ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi.
Tegishlilik, egalik ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan affikslarni esa
egalik affikslari deymiz. Egalik affikslari grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son
ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan: kitob+im, kitob+ing, kitob+i, kitob+imiz,
kitob+ingiz, kitob+i so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari o‘zakdan
anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni so‘zlovchi, tinglovchi va
o‘zgaga tegishli ekanini ifodalash bilan bir qatorda, mazkur narsaning bitta yoki
bir necha shaxsga qarashliligini ham bildiradi. Demak, egalik affiksidan
anglashilgan birlik va ko‘plik tushunchasi narsaga emas, balki so‘zlovchi,
tinglovchi, o‘zga kabi grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi.
Egalik affikslari unli va undosh bilan tugagan so‘z va so‘z shakllariga qo‘shilib
kelishiga ko‘ra ikki xil variantga ega bo‘ladi:
Shaxslar
Bir shaxsga tegishli
Ko‘p shaxsga egishli
Unlidan
so‘ng
Undoshdan
so‘ng
Unlidan
so‘ng
Undoshdan
so‘ng
1- shaxs
(so‘zlovchi)
olma+m
kitob+im
olma+miz
kitob+im
2- shaxs
(tinglovchi)
olma+ng
kitob+ing
olma+ngiz
kitob+ing
3- shaxs
(o‘zga)
olma+si
kitob+i
olma+si
kitob+i
Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi yoki
o‘zgarishi mumkin: og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-obro‘+y+im,
parvo+y+im, o‘rtoq+im-o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi so‘zlarga egalik
affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si
2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va belgini faqat
kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan anglashilgan narsa va belgi
kishilardan boshqa narsalarga ham nisbatlanadi: Mening ko‘ylagim, sening
ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, dalaning havosi, qushlar ovozi kabi.
3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi: o‘qishing,
hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi kabi. Barchasi,
beshovi kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga ega bo‘ladi. Kishilik
olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi.
4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida
ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan so‘z qaratqich kelishigi bilan
aloqaga kirishadi. Biroq, egalik affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik
vazifasini ko‘rsatmaydi: mening kitobim, sening kitobing kabi. Agar qaratqich
kelishigidagi so‘z ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik
affiksi qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oila kabi.
5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z
bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan
so‘zlardan bo‘ladi: tanishlardan bittasi, Mehmonlardan kattasi.
6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-izohlanmishli
birikma hosil qilishi mumkin: Zarafshon daryo+si, chet tillar institut+i, sut
kombinat+ii.
7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin egalik affiksi
qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi qo‘shilishi
mumkin: kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga. Egalik affikslarini olgan
qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat ma’nosini ifodalaganda esa,
o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar
kabi.
8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi
qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi mumkin: ertasi, kechasi
(ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: