O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika va aniq fanlar fakulteti maktabchaga ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 306-guruh talabasi Bo’riyeva Oltinoyning maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment fanidan
KURS ISHI
TERMIZ– 2021
OTA – ONALAR JAMOATCHILIGI VA ULARNING ISH FAOLIYATI.
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………2-3
I.BOB. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila hamkorligi
1.1Oila - davlat va jamiyat ardog'ida …………………………….….5-8
1.2 Bola tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar ta'limoti...9-18
II Maktabgacha ta'lim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari.
2.1. Tarbiyachining oilani borib ko'rishi ………………….…………..19-28
2.2. MTTning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi umumiy majlislar ….29-30
Xulosa va takliflar………………………………………………………............31
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………..…32-33
Kirish
Mavzuning dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori qabul qilindi. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH sonli “O‘zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”, “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi va boshqa me’yoriyhuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga oid ushbu me’yoriy hujjatlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etsada, bola avvalo, oilada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitda shakllanib tarbiya topadi. Sog‘lom ijtimoiy muhitda tarbiyalangan yosh avlod Vatan ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘sha oladigan, jamiyat manfaatini o‘z manfaati bilan mutanosib olib boradigan inson bo‘lib yetishadi. Buning uchun esa, o‘sha sog‘lom avlodni tarbiyalaydigan, har jihatdan sog‘lom, mustahkam bo‘lgan oilani vujudga keltirish kerak. Ana shunday oilalarda bolalarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o‘rni beqiyosdir. O‘zbek xalqining ana shunday umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shadigan hissasi o‘z madaniyatiga xos xususiyatlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish bilangina amalga oshiriladi. Ma’lumki, “oila” va “maktabgacha ta’lim” tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu bog‘liqlik maktabgacha ta’limning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligini hamda o‘z navbatida oilaning jamiyat tarkibida vajudga kelishida va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda maktabgacha ta’lim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik munosabatiga ega. Maktabgacha ta’lim taraqqiyotining rivoji ham ana shu oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bog‘liqdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol hamda komil inson etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy, milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslanib, zamonaviy insonni shakllantirish maktabgacha ta’lim tizimida, ota-onalar oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan biri sanaladi. Oila bu – sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos tizimidir. Bu – insonning jamiyat hayotiga uzviy singib, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishda muhim vositadir. Oila – jamiyatning muqaddas tarbiya makonidir. Insonning oilada shakllangan iymon-e’tiqodi, odobi, mahalla muhitida yanada yuksalib, xalq irodasi, o‘zaro totuvlik va hamkorlik rishtalari bilan uyg‘unlashib, maktabgacha ta’lim tizimi jamiyatda sog‘lom munosabatlardagi muhim bog‘lovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalashga xolisona yondashish, ulardan ijtimoiy, tarbiyaviy masalalarni hal etishda samarali foydalanish, maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va unda yoshlarning ishtirokini ta’minlash hozirgi kunda ko‘plab dolzarb muammolarni hal etib, shubhasiz yoshlarni mustaqil O‘zbekistonga munosib fuqarolar bo‘lib voyaga yetishiga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlar hamda normativ ko‘rsatmalarni samarali bajarish uchun oila va Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi faoliyati o‘ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |