IV. Ota-onalar universitetining tinglovchilari
Ota-onalar universitetining tinglovchilari ta’lim muassasasi o`quvchilari va sinflar soniga ko`ra bir necha guruhlarga bo`linishi mumkin. Jumladan, yosh ota-onalar, boshlang`ich sinf o`quvchilarining ota-onalari, bitiruvchi sinf o`quvchilarining ota-onalari, katta hayotiy tajribaga ega bo`lgan ota-onalar guruhlariga bo`linishi mumkin. Ayrim holatlarda ta’lim sohasidagi yangiliklar yoki dolzarb mavzular bo`yicha o`quv kurslari tashkil etiladi.
Ota-onalar universiteti o`z faoliyati davomida ijodkor ota-onalar, adiblar, olimlar, san’atkorlar, mahallaning taniqli kishilari, faollari bilan uchrashuvlar o`tkazishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |