalqni, demokratik ko’pchilikni davlatni xalqchil boshqarish jarayonlaridagi faol ishitirokini ta’minlaydi. Bundan davlat hokimiyati organlarining joriy vazifasi – xalqqa xizmat qilish bilan belgilangan. Bu borada Prezident Sh. Mirziyoyev shunday degan edi: “Bundan keyin vazirlik va idoralar, xo’jalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarning faoliyati natijasi ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal qilayotganiga qarab baholanadi va tegishli xulosalar chiqariladi”. Bularning bari to’g’ri, albatta. Chunki, istiqlolning asl mohiyati, O’zbekistonning bosh maqsadi, takomillashtirishning ustuvor yo’nalishi ham – xalq davlatning yagona va birdan-bir manbai sifatida qaratilganligida. Buning uchun boshqaruv mexanizmidagi davlat hokimiyati
organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash muhim masaladir. Albatta, hozirgi jadal taraqqiyot jarayonining tayanchi O’zbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari vakolatlarining qonuniy me’yorlarini optimallashtirish, o’z xizmat vazifalarini bajarish chog’ida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilishga yo’l ochadi. Bularning bari O’zbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davr boshlaganini bildiradi. Shu qatorda davlat boshqaruv organlarini optimallashtirish aholiga sifatli va xolisona xizmat ko’rsatish bo’yicha ularning ma’suliyat hissini kuchaytirishga qaratilgan davlat boshqaruvini modernizasiya qilish zarurligi masalasi ayniqsa dolzarb bo’lib qolmoqda. Hozirgi zamonda inson omili hisobga olingandagina, umumiy va xususiy maqsadlar, manfaatlar bir-biriga qarama-qarshi kelib qolmagan taqdirdagina modernizasiya muvaffaqiyat qozonishi mumkin . Shu o’rinda, albatta, rivojlantirishning beshta yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham aynan adolatli va insonparvar jamiyat qurishning oddiy, sodda, xalqchil tamoyili ilgari surildi, hamda xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash dasturlari ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq ijti-
moiy-siyosiy hayotni modernizasiya qilish, davlat hokimiyati tizimini demokratlashtirish, ular faoliyati uslubini xalqchillashtirish tendensiya lari xalqchillik tamoyili asosida barqaror ishlash mexanizmini yaratadi. Shu o’rinda, davlat rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan talabning qo’yilishi jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarining barqaror bo’lishiga, qonun ustuvorligiga erishishga, qonun oldida barchaning tengligi ta’minlanishiga
olib keladi. Bu haqqoniy tendensiyaning amaliy ifodasi sifatida tashkil etilgan xalq bilan muloqot qilish mexanizmlari ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti portali, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ning Xalq qabulxonalari, xokimliklar huzuridagi dastlab “yagona darcha” va keyinchalik “davlat agentligi xizmati”ga takomillashtirildi, joylarda sayyor qabullar yo’lga qo’yildi. Ma’lumki, yurtimizda shakllangan yangi tarixiy sharoitlarda aholidan kelib tushgan ariza va takliflarni chuqur o’rganilganligi, umumlashtirilganligi evazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va aholining keng qatlamlari orasida qizg’in muhokamalar olib borildi. Loyihani joriylashtirilishida, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va O’zbekiston Respublikasi Muhimi, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishda davlat hokimiyati faoliyatining mohiyati, shakli va uslubi jamiyatning milliy – madaniy va ijtimoiy - siyosiy rivojlanishining tarixiy sharoitlari, xalq siyosiy va xuquqiy madaniyatining o’ziga xosligi, hukmron elitaning professionalligi va irodasi, davlatning tuzilish shakli va siyosiy tartibi bilan belgilanadi. Biroq tashqi muhit ta’siri har bir davlatning sodir bo’layotgan global o’zgarishlarga javob beradigan o’zining ma’muriy tizimini isloh etishini talab etadi. Bu o’zgarishlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat chiqimining kamayishiga, davlat funksiyalarining bajarilishiga olib keladi. Shuningdek, davlat xizmatlari sifatining oshishiga, to’laqonli fuqarolik jamiyati bunyod etilishi va, albatta, aholi asosiy ko’pchiligida davlat hokimiyati organlariga bo’lgan ishonchini mustahkamlanishiga olib keladi . Shu o’rinda, Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizasiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa e’tibor molik. Mamlakatning yangi istiqboldagi rivojlanish yo’nalishini belgilab bergan bu tarixiy xujjat albatta, ko’p yillar davomida konstruktiv-dasturiamal sifatida xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni mulohoza qilib shunday xulosaga kelish mumkinki,demokratiya talablari, inson mafaatlari nuqtai nazaridan jamiyatning hukumat oldiga qo’yadigan talablari ancha yuqori. Albatta, jamiyat davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatidagi boshqaruvni har jihatdan samarali deb bilishni istaydi. Shuningdek, ijtimoiy muammolarni samarali xal etish va jamiyatni izchil rivojlantirishni ta’minlashga imkon beradigan obyektiv va subyektiv omillarni o’rganishga asoslangan, intuitiv boshqarishni keng joriy qilish zaruriyati borligini eslatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |