Kurs ishining maqsadi. Ota – onalar jamoatchiligi va ularning ish faoliyatini o’rganish.
Kurs ishining vazifasi:
1.Mavzuga oid ilmiy xuquqiy-normativ manbalarni o’rganish taxlil qilish va umumlashtirish.
2.. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda Ota – onalar jamoatchiligi va ularning ish faoliyatini qay tarzda tashkil etishni kuzatish.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda Ota – onalar jamoatchiligi va ularning ish faoliyatining nazariy-amaliy jixatlarini o‘rganish.
4.Kurs ishi materiallari doirasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining predmeti: Ota – onalar jamoatchiligi va ularning ish faoliyatini o’rganish.
Kurs ishining metodlari: Mavzuga oid normativ meyoriy ,xujjatlarni o’rganish, pedagogik taxlil qilish ,so’rov,anketa.
Kurs ishining obyekti:.Denov tumani 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti
Kurs ishining metadalogik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi prezentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni , “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qaror .
I.BOB. Maktabgacha ta'lim muassasasi va oila hamkorligi
1.1Oila - davlat va jamiyat ardog'ida
Darhaqiqat, shaxs shakllanishida oilaning roli katta. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat farzandlar namunali oilalarda kamol topadilar. Shuning uchun ham oilada sog'lom muhitni vujudga keltirish va uni mustahkamlash umumdavlat ahamiyatga molik masaladir. Chunki ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha o'zgarishlar, ya’ni undagi yetuk va kamchiliklar, murakkabliklar va ziddiyatlar oilada o'z aksini topadi. Shunga ko'ra oila va oilaviy tarbiya masalalari har doim ham dolzarb muammo bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.Respublikamizda 1998-yil - "Oila yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, "Oila kodeksi"ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilaning moddiy farovonligini ta'minlashga qaratilgan zarur shart- sharoitlar yaratildi. Kam ta'minlangan, serfarzand oilalarni qo'llab-quvvatlash ishlarini davlat o'z zimmasiga oldi. 1999 yil mamlakatimizda "Ayollar yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin-qizlarning mavqeyini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarni birlashtirildi. Shu yildan boshlab (1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda belgilangan mehnat staji bo'lgan taqdirda 54-yoshdan pensiyaga chiqish huquqi berildi.3yoshgacha bolasi bo'lgan ayollar byudjet hisobidan moliyalashtirilgan muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan bo'lsalar, ular uchun ish haqining to'liq miqdori saqlangan holda ish vaqtini haftasiga 35 soatdan oshmaydigan muddati belgilandi. Ayollar yili munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi mamlakatimizda yashayotgan ayolning hayotiga ijobiy ta’sir ko'rsatmoqda. Respublikamizda 2000-yil "Sog'lom avlod” yili deb e'lon qilindi. 2000-yilda amalga oshiriladigan ishlar "Oila”, "Ayollar yili"dagi chora-tadbirlarining mantiqiy davomi bo'lib, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog'lom avlodni shakllantirish yuzasidan ko'plab ijobiy natijalarga erishildi.
yoshlarni turmush qurishdan avval tibbiy ko'rikdan o'tkazish amaliyoti hayotga joriy qilindi.nogironlikning oldini olish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida homilador ayollar va chaqaloqlarni skrining ko'rigidan o'tkazish yo'lga qo'yildi.bolalar organizmida yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.Respublikada yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida turli mazmunlarda ko'rik- tanlovlar o'tkazilib kelinmoqda.Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI sessiyasida qabul qilingan "Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning manfaatlarini ta’minlashda muhim huquqiy poydevor bo'ladi. Konstitutsiyaga binoan, "Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi (65-modda).Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifalardir. Ya'ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta’sir ko'rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi.Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo'lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ma'lumki shaxsning qadriyati uning jamiyatdagi tutgan o'rni bilan belgilanib, ko'p jihatdan uning tarbiyasiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli ota-ona o'z bolalarining tarbiyachisi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalarning ishtiroki o‘qituvchi va bolalar uchun ham juda yaxshi natijani olib keladi. Maktablarning qo‘shma boshqaruvidan ota-onalar bir-birining farzandlarini huddi o‘zinikiday his qilishadi. Ota-onalar har bir sohalarda qatnashishi, boshqaruv, tashkiliy ishlar malakali o‘qituvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu qo‘llab quvvatlash maktabgacha bo‘lgan bolalarni hayotning har bir jabha- larida zehnli, bilimga kuchli qilib tarbiyalashda yordam beradi. Maktablarda fanlar bolalarni o‘zlarining akademik bilimlarini ijtimoiy, ruhan va jismonan sinfonalarda oshirib borish uchun mo'ljallangan. Bu esa kichik yoshdan, ya'ni 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun imkoniyatdir. O'qituvchi ularga sa’nat, mahorat, musiqa va boshqa fanlarni o‘rgatadi. Maktabgacha ta’lim o‘quvchilari o'zlarining qiziqishlariga qarab xatolarni to‘g‘rilash va hissiyotlari bilan o‘zlarini so‘zlari orqali bog‘lanish o'rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |