Otabek Ruziyev 4-kurs 405
–guruh
Amaliy iah
IJTIMOIY-MAISHIY YO‘NALISHDAGI DARSLARDA
O‘QUVCHILARNING BILIM VA AMALIY MALAKALARINI
HISOBGA OLISH VA NAZORAT QILISH
Reja:
1. Mazmunni o‘zlashtirishni yakuniy nazorat qilish.
2. Test topshiriqlarini tayyorlash va o‘tkazishga umumiy yondashish.
3. Malakka va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasini nazorat
qilish.
Ijtimoiy-maishiy yo‘nalishdagi darslarda bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy
malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishning talabga mosligini nazorat qilish,
agar mo‘ljallanmasa, unda o‘quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik qilish
muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmaydt. O‘qituvchi o‘quvchilarning
kelgusidagi faoliyati jarayonida kamchiliklarni bartaraf qilish, egallangan bilim
va malakalarning miqdor va sifat jihatdan o‘sishini ta’minlash uchun qanday
bilimlarni o‘zlashtirdilar, nimalar bilan shug‘ullanib, uni egallaganliklarini
aniqlashlari kerak. Ijtimoiy-maishiy yo‘nalish o‘qituvchisi oldida har bir
o‘quvchining dastur bilimlarini o‘zlashtirish va zarur malakalarni egallashini
ta’minlash vazifasi turadi. Bu faqat o‘quvchilarning bilim va malakalarini
samarali va umumiy tartibini tekshirishni tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
Nazorat qilish usullari, uning talablarining umumiyligi va maqsadga
muvofiqligi bilan aniqlanadi. O‘qituvchi quyidagilarni tekshirishi kerak: -
o‘qituvchi material mazmuni doirasida quyilgan vazifani hal qilar ekan,
chunonchi u yangi materialni qanday harakat, usullar va qanday izchillikda
amalga oshirilishi kerakligini tushundimi, o‘zlashtira oldimi? - o‘quvchi
qo‘yilgan maqsadga izchil va maqsadga muvofiq ravishda erisha oladimi? -
o‘quvchi o‘zlashtirilgan harakat, usullarni ixchamlashtirilgan usulda amalga
oshirishga layoqatlimi? Shunday qilib, mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilgan
materialni o‘zlashtirishni nazorat qilish uch qismdan iborat bo‘lishi kerak; -
mazmunni o‘zlashtirishni yakuniy nazorat qilish (bilimlarni nazorat qilish); -
malakalarni shakllantirilish darajasini nazorat qilish (malakalarni nazorat
qilish); - ixchamlashtirilgan faoliyatni yakuniy nazorat qilish (qo‘nikmalarni
nazorat qilish). 1. Mazmunni o‘zlashtirishni yakuniy nazorat qilish (bilimlarni
nazorat qilish). O‘quvchilarning nazariy bilimlarini nazorat qilish va hisobga
olishni o‘qituvchi suhbat, og‘zaki va yozma savollar bilan birma-bir so‘rab
chiqish va testlashtirish orqali amalga oshiradi. O‘qituvchiga o‘quvchilarning
o‘quv materialini o‘zlashtirish va fikrlay omil qobiliyatini sifat va miqdoriy
darajasi haqidagi ulardan birma-bir so‘ralgan javob tariqasidagi ma’lumotni
Do'stlaringiz bilan baham: |