Otenov Islam Аlpisbayevich doktorant Reyimov Аzimbay Fayzullaevich, k f. d., professor Rafikov Аdxam Salimovich


Keywords: polymer composition, cotton yarn, emulsion application, spinning. Kirish



Download 71,92 Kb.
bet3/6
Sana23.05.2022
Hajmi71,92 Kb.
#607603
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
to\'qimachilik

Keywords: polymer composition, cotton yarn, emulsion application, spinning.
Kirish. Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi koʼp jihatdan tabiiy va sintetik tolalar ishlab chiqarish hamda ularni qayta ishlash sanoati bilan belgilanadi. Tabiiy va sintetik tolalar ishlab chiqarish boʼyicha jahon adabiyotining tahlili shuni koʼrsatadiki, ularni rivojlantirishning keyingi tendentsiyasi, asosan, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va kimyo sohasidagi zamonaviy yutuqlarni qoʼllash orqali ishlab chiqarilayotgan tolalar turlarini kengaytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan [1, 2]. Hozirgi vaqtda tabiiy tolalarni ishlab chiqarish texnologiyasida jiddiy kamchiliklar mavjud boʼlib, ular tabiiy tolalar va ular asosidagi mahsulotlarning sifatiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Paxta tolasini texnologik qayta ishlash jarayonlarida turli zararli taʼsirlardan himoya qilish maqsadida polimer birikmalari eritmalari va ular asosidagi kompozitsiyalar bilan ishlov berish dolzarb vazifa boʼlib qolmoqda [3].
Maʼlumki, paxta sellyulozasi Oʼzbekiston Respublikasining asosiy tolali xomashyosi hisoblanadi. Sellyulozaning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari paxtani yigʼish, saqlash, texnologik jihozlarda mexanik qayta ishlash jarayonlarida uning makromolekulasidagi asosiy glikozid bogʼlanishlarining destruktsiya darajasi bilan belgilanadi [4].
Polimerlar, koʼp atomli spirtlar va sirt faol moddalar aralashmasi eritmalari bilan paxta tolasiga ishlov berish destruktsiyaning salbiy oqibatlarini kamaytiradi, yigirishning turli bosqichlarida uning texnologik xosslarini yaxshilash imkoniyatini beradi [5].
Nazariy tadqiqotlar. Paxta xomashyosiga shimdirilgan kompozitsiyaning tola sifatiga taʼsirini oʼrganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Xom ashyoda tolaning mexanik xossalarini yaxshilaydigan polimer eritmasining mavjudligi paxta chigitidan ajratilgandan keyin uning texnologik koʼrsatkichlarini oʼzgarishiga olib keladi.
Paxta tolasini polimer kompozitsiya bilan qayta ishlash nafaqat tolaning namligini tartibga solish imkonini beradi, balki ishlov berilgan tolaning koʼpgina fizik, mexanik va texnologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Tolaga ishlov berishning sirt faol moddasi sifatida sulfanol, suvda eruvchan glikol sifatida glitserin va suvda eruvchan polimer sifatida polietilenglikoldan iborat kompozitsiya taklif qilingan [6].
Tabiiy va sintetik polimerlar – kraxmal (4,0; 4,5; 5,0; 5,5%), polivinil spirti (0,1-0,5%) va gidrolizlangan poliakrilonitril (0,1-0,3%) asosida suvda eruvchan polimer tarkibli emulsiyasi olingan va uning nisbiy qovushqoqligi, kalava ipga adgeziyasi, oxorlangan kalava ipning uzilish kuchi va uzilishdagi choʼziluvchanligi aniqlangan [7]. Bundan tashqari turli xil materialning yongʼinga chidamliligini bor kislotasi, karbamid, akril emulsiyasi (40%), poliakrilamid (3%), kollagen (10%) saqlovchi kompozitsion tarkibiga bogʼliqligi oʼrganilgan [8,9]. Polivinilfenol, 1,3-fenilenbisoksazolin va paxta xom ashyosidan foydalangan holda mustahkam supergidrofobik paxta asosidagi material ishlab chiqilgan [10]. Paxta tolasini kofein kislotasi va xitozan bilan ishlov berish orqali oqava suvlarni tozalash uchun paxta asosidagi super namlanadigan materiallar yaratilgan [11]. Paxta tolasiga stirol va metilakrilatdan tayyorlangan emulsiya bilan [12], izopropil spirti, polikarbonat, poliuretanning suvli dispersiyasi bilan ishlov berilgan [13]. NaOH/karbamid eritmasida erigan sellyuloza tuz eritmasida qayta tiklangan va paxta matosiga ishlov berilgan, materialning koʼp qatlamli tuzilishini hosil qilgan. Ushbu modifikatsiya matolarning mustahkamligini, issiqlikka chidamliligini va gidrofilligini sezilarli darajada oshirgan [14].
Polimer kompozitsiyalardan foydalangan holda paxtani yigirish jarayonining texnologik parametrlarini yaxshilash muammolari hozirgacha dolzarb boʼlib qolmoqda. Ushbu ishning maqsadi oʼrta tolali paxta xomashyosini suvda eruvchan yangi polimer kompozitsiya bilan emulsiyalab, yigirish jarayonida kalava iplari notekisligini kamaytirish va mustahkamligini oshirishdan iborat.
Materiallar va tadqiqot uslubi
Tajriba ishlarini olib borish maqsadida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumanidagi «Agro To’rtko’l tekstil cluster» MChJ paxta tozalash zavodidan “Sultan” seleksiyasiga mansub qoʼlda terilgan II nav paxta tolasi tanlab olindi.
Kollagen eritmasi xom teri chiqindilarini ishqor eritmasida eritish orqali hosil qilindi [15].
Poliakrilamid (PАА), “Navoiazot” АJ korxonasida ishlab chiqarilgan, 0.5%-li eritma tarzida qoʼllanildi. Glitserin, texnik, dastlabki xolicha qoʼllanildi.
Suvda eruvchan polimer kompozitsiyani tayyorlash jarayoni TTESI ning “Kimyo” kafedrasi, emulsiyalash jarayoni va sinov ishlari “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi oʼquv laboratoriyasida amalga oshirildi. Buning uchun sinov laboratoriyasida birinchi navbatda oʼrta tolali paxta xomashyosiga sepish uchun kompozitsiya quyidagi tarkib boʼyicha tayyorlandi: 10%-li kollagen eritmasi (200 ml), glitserin (10 ml), 0.5%-li poliakrilamid eritmasi (40 ml), suv (1,75 l).
Yuqorida keltirilgan tarkib asosida tayyorlangan kompozitsiya bir kun davomida tindirildi. Emulsiyalash uchun bir partiya paxta xomashyosi 15 kg miqdorda ishlatildi. Titib olingan paxta xomashyosiga maxsus tayyorlangan emulsiyani qoʼllab biroz vaqt dam berildi. Ishlov berilmagan (I variant) va ishlov berilgan (II variant) paxta tolasining sifat koʼrsatkichlari “HVI” jihozi yordamida aniqlandi va natijalari 1–jadvalga jamlandi.
1-jadval
HVI” jihozi aniqlangan paxta tolasining sifat koʼrsatkichlari

Mic

Mat

Len

Unf

Str

Elg

C-G

Rd

+b

T

Cnt

Area

SFI

SCI


Download 71,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish