44- maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi O. Ahmadjonovaning 2020-2021-o'quv yilida 1-yarim yillikda barg'an ishlari hisoboti.
Men 2020-2021-o'quv yilini sentyabr oyıda 4 soat tasviriy san'at darslari bilan boshladim. Tasviriy san'at darslari onlayn bo'lgani sababli o'quvchilarga telegram orqali topshiriqlar berib , bajargan topshiriqlarini rag'batlantirib bordim .Har dushanba kuni maktabga kelib , o'quvchilarni istima haroratini o'lchash ishlarida yordam berib turdim .
2020- yil 1- dekabrdan boshlab menga 3-,, B" sinf rahbarligi va shu sinfdan 9 soat : ona tili ,matematika darslari berildi . Shu kundan boshlab sinf jurnali , sinf rahbarligi hujjatlarini o'z vaqtida bajarib kelmoqdaman .
Matematikadan iqtidorlilar va bo'sh o'zlashtiruvchilar bilan ishlash uchun to'garak tashkil qildim . Haftaning har juma kuni matematika to'garagi o'tmoqdaman .
Ota onalar bilan zarur hollarda telefon orqali suhbatlashmoqdaman .
.2020- yil 22- dekabr kuni maktabimizda tashkil etilgan kitobxonlikni keng targ'ib qılısh maqsadida o'tkazilgan kitob savdosi yarmarkasiga 3-,,B" sinf ota onalarini taklif qildim .Kitob savdosida 17 nafar o'quvchining ota onalari qatnashib , farzandlariga kitob olib berishdi .O'quvchilar kitoblarni maktab kutubxonasiga sovg'a qilishlarini aytishdi .Kitob savdosida 3-,,B" sinf maktabda 2- o'rinni egallashdi .
Shu kuni 3-,,B" sinfda ota onalar yig'ilishini ham otkazib oldik . Yig'ilishga 20 nafar o'quvchining ota onalaridan 19 nafari ishtirok etdi , 1 nafari kasalligi sababli qatnasha olmadi .
Ota onalar bilan shu kuni 2-chorak yakuni , qishki ta'tilni maroqli o'tkazish haqida suhbatlashib oldim .Yangi yilni oila davrasida o'tkazish haqidagi kafolat xatı bilan ota onalarni tanishtirdim .
26- dekabr kuni boshlang'ich sinflar o'rtasida ona tilidan onlayn test musobaqasi bo'lib o'tdi .Musobaqada men ham qatnashib ,86 ball olishga erishdim .
Darslarni hozirgi kun talablariga mos holda o'tmoqdaman .
Test va tarqatma , ko'rgazmalardan o'rinli foydalanmoqdaman.
Haftaning har juma kuni o'quvchilarning kundalik daftarlarini tekshirib boraman .Ota ona va o'quvchilar uchun kerakli qaydlarni yozib boraman .
Ona tili , matematika darslarida o'quvchilarga vatanparvarlik , mehnatsevarlik , tejamkorlik , o'zaro do'stlik , ahil - inoqlik , ona tabiatni asrash , kasb- hunarga yo'naltirishga doir tarbiyalarni berib kelmoqdaman .
2- chorak yakuniga ko'ra 3- ,, B " sinfda 20 nsfar o'quvchining 17 nafari namunali , 3 nafari qoniqarli xulq egasi bo'ldi . Fanlarni 9 nafar o'quvchi ,,5" bahoga , 7 nafar o'quvchi ,,4 " bahoga , 4 nafar o'quvchi ,,3 " bahoga yakunladi . 4 nafar o'quvchining ota onalariga farzandlari bilan qishki ta'tilda shug'ullanish uchun topshiriqlar berdim .Maqsadim shu 4 nafar o'quvchini ham DTS talablari darajasiga yetkazish .
Do'stlaringiz bilan baham: |