OT SO’Z TURKUMI #2
Quyida otlarning tuzilishiga ko’ra nechta turi qo’llangan? Belbog’, osmon, qarindosh-urug’, temir-tersak, qo’ni-qo’shni, tustovuq, daraxt, aka-uka
1) sodda ot 2) qo’shma ot 3) juft ot 4) takroriy ot
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 2,3,4
Qanday otlar qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi?
A) fe’lga bitishuv usuli bilan bog’langan otlar
B) otga bitishuv usuli bilan bog’langan otlar
C) otga moslashuv usuli bilan bog’langan otlar
D) otlar har doim kim? nima? qayer? so’rog’iga javob bo’ladi
Qo’shma otlar haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?
A) qo’shma otning qismlari turli turkumlarga mansub bo’lishi mumkin.
B) qo’shma otning qismlari ajratib yozilishi mumkin.
C) qo’shma otning qismlari tub yoki yasama bo’lishi mumkin.
D) qo’shma otlar yasama so’z sanalmaydi.
Quyida berilgan mikromatnning necha o’rnida bosh harflar imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan? toshkent vohasini chirchiq daryosi suv bilan ta’minlab turadi. shahardan oqib o’tuvchi ariq va kanallarning hammasi chirchiq daryosidan boshlanadi. qorasuv, salor, kaykovus, qoraqamish, shayxontohur, rohat, anhor, oqqo’rg’on kabilar shaharning qon tomirlaridir.
A) 12 o’rinda B) 11 o’rinda C)10 o’rinda D) 9 o’rinda
Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yozilishi lozim bo’lgan nomlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1) xalqaro tashkilot nomlari;
2) oliy davlat tashkilotlari;
3) oliy davlat mansabi;
4) vazirliklar nomi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4
Qaysi javobda shaxs nomlari berilgan?
A) zargar, suvchi, kampir
B) lola, rayhon, temir
C) Aziz, Ilg’or, Lobar
D) qoplon, lochin, qaldirg’och
Qaysi gapda shaxs oti yasovchi qo’shimcha qo’llangan?
A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi.
B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan.
C) Qo’shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish.
D) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi.
Qaysi gapda tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan ot qo’llangan?
A) Dadam kunduzi chopiqda juda charchagan edi.
B) Yoshlik qaytib kelmaydi.
C) Yolqin akam terimdan bo’shagandan keyin hovlini tuzatadi.
D) Qirlarning g’ir-g’ir shamoli, o’pkalarga moydek tuyulgan totli havosi hammamizning ruhiyatimizni ko’tarib yubordi
Qaysi javobda otlarning kichraytirish shakli berilmagan?
A) –gina B) –choq C) –chak D) –choq
Qaysi gapda subyektiv munosabat shakli qo’llanmagan? A) Bu Olimtoy yaratgan robot.
B)
Huriniso ketib, Saidaga qarashib turgani Kifoyatxonni yubordi.
C) Turg’unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi.
D) Ertaga yaxshilab uycha yasab berib ketaman.
Qaysi grammatik shakl(lar) ismlarning sintaktik vazifasini belgilaydi?
1) kelishik shakllari 2) egalik shakllari 3) ko’plik shakli
A) 1,2,3 B) 1,2 C) faqat 1 D) faqat 2
So’z birikmasi qismlarini bog’lash uchun xizmat qiluvchi vositalar qaysi javobda qayd etilgan?
1) kelishik qo’shimchalari 2) egalik qo’shimchalari
3) ko’makchilar 4) ohang
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4
–lar qo’shimchasi qarindoshlikni bildiruvchi so’zlarga qo’shilib, qanday ma’no(lar)ni ifodalashi mumkin?
A) faqat hurmatlash ma’nosini
B) tusmollash ma’nosini
C) hurmatlash va ko’plik ma’nosini
D) birgalik ma’nosini
Qaysi javobda predmetning tinglovchiga qarashliligi ifodalangan?
A) ruchkam B) ruchkang C) yozdim D) yozding
Egalik qo’shimchalari haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?
A) Otlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini, tegishliligini ifodalaydi.
B) Viloyat, shahar, tuman, korxona, tashkilot, muassasa kabilarning nomlarida qo’llanib xoslik, umumdan ajratilganlik, mo’ljallanganlik ma’nosini ifodalaydi.
C) Fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllariga qo’shilib, harakat bajaruvchisi(subyekti)ning shaxsi va sonini bildiradi.
D) Egalik qo’shimchalari faqat belgili qo’llanadi.
Qaysi kelishik qo’shimchalarining poetik(she’riy) shakli o’zaro shakldosh(omonim) sanaladi?
A) qaratqich va tushum B) jo’nalish va o’rin-payt
C) qaratqich va chiqish D) tushum va chiqish
Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar aniq bir sintaktik vazifa bajaradi?
A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish
Shoirlik—bu shirin jondan kechmakdir,
Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir.
Shoirlik—jigarni ming pora etmak,
Bag’ir qoni bilan satrlar bitmak. (Erkin Vohidov) Yuqoridagi to’rtlikda kelishik qo’shimchalari qay tarzda qo’llangan?
A) uch o’rinda belgili, ikki o’rinda belgisiz
B) ikki o’rinda belgili, ikki o’rinda belgisiz
C) to’rt o’rinda belgili, to’rt o’rinda belgisiz
D) ikki o’rinda belgili, uch o’rinda belgisiz
Qalb shunday ummonki, uning bag’rida
Dahshatli dolg’alar silsilasi bor.
Qalb shunday zaminki, otash qa’rida
Vulqonlar otguvchi zilzilasi bor. (Erkin Vohidov) To’rtlikda belgili qo’llangan turlovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
Boshqaruvli so’z birikmasini toping.
A) olov yoqmoq B) olov yoshlik
C) olov tafti D)
olov va suv
So’z birikmasining qaysi tur(lar)ida tobe so’z qaratqich aniqlovchi vazifasida qo’llanadi?
A) boshqaruv B) moslashuv
C) bitishuv D) boshqaruv va moslashuv
Qaysi javobda narsa oti yasovchi qo’shimchalar berilgan?
A) –kor, -uvchi, -dosh B) –kich, -moq, -don
C) –zor, -loq, -ma D) –qin, -ik, -in
Qaysi javobda mavhum otlar berilgan?
A) chopiq, qirg’in B) saylov, to’qchilik
C) quvonch, tuyg’u D) dehqonchilik, ko’rik
Qaysi javobda tarkibi asos+narsa oti yasovchi qo’shimcha+shaxs oti yasovchi qo’shimcha+faoliyat-jarayon oti yasovchi qo’shimchadan tashkil topgan ot berilgan?
A) bo’yoqchilik B) bilimdonlik
C) tandirsozlik D) qarsakbozlik
Boshqalaridan farqli qo’shimcha bilan yasalgan otni toping.
A) taroq B) qayroq C) bodroq D) o’roq
Qaysi javobda o’rin-joy otlari berilgan?
A) yulduz, sayyora, kometa
B) sharq, madrasa, zavod
C)
qishloqlik, shaharlik, buxorolik
D) bahor, tong, mart
Qaysi kelishik qo’shimchasining uch xil yozilishiga yo’l qo’yiladi?
A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish
Qaysi javobda juft ot imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) kasb kor B) otayu-ona
C) el-u yurt D) ko’prato’shak
Qaysi javobda ham imloviy, ham punktuatsion(tinish belgisi bilan bog’liq) xatoga yo’l qo’yilgan?
A) Ichki ishlar vazirligi B) “Istiqlol” san’at saroyi
C) sharq gullari firmasi D) o’zbekiston respublikasi prezidenti
Qanday otlar atoqli otlarga mansub emas?
A) tarixiy sana va bayram nomlari
B)
suv havzalari nomi
C) mavhum otlar
D) joy nomlari
Qaysi so’zdan uch xil qo’shimcha yordamida shaxs oti yasash mumkin?
A) adabiyot B) baliq C) afsun D) qimor
Qaysi javobda qarindoshlikni anglatadigan shaxs otlari berilgan?
A) bola, juvon, chol B) o’quvchi, talaba, nafaqaxo’r
C) bobo, singil, amaki D) do’st, o’g’il, kampir
Qaysi javobda ko’plik ma’nosini ifodalagan otlar qo’llangan?
A) ko’zlarim, boshlarim B) g’amlarim, yuraklarim
C) bobolarim, momolarim D) unlarim, suvlarim
Otga xos bo’lmagan ma’noni toping.
A) payt ma’nosi B) o’rin ma’nosi
C) holat ma’nosi D) harakat ma’nosi
Qaysi javobda sifat vazifasida qo’llangan ot berilgan? A) g’oz yurmoq B) yayov kezmoq
C) sopol ko’za D) qora bayroq
Chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan turlangan otlar gapda qanday sintaktik vazifada qo’llanadi?
1) vositali to’ldiruvchi 2) vositasiz to’ldiruvchi
3) o’rin holi 4)
payt holi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4
Qaysi javobda berilgan qo’shimchalar grammatik shakllar sanalmaydi?
A) –ning, -ni, -ga B) –im, -ing, -i
C) –lar, -cha, -jon D) –chi, -qich, -zor
Qismlari tub+yasama shaklida bo’lgan juft otni aniqlang. A) yig’im-terim B) ko’rpa-to’shak
C) yarog’-aslaha D) kiyim-kechak
Qaysi gapda qaratqich va qaralmish yonma-yon qo’llangan?
A) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammani hayratga soldi.
B) Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o’rikning shoxi egilib turardi.
C) O’zbek oyimning orzu-havas, to’y-tomoshalarni shartta kesib qo’ygan bu uylanishga nima deyishi , albatta, ma’lum edi.
D) Nigoraning qop-qora ko’zlari doimo chaqnab turadi.
Qaratqich kelishigi qo’shimchasi qanday hollarda belgili qo’llanishi lozim?
1) atoqli otlar tarkibida; 2) olmoshlar tarkibida;
3) sifatdoshlar tarkibida; 4) qaratqich va qaralmish yonma-yon qo’llanmagan hollarda.
A)1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4
Qaysi kelishik shaklidagi so’zlar faqat o’timli fe’llar bilan birikadi?
A) tushum B) jo’nalish C) o’rin-payt D) chiqish
Quyidagi gaplarning qaysilarida egalik qo’shimchasi ta’sirida fonetik hodisa(tovush o’zgarishi) sodir bo’lgan? 1) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek! 2) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi.
3) Paxtakorning o’z kitobi bor, bu kitob uning ko’kragida. 4) Shavkat eng
oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo’shlashdi.
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2,3 D) 1,3,4
Egalik qo’shimchalari qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan qaysi fonetik hodisa unli tovushlar bilan bog’liq?
1) tovush tushishi 2) tovush almashishi 3) tovush ortishi A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1
Sog’inganda izlab bir nishon,
Qabring sari men olaman yo’l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog’ men eltaman gul. (Zulfiya)
Parchada tarkibidagi kelishik qo’shimchasi tushib qolgan so’z qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) aniqlovchi B) to’ldiruvchi C) hol D) kesim
Qaysi qo’shimchalar bilan ot yasash jarayonida asosda fonetik o’zgarish yuz beradi?
A) –q, -vchi, -iston B) –lik, -ma, -loq
C) –indi, -v, -iq D) –voy, -im, -oq
Ma’lumki, ikkinchi qismi turdosh ot bo’lgan atoqli otlar qo’shib yoziladi.
Qaysi javobda mazkur qoidaga binoan yozilgan otlar berilgan?
A) Beshariq, Qorqiz B) qorbo’ron, ko’ksulton
C) Quyichirchiq, O’rtaosiyo D) Eltuzar, Xonkeldi
Atoqli otlarga qo’shilib, shaxsning ma’lum bir hududga tegishli ekanini bildiradigan qo’shimchani toping.
A) –dosh B) –lik C) –loq D) -iston
Qaysi so’zlardan morfologik usul bilan o’rin-joy oti yasash mumkin?
A) kitob, qalam B) tosh, qum
C) temir, mis D) dars, mehmon
G’isht zavodi, go’sht do’koni, rasm daftari kabi birikmalarga nega oldingi so’z qaratqich kelishigi shaklida qo’llanmaydi?
A) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi qarashlilik ma’nosini bildirmaydi.
B) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi xoslik ma’nosini bildirmaydi.
C) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi umumdan ajratilganlik ma’nosini bildirmaydi.
D) Chunki bunday birikmalarda III shaxs egalik qo’shimchasi mo’ljallanganlik ma’nosini bildirmaydi.
Men na amaldorman va na qoziman,
Allohning bandasi, bir she’rboziman.
Dilimdek dil izlab o’tdim
dunyodan,
Mendan rozi bo’ling, men ham roziman.
(Boboqul Usmonov)
Parchada qo’llangan yasama shaxs otlari miqdori nechta? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta