O’tibdo’ Sana 09 «Ona tili» 7-sinflar uchun 6-Sinfda o'tilganlarni takrorlash


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Download 1,1 Mb.
bet215/219
Sana05.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#741330
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219
Bog'liq
7-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– eshitilgan yoki o‘qilgan matnlardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :
– doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
295-mashq. Matnni o’qing. Egalik va kelishik qo’shimchalari va ularning imlosini tushuntiring.
Ona tiliga doir hamma yozuvlarni chiroyli yozadigan, bu darsdan hamisha a’lo baho oladigan bo’ldim. Keyinchalik shuni payqadimki, qaysi darsni chiroyli yozmasam, o’sha darsdan pastroq baho olar ekanman. Men avvallari «Bu darsni xushlamaganim uchun chiroyli yozishga hafsala qilmasam kerak», deb o’ylagan edim, yo’q, chiroyli yozishga urinib qayta-qayta ko’chirish darsni yaxshiroq o’zlashtirishga yordam berar ekan.
Shundan keyin boshqa darslarni ham chiroyli yozishga, darsda shoshib yozgan yozuvlarimni chiroyli qilib ko’chirishga harakat qiladigan bo’ldim. Bora-bora shunga odatlanib qoldim: hamma darsdan a’lochi bo’ldim. (Abdulla Qahhor)
297-mashq. Matnni ko’chiring. Kelishik va egalik qo’shimchalarining tagiga chizing, ularni izohlang.
Tabiatning donoligiga tan bermay ilojing yo’q. Hamma narsaning o’lchovi bor. Daqiqa-daqiqasi-yu, soniya-soniyasi o’lchab qo’yilgan. Yozda kun uzun, tun qisqa. Qishda kun qisqa, tun uzun. Nega? Do’ppingni tizzangga qo’yib, chakkangni qashlab, bir o’ylab qarasang — bir buyuk hikmatga duch kelasan. Ya’ni, hamma narsa inson uchun, hamma narsa yer yuzida qimirlagan jon uchun ekaniga iqror bo’lasan. Alloh bog’bonning mevasi pishsin, dehqonning ekini ko’proq oftobdan bahramand bo’lsin deb yorug’ kunni uzaytirib qo’ygan. Qish tunlari juda uzun.... Ona zamin toliqib uyquga bosh qo’ygan. Tabiat uning ustiga oppoq ko’rpasini yopib: «Miriqib uxlab, orom ol!» — deyapti. (Said Ahmad)
299-mashq. Matnni o’qing. Nuqtalar o’rniga egalik qo’shimchalaridan mosini qo’yib ko’chiring, ularga izoh bering.
Bobur sandiqdan oq ipakmatoga o’ralgan qilichni oldi.
- Humoyun, o’g’il..., mening qancha umr... qolgani xudoning o’ziga ayondir. Sohibqiron bobokalon ...ning mana shu qilich...ni endi sen taqmoq... kerak. Bu qilichga «Kuch - adolatdadir» degan so’zlar bitilgan. Doim odil bo’lgin-u mag’lub bo’lmagin!
Bobur qilichni o’g’il...ga ikki qo’llab uzatdi. Humoyun tabarruk qilichni tiz cho’kib oldi-da, uning muqaddas yozuv bitilgan joyini ko’zlar... ga surtib o’pdi. (P. Qodirov)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi
2. Modal so’zlar deb nimaga aytiladi?
3. Taqlid so’zlar deb nimaga aytiladi?
4. His hayajon undovlari deb nimaga aytiladi?
5. Yuklamalar deb nimaga aytiladi?
6. Sof va vazifadosh yuklamalar deb nimaga aytiladi?
7. Undov so’zlar deb nimaga aytiladi?
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: _______________________
«Ona tili» 7-sinflar uchun
7 «A»____ ___________________ 7 «B»____ ___________________________
Mavzu: YORDAMCHI SO’ZLAR YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish