-4 –
Brutsellyoz qo`zg`atuvchisini 1886-yilda ingliz shifokori D. Bryus aniqlagan. Brutsellyoz infeksion, allergik, zoonoz kasallik bo'lib, isitma ko'tarilishi, gemo- va limfopoez a’zolari, tayanch-harakat apparati va pereferik nerv tizimining zararlanishi bilan kechadigan kasallikdir. Kasallik asosan hayvonlar bilan muloqotda bo`ladigan odamlarda uchraydi. Shuning uchun brutsellyoz kasb kasalligi hisoblanadi.
Brutsellalar polimorf, mayda, tayoqchasimon, ovalsimon shakldagi bakteriyalar bo'lib, 0,6—0,8x0,3—0,5 mkm kattalikda, harakatsiz, sporasiz, ayrim shtammlari nozik kapsulali, Garm manfiy, surtma preparatda tartibsiz joyalashuvchi, aerob, oziqa muhitiga talabchan, juda sekin (2—3 hafta) o'suvchi, endotoksin ajratuvchi, past haroratga chidamli, yuqori harorat va dezinfeksiyalovchi eritmalarga chidamsiz mikrobdir. Odam uchun infeksiya manbayi asosan kasal yirik va mayda shohli hayvonlar, cho`chqalar, itlar hisoblanadi. Odam brutsellyoz tarqalishida epidemiologik ahamiyatga ega emas. Mikrob organizmga maishiy muloqot - hayvonlarni boqqanda, go‘shtini bo‘lganda; alimentar – kasal molning xom suti va sut maxsulotlari (pishloq, moy, tvorog, brinza), chala qovurilgan yoki chala pishirilgan go`sht istemol qilganda; havo tomchi yo‘llari orqali - hayvonlar junini qayta ishlaganda tushadi. Kasallikning yashirin davri 1—3 haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Organizmga og‘iz - burun shilliq qavati yoki jarohatlangan teri orqali kirgan brutsellalar limfa yo‘li orqali limfa tuguniga tushib, bo‘linib ko'payadi. Limfa yo‘lidan qonga so‘riladi va butun organizmga tarqab, suyak ko'migida, jigarda, taloqda joylashadi. Tayanch-harakat a’zolarida, pereferik nerv va jinsiy a’zolar tizimida yallig‘lanish jarayoni rivojlanadi. Brutsella qonga o‘tib qaytalash (retsediv) ni yuzaga keltiradi. Brutsellyoz o`tkir septik va surunkali kasallik bo`lib, ko`pincha odamlarda klinik belgilari xilma xil tarzda surunkali kechadi. Kasallikning dastlabki davrida bemorning harorati asta-sekin ko`tarilib, 1-2 xaftada 40 C gacha yetadi, so`ng asta pasayib, 4-14 kundan so`ng yana qaytalaydi. Bunday holat bir necha martta takrorlanishi mumkin. Kasallikda ko'proq qov (70 %), qo'ltiq osti (63 %) va jag‘ osti (29 %) limfa bezlari zararlanadi. Osteoxondrit, orxit, oofarit, mastit, miozit, artit, osteoartit, bepushtlik rivojlanadi. Markaziy nerv tizimi meningit, ensefalit, miyelit, ensefalomeningit ko'rinishida zararlanadi. Brutsellyozdan sog'ayish bir necha oydan 3—3,5 yilgacha davom etadi. Kasallikdan so'ng steril yoki nosteril immunitet hosil bo`ladi. Profilaktikasi. Kasal hayvonni barvaqt aniqlash, yo`qotish, qishloq xo'jalik hayvonlari, sut va go‘sht kombinatlarini nazorat qilish lozim. Maxsus profilaktikasida brutsella abortusning 19—BA shtammini saqlovchi tirik vaksina qo`llanilib, 8—12 oydan so‘ng revaksinatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |