Ot so’z turkumi. Maxsus attestatsiya uchun



Download 49 Kb.
Sana17.04.2022
Hajmi49 Kb.
#558273
Bog'liq
ot so`z turkumi Maxsus





Ot so’z turkumi.
Maxsus attestatsiya uchun
1. O’zbekiston—go’zal diyor , Saodatga mehnati yor .
O’zgacha bir hikmati bor , Go’zallikka aytar alyor . Ushbu to’rtlikda nechta ot qo’llangan ?
A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 9 ta
2. Meni kutayotir ajib kelajak , U mening iqbolim , mening baxtimdir .
Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak , Men aytmagan so’zni aytajak kimdir . (A.Oripov)
Ushbu to’rtlikda nechta turlangan so’z qo’llangan ?
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
3. Ma’lumki , so’zlarni turkumlarga ajratish masalasi eng qadimgi davrlardan buyon olimlar diqqatini tortib kelgan. Qaysi xalqlar so’zlarni dastlab uchta turkumga ajratishgan ?
1) hind 2) arab 3) yunon 4) rus
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) faqat 1 D) 1,2
4. G’arb tilshunosligida qaysi xalqning so’zlarni turkumlarga jaratish borasidagi yangicha qarashlari keng tarqalgan ?
A) hind B) arab C) yunon D) rus
5. Ism asoslariga qo’shilib , asos qismida ifodalangan narsa , belgi-xususiyat , harakat-holatning so’zlovchi , tinglovchi va o’zgaga daxldorligini ifodalovchi qo’shimchalar tilshunoslikda qanday nomlanadi ? A) egalik shakllari B) kelishik shakllari
C) lug’aviy shakllar D) ko’plik shakli
6. Qaysi gap(lar)da kelishik shakli belgisiz qo’llangan ?
1) Bo’zchi bilganin to’qir , Baxshi bilganin o’qir 2) Mehnat qilib topganing—Qand-u asal totganing
3) Ahyon-ahyonda polizdan qovunlar yorilgani
eshitilyapti
4) Bunda ari keltiradi bol
5) Oradan ikki kun o’tgandan keyin Tesha Saidiyning hujrasiga keldi
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 2,3,4 D) 1,3,4
7. Egalik shakllari qanday so’zlarga qo’shilganda qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so’zning qo’llanishiga ko’pincha ehtiyoj bo’lmaydi ?
A) sifatdosh va harakat nomi
B) viloyat , shahar , tuman nomi
C) korxona , tashkilot , muassasa nomi
D) atoqli ot
8. Ayrim ko’p bo’g’inli so’zlarga egalik shakllari qo’shilsa, qaysi unli tovushlarning tushib qolishi kuzatiladi ?
A) a, o, u B) a, o, i C) u, a, i D) a, i, e
9. Qaysi so’zlarga egalik shakllari qo’shilsa , fonetik hodisa sodir bo’lmaydi ?
A) ko’zoynak , bilak , tilak B) chelak , bek , sog’lik C) ittifoq , axloq , yuk D) buyruq , qiliq , parrak
10. Quyidagi grammatik vositalardan qaysi biri so’z birikmasi tarkibida doim tobe so’zga qo’shiladi ?
1) kelishik 2) egalik 3) ko’makchi 4) ko’plik
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 1,3
11. Bobosi so’zini eshitgan nabira oldidagi kitoblarni taxlay boshladi , so’ng tokchadan xurjun olib , unga kitoblarni solishga shaylandi .
Ushbu gapda ismlar qaysi kelishik shakllarida qo’llangan ?
1) bosh 2) qaratqich 3) tushum 4) jo’nalish
5) o’rin-payt 6) chiqish
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,3,4,5,6 D) 1,3,4,6
12. Bosh kelishik shaklidagi ismlar ko’pincha qanday sintaktik vazifalarda qo’llanadi ?
1) ega 2) ot kesim 3) undalma 4) qaratqich aniqlovchi 5) vositasiz to’ldiruvchi 6) o’rin holi
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,6
13. Kecha Saidiyning hujrasiga Kozimbek bilan A’zamjon keldi. Ushbu gapda qaralmish qanday sintaktik vazifada qo’llangan ?
A) aniqlovchi B) ega C) hol D) kesim
14. Qatqich kelishigi shakli qanday hollarda tushib qolmaydi ?
1) atoqli otlarga qo’shilganda 2) olmoshlarga qo’shilganda 3) sifatdoshlarga qo’shilganda
4) otlashgan so’zlarga qo’shilganda 5) qaratqich va qaralmish yonma-yon qo’llanmaganda
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,2,4,5 D) 1,2,3,4
15. Qaysi kelishik shaklini qabul qilgan ismlar har doim fe’l turkumga mansub so’zlarga bog’lanib , birikma hosil qiladi ?
A) qaratqich B) tushum C) chiqish D) jo’nalish
16. Egalik qo’shimchasini olgan ismlarga bog’lanuvchi so’z qanday sintaktik vazifada qo’llanadi ?
A) vositasiz to’ldiruvchi B) o’rin holi
C) payt holi D) qaratqich aniqlovchi
17. Jo’nalish , o’rin-payt , chiqish kelishik shakllari shaxs , narsa otlariga qo’shilib , qaysi gap bo’lak(lar)ini shakllantiradi ?
A) vositali to’ldiruvchi , o’rin holi , payt holi
B) vositali to’ldiruvchi , o’rin holi
C) vositali to’ldiruvchi , payt holi
D) vositali to’ldiruvchi
18. Qaysi kelishik shakli ayrim otlar , sifatdoshlar va boshqa so’zlarga qo’shilib sabab holini shakllantirishga xizmat qiladi ?
A) tushum B) o’rin-payt C) chiqish D) qaratqich
19. Qaysi birikma(lar)da butundan qism ma’nosi anglashiladi ?
1) uzum yemoq 2) uzumni yemoq 3) uzumdan yemoq A) 1,3 B) faqat 3 C) 2,3 D) 1,2,3
20. Ma’naviyat insonga ona suti , ota namunasi , ajdodlar o’giti bilan singadi . Ushbu gapdagi atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlar miqdorini toping.
A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 9 ta
21. Qaysi gapda yasama ot qo’llanmagan ?
A) Ma’naviy boylikdan judo bo’lish fojia
B) Qimmat ham sehrgar kampirning uyiga kelib qolibdi
C) Ko’ksimdagi sevinch shuncha zo’r ,
Dumalayman maysada tanho
D) U chiroqni o’chirib , sandal chetiga yotdi-yu ,
ko’nglidagi g’ulg’ula kuchayib ketaverdi
22. O’rtada bo’lsin deb qadr ham izzat ,
Ayriliq va o’lim yaralganmi yo ?
Mazkur misralarda nechta mavhum ot qo’llangan va ulardan nechtasi yasama so’z sanaladi ?
A) 4 ta ; 2 ta B) 3 ta ; 1 ta C) 2 ta ; 1 ta D)2 ta ; 0 ta
23. Qaysi javobda egalik va kelishik shakllari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’lgan so’zlar ko’rsatilgan ? 1) ot 2) sifat 3) son 4) olmosh
5) sifatdosh va harakat nomi 6) taqlid so’zlar
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4 C) faqat 1 D) 1,4,5,6
24. Kamolotga erishgan vazir ulkim , davlat muomalalarini tartibga keltirib , mulkiy va moliyaviy ishlarni to’g’rilik bilan , asli nasli tozaligini ko’rsatib , ajoyib tarzda bajaradi . Oladigan joyidan olib , beradigan yerga beradi. Dushmanlik va jabr-zulmdan tiyiladi . Birovdan yomonlik axtarmaydi , aytsalar eshitmaydi…(“Temur tuzuklari”)
Ushbu parchada nechta yasama ot qo’llangan ?
A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 2 ta
25. Qanday otlarga qo’shilgan ko’plik shakli chama , taxmin , tusmol ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi ? A) mavhum ot B) payt oti
C) o’rin-joy nomi D) sanalmaydigan ot
26. Ko’plik shakli I , II shaxs egalik shakllaridan keyin , III shaxs egalik shaklidan oldin qo’llanib , qanday ma’noni ifodalaydi ?
A) ko’plik B) hurmatlash C) tur , xil , nav
D) jamlash , umumlashtirish
27. Qaysi kelishik qo’shimchalari o’zaro ma’nodosh bo’la olmaydi ?
A) tushum va chiqish B) jo’nalish va o’rin-payt
C) qaratqich va tushum D) jo’nalish va chiqish
28. Turdosh ot asosida hosil bo’lgan atoqli otlarni belgilang .
A) Shirin , Charos , Suluv B) Barno , Zebo , Laziz
C) Shakar , Qunduz , Po’lat D) Oqil , Omon , Komil
29. Qaysi javobda qarindoshlikni ifodalamaydigan shaxs oti berilgan ?
A) bobo B) buvi C) farzand D) chol
30. Qaysi javobda shaxs oti yasovchi qo’shimchalar berilmagan ?
A) –boz , -lik , -xo’r B) –ma , choq , -kich
C) –kash , -dor , -kor D) –gar , -do’z , -dosh
31. Qanday otlar sodda yasama otlar sanaladi ?
A) bir asosli otlar
B) tarkibida ot yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan otlar
C) tarkibida ot yasovchi qo’shimcha ishtirok etmagan
bir asosli otlar
D) tarkibida ot yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan bir asosli otlar
32. Qismlari bir turkumga mansub bo’lmagan ikki asosli otlar qanday nomlanadi ?
A) juft ot B) qo’shma ot C) takroriy ot D) sodda ot
33. Otlarning tuzilishiga ko’ra qaysi turi doim yasama otlar sanaladi ?
A) sodda otlar B) qo’shma otlar C) juft otlar D) takroriy otlar
34. Qaysi hukm noto’g’ri ?
A) Ko’plik shakli atoqli otlarga qo’shilganda o’zi qo’shilgan otning ko’pligini emas , balki uning boshqalar bilan birgalikda ekanligini bildiradi
B) Ko’plik shakli geografik nomlarga qo’shilganda shu geografik joyning kengroq , atrofdagi joylar bilan birlikda ekanligini bildiradi
C) Ko’plik shakli donalab sanalmaydigan otlarga qo’shilganda ko’pincha uning xilma-xil ekanligini bildiradi
D) Ko’plik shakli otlarga egalik qo’shimchalarisiz qo’llansa ham hurmatlash ma’nosini ifodalaydi
35. Kasb-korni anglatuvchi shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni belgilang .
1) –lik 2) –paz 3) –dosh 4) – xo’r 5) –xon 6) –do’z
A) 1,2,3,4,5 B) 2,4,5 C) 2,3,4,6 D) 2,4,6
36. Sham yanglig’ yonadur boshimda o’t ,
Ko’z yoshimdan yer yuzida undi o’t .
Qon yoshim qildi yo’lingni lolazor ,
Muncha taqsir ayladim , qonimdan o’t . (Navoiy)
Ushbu tuyuqda qo’llangan shakldosh so’zlarning turkumi qaysi javobda to’g’ri tartibda ko’rsatilgan ?
A) ot , ot , fe’l B) ot , fe’l , fe’l C) ot , ot , ot D) fe’l , ot , fe’l
37. Muloyim kishida insof ham , diyonat ham , e’tiqodga sodiqlik ham , vijdon ham , sadoqat ham—hammasi bo’ladi .
Ushbu gapda nechta mavhum ot qo’llangan ?
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
38. Yasama otni belgilang .
A) o’g’lon B) bolakay C) burchak D) qizaloq
39. Tub otni belgilang .
A) tortiq B) o’lcham C) qiynoq D) qalqon
40. Sodda otlar berilgan javobni toping .
1) toychoq 2) bo’taloq 3) temirchi
4) sartarosh 5) uycha 6) novvoy
A) 1,2,5 B) 3,4,6 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,3,5,6


Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish