Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– eshitilgan yoki o‘qilgan matnlardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :
– doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
olmosh — boshqa so’zlar, shuningdek, so’z birikmasi va gap o’rnida almashtirib qo’llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so’roq bildiruvchi so’zlar
sodda olmoshlar — faqat bir asosdan iborat bo’lgan olmoshlar
qo’shma olmoshlar — ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar
juft olmoshlar — bir-biriga mazmunan yaqin bo’lgan olmoshlar
takroriy olmoshlar — bir olmoshning aynan yoki ayrim tovush o’zgarishi bilan (masalan, uncha-muncha) takrorlanishidan tashkil topgan olmoshlar
ismlar — egalik, kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’lgan so’zlar
lug’aviy shakl — ismlarning ko’plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qismi
munosabat shakli — ismlarning egalik, kelishik, -man,-san,-dir qo’shimchalariga ega bo’lgan shakli
egalik qo’shimchalari — ismlarga qo’shilib, asos qismdan ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo’shimchalar
kelishik shakilari — ismlarni boshqa so’zlarga tobelashtirib bog’lash uchun xizmat qiluvchi shakllar
turlanish — ismlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi
qaratqich — qaratqich kelishigi shaklidagi so’z
qaralmish — qaratqich bog’lanib kelgan so’z
bog’lamalar — ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi vositalar
mustaqil so’zlar — atash ma’noli so’zlar yoki ular o’rnida qo’llanilib, ma’lum so’roqlarga javob bo’luvchi va gapda ma’lum gap bo’lagi vazifasida keluvchi so’zlar
yordamchi so’zlar — atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar
ko’makchi — ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so’zlar
sof ko’makchilar — atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga tobelashtirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar
vazifadosh ko’makchilar — ayrim mustaqil so’zlarning ko’makchi vazifasida qo’llanilishi
bog’lovchi — gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar
teng bog’lovchilar — uyushiq bo’laklar va gaplarni o’zaro bog’lab keluvchi bog’lovchilar vazifadosh bog’lovchilar — bir o’rinda bog’lovchi, boshqa o’rinda ko’makchi, yuklama yoki modal so’z vazifasida keluvchi yordamchilar
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ________________________
«Ona tili» 7-sinflar uchun
7 «A»____ ___________________ 7 «B»____ ___________________________
Mavzu: ISH QOG’OZLARI USTIDA ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |