Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– eshitilgan yoki o‘qilgan matnlardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :
– doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
305-mashq. Gaplarni ko’chiring, undov so’zlarni topib, ularni izohlang.
1. Obbo! Kech tushib qolibdi-ku! Axir, uydan chiqqanimizda peshindan o’tgan edi. (Sh. Xolmirzayev) 2. Oh, qadrdon qalpoqcham, jonimning huzuri, maslahatgo’yim! Sen borsan, g’am-tashvishim yo’q, qornim to’q, ustim but. (X. To’xtaboyev) 3. Voy-bo’y! — deydi bir nechalari bir og’izdan. — Tosh akani, Hoji akani bilamiz... (Oybek) 4. Chol ko’zlari yumuq, boshini quyi solib o’tiradi. — Bay-bay-bay! Fuzuliy ajoyib shoir-da! — deydi. (G’afur G’ulom)
306-mashq. Modal so’zlarni aniqlang. Ularning qanday ma’no anglatayotganiga e’tibor bering.
1. Alqissa, xaloyiq va har tarafdan kelgan kishilar to’da bo’lishib maslahat qildilar. (Dostondan) 2. Afsuski, endi men ketishim kerak. (Asqad Muxtor) 3. Uy egasi Otabekdan so’radi: - Hikoyam uzayib ketdi, shekilli, zerikmadingizmi? (Abdulla Qodiriy) 4. Xullas, kayfim chog’ edi. Xursand holda ashulani vang qo’yib uyga qaytardim. (X. To’xtaboyev) 5. Bitta inson qorasini ko’rsam, der edim... Nihoyat, unday inson ham ko’rindi. (Sh. Xolmirzayev)
307-mashq. Quyidagi so’zlarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Undov so’zlarTaqlid so’zlarModal so’zlarOh, binobarin, duv-duv, chunonchi, masalan, iye, taraq-turuq, gurs-gurs, hoy.
308-mashq. Gaplarni o’qing. Taqlid so’zlarni topib, ularning ma’nolarni izohlang.
1. Akram qafasni sekin ochdi. Kaklik o’zicha «qiyq» deb qo’ydi. (P. Qodiriy) 2. Qo’chqor chinakam cho’ponlarday hushtak chalib: — Qurr, hayt! — deya hayqirdi... (S. Anorboyev) 3. Lampochkalar «milt-milt» yonib-o’char edi. (A. Muqimov)
4. Duv-duv uchib keldi qushchalar,
Darak berib go’zal bahordan. (N. Toshpo’latov)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi
2. Modal so’zlar deb nimaga aytiladi?
3. Taqlid so’zlar deb nimaga aytiladi?
4. His hayajon undovlari deb nimaga aytiladi?
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: _________________
«Ona tili» 7-sinflar uchun
7 «A»____ ___________________ 7 «B»____ ___________________________
Mavzu: ASOSIY ATAMALAR USTIDA ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |