K–+p→∑++π–,
K–+n→Λ°+π–,
K–+n→∑–+π°,
k–+n→∑°+π–
va h. k.
Shunday qilib, K- mezonlar va giperonlar nuklonlarda uchramaydigan o’ziga xos g’alati xususiyatlarga ega. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda K-mezonlar va giperonlar birgalikda g’alati zarrachalar deb ataladi. Hozirgi davrda K-mezon va giperonlarning xususiyatlari to’la o’rganilgan. Biz ana shu g’alati zarrachalarning xususiyatlarini tushuntirib berishga bir oz to’xtalib o’tamiz. Amerikaning fizik olimi Gell-Mann va yapon fizik olimi Nishidjima 50- yillarning boshlarida g’alati zarrachalarning xususiyatlarini tushuntirib berish uchun yadro kuchlarining zaryadga bog’liq emasligi gipotezasini K-mezon va giperonlarga ham tadbiq qilishni taklif qilishdi. Bu taklif haqiqatan ham o’rinlidir, chunki K-mezon va giperonlar π mezonlar va giperonlar bilan kuchli ta’sirlashadi. Shuning uchun ham bu taklifga binoan, K- mezon va giperonlar ishtirok etgan reaksiyalarda albatta izotop spinining saqlanish qonuni bajarilishi kerak. Xuddi nuklon va π- mezonlardagidek, bir xil izotopik spinga ega bo’lgan g’alati zarrachalar multiplet hosil qilib, shu multipletga kirgan zarrachalar ideal tabiatda aynan hisoblanadi. Lekin endi bu multipletga kirgan zarrachalarning o’rtacha zaryadi nuklonlardagidek emas, balki
formula bilan aniqlanadi. Bu yerda S quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin: 0, ±1, ±2 .... Bitta multipletga kirgan zarrachalar uchun S kattalik bir xil qiymatlarni qabul qiladi. Umuman olganda har xil multipletletga joylashgan zarrachalar uchun S har xil qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Yuqoridagi formulaga qarab, nuklonlar va π mezonlar uchun S=0 ekan deb xulosa chiqarishimiz mumkin. K-mezon va giperonlar uchun u zarrachalarning g’alatiligi deb atala boshlandi. Elementar zarrachalar fizikasida har bir multipletda o’rtacha elektr zaryadi ning ikkilangan qiymati giperzaryad deb ataladi va u Y xarfi bilan belgilanadi. Demak,
yoki oldingi formuladan
Y=ZB+S
ekanligini ko’rish qiyin emas. Nuklonlar uchun S=0 bo’lganligi uchun (ular g’alati zarrachalar emaslar) nuklonlarning giperzaryadi-YN ularning barion zaryadiga teng: YN=ZB.
Endi zarrachalarning izotopik spini va g’alatiligi tushunchasi yordamida bizga avvaldan ma’lum bo’lgan K-mezon va giperonlarni analiz qilishga harakat qilib ko’ramiz. Analiz qilishni avval giperonlardan boshlaymiz. K-mezonlarning xususiyatlarini tushunib olish bir oz murakkab bo’lganligi uchun ularni analiz qilishni biz keyinroqqa qoldiramiz. Biz yuqorida ko’rganimizdek, Λ° giperon singletdan iborat. U zaryadga ega emas: Z=0. Shuning uchun ham uning izotopik spini va uning Z o’qiga preyeksiyasi nolga teng: TΛ°=0, TZΛ°=0. Lekin Λ°- giperon barion zaryadiga ega: ZB=1. Endi zarrachalarning o’rtacha zaryadi qiymatini (92) formuladan aniqlab, uni Z ifodasidan formulaga qo’ysak, biz K-mezon va giperonlar uchun Z, TZ, ZB va S larning o’zaro bog’lanish formulasini topgan bo’lamiz:
Agar bu kattaliklarning Λ°- giperon uchun bo’lgan qiymatlarini bu formulaga qo’ysak, u holda S= – 1 ekanligini topamiz. Demak, Λ°- giperonning g’alatiligi –1 ga teng ekan: SΛo= – 1. Biz yuqorida zaryadlangan va neytral Ʃ-giperonlarni ham ko’rgan edik: Ʃ+, Ʃ°, Ʃ–. Ko’rinib turibdiki, bularning o’rtacha elektr zaryadi nolga teng: Z=0. Shuning uchun ham Z ifodasidan Ʃ-giperonlarning g’alatiligi –1 ga teng ekanligi kelib chiqadi, chunki Ʃ- giperonlar barion zaryadiga ega: ZB=1. Bundan -Ʃ giperonlar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |