2.2. MTTning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi umumiy majlislar
Ota-onalar bilan axloqiy va jismoniy tarbiya masalalarida olib boriladigan ish.
«Bolalarning tabiat qo'ynidagi mehnati - axloqiy tarbiyaning vositasidir» degan mavzuga alohida e'tibor berish.
1. Ota-onalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti ishiga yaqinlashtirish, ularni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyaviy ishlar bilan keng tanishtirish.
Quyidagilar ota-onalar e'tiborida bo'lmog'i kerak:
a) navbatchilikni tashkil etish;
b) shanbaliklar uyushtirish;
v) ochiq mashg'ulotlarda qatnashish;
g) guruh majlislarida qatnashish;
d) individual suhbatlar, maslahatlar.
2. Oilalarni borib ko'rilganda bolalar mehnat faoliyatlariga alohida e'tibor berish (bola yoshiga mos holda).
Umumiy majlislar
1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada bolaning axloqiy tarbiyasi. Mavzu bo'yicha ota-onalar chiqishlarini tayyorlash.
2. Bola tarbiyasida ota-onalar obro'yi. Ma'ruza mavzusi bo'yicha tayyorlangan ota-onalar chiqishlari.
3. a) Yoz paytida maktabgacha ta’lim tashkilotini hovlisida tarbiyaviy ishlar (bunda mehnat tarbiyasi masalalariga alohida e'tibor beriladi).
b) Yoz sharoitida sog'lomlashtirish tadbirlari (shifokor axboroti).
v) Bolalarni ekskursiyaga olib chiqish bilan bog'liq tashkiliy masalalar.
4. a) Bolalar bilan o'tkazilgan yozgi sog'lomlashtirish ishlarining yakuni.
b) Ota-onalar qo'mitasi ishining hisoboti va boshqalardan iborat bo’ladi.
. Oila tarbiyasida tarbiyalanuvchilarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi. Eng muhimi, ota-ona tomonidan tarbiyalanuvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini ko‘ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg‘ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarda qiziqishni uyg‘ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Oila muhitida o‘quvchilarning aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o‘yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o‘yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga tashrif buyurish, ilm-fan, texnika, texnologiya rivojiga oid suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o‘zining ijobiy samarasini beradi.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, oiladagi sog‘lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o‘zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvlaridagi umumiylik, bir - birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularga ko‘rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo‘lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifalardir. Ya'ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta'sir ko'rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo'lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma’lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o'rni bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli ota-ona o'z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi.
Takliflar
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotilar bilan oila o’rtasida doimiy hamkorlik ishlarni olib borish.
2.Guruh kesimda ota-ona yig’ilish bo’yicha o’tkazish bo’yicha yillik yaxlit tizim joriy qilish.
3.Har oyda bolalarni jismonan va aqlan rivoj bo’yicha ota-onalar bilan tarbiyachi va psixolog o’rtasida suhbatlar tashkil etlish.
4.Guruh tarbiyachlar tomon ota-onalar bilan o’tkazilgan yig’lish va tadbirlar bo’yicha oylik va yillik hisobot tayyorlash va taqdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |