Davosi. Yarim sintetik antibiotiklar, Brutsellyoz immunoglobulini va maxsus kimyoviy vaksina qo`llaniladi.
- 5 –
Kuydirgi qo`zg`atuvchisini 1878-yili R. Kox sof kulturasini ajratib olgan. Kuydirgi odam va hayvonlarda uchraydigan o'tkir infeksion, zoonoz kasallik bo'lib, og'ir intoksikatsiya, teri qoplamlari va limfa apparatining ishdan chiqishi bilan kechadi. Qo'zg'atuvchi yirik tayoqchasimon, 6-8 x 1-1,5 mkm kattalikda, chetlari cho'rt kesilgan, Gram musbat, surtma preparatda juft-juft yoki qisqa zanjirsimon joylashuvchi, harakatsiz, bir nechta batsillalarga yoki zanjirga umumiy bo'lgan kapsulali, ovalsimon markaziy joylashuvchi sporali, fakultativ anaerob, oziqa muhitiga talabchan bo`lmagan, oqsil tabiatli ekzotoksin xosil qiluvchi bakteriyadir. Qo'zg'atuvchining vegetativ shakli kam chidamli, spora va kapsulasi chidamlidir: qaynatganda 15—20 daqiqada, 120°C haroratli avtoklavda 20 daqiqada, quruq holda 30 yilgacha, tuproqda 10 yilgacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida 2—3 kundan so‘ng o'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |