“ Tursunboy otaning andak o‘ktamligi, tetik va chayirligini hisobga olmaganda, xushmuomala mo‘ysafid”. Voqealar ham shu mo‘ysafid ota atrofida aylanadi va uning boshidan kechirgan yaxshi-yomon kunlari, orzu- armonlari yoritib berilgan. Yaxshi- yomon kunlari deganimizda uning beshta qizdan keyin tug‘ilgan yakka-yu yagona o‘g‘lining avto halokatda vafot etishi, natijada yostiqdoshining ham bu dunyoni tark etishi tushunilsa, yaxshi kunlari esa o‘g‘il nevarali bo‘lgani, nevarasi esa chavondozlikka qiziqishi va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan an’analarini davom ettirishidan g‘oyat quvonadi. Armoni yolg'iz o'g'il ko'rdi,o’g’lini chavondoz polvon qilmoqchi bo’ldi,lekin o’g’li chavondozlikka qiziqmadi. Fikri-xayoli bilim olishda edi. Tursunboy ota hatto qizlarining bolalarini ham polvonlikka o‘rgatmoqchi bo‘ldi, lekin bo‘lmadi. Albatta, ilmga chanqoqlik yaxshi, biroq ota- bobolarimizdan meros an’analarni davom ettirish milliy burchimiz. Axir, har bir millat tili,madaniyati, adabiyoti, dini,qadriyatlari bilan go‘zal. Vaholanki, Tursunboy otaning ajdodlari ham,hatto o‘zi ham polvon bo‘lgan.Vaholanki, hayotning past-balandini ko’rgan, toshli, tikanli so’qmoqlaridan yurgan inson nasihatgo’ylikka moyil bo’ladi. “Yoshlarning qiyinchilikka chidamsiz,”Kun ko’rmagan bargdan nozik”ligi,hatto milliy o’yin- kurashda ham mard bo’lib maydonga tushadigani qolmaganidan noliydi. Aslida azaldan shunday. Qariyalar xuddi hayot muvozanatini kuzatib turuvchidek.”1 Ijodkor hikoyada Tursinboy ota obrazini: tanti, mehribon, soddadil, ochiqko’ngil inson sifatida tavsiflaydi.
Hikoyadagi yana bir qahramon bu uning o’g’li. O’g’li barcha yigitlar singari o’z otasini hurmat qiladigan,uni ranjitmaslikka harakat qiladigan yigit sifatida tasvirlanibgina qolmay, zamonasining eng ilmga chanqoq, ma’naviyatli va bilimdon yigiti sifatida ham tasvirlanadi. To’g’ri u chavandozlikka qiziqmasdi, sababi uning ham o’z orzulari bor edi-da, shu orzulardan biri shaharga borib o’qish edi. “…-Ota ruxsat bering, shaharga borib o’qimoqchiman, deb qoldi, bir kuni. Biroq yolg’iz o’g’il, oldimdan siljitgim kelmadi. Ruxsat bermadim. Ancha ko’ngli o’ksib, siqilib yurdi. Biroq menga ters ish qilishga botina olmadi…”
Bu o’rinda yozuvchi o’zbek yigitlariga xos bo’lgan xislatlarni ham keltirib o’tgan, ya’ni ota-onasini hurmat qilish, ularga hamisha mehribon bo’lish va hech qachon ularni ranjitmaslik kabilar
Asardagi kichik obraz, lekin ahamiyati jihatdan hikoyada juda katta o’rin tutadi. Bu ,albatta, yosh beva qolgan kelinchak obrazi. Kelinchak - hali yosh ,chiroyli yana turmush qurib baxtli bo’lish imkoni bo’la turib bu ishni qilmaydi. Shu o’rinda ustoz shoirimiz Abdulla Oripovning “Ayol”she’ri diqqatimizni tortdi:”…ayol shunday bir zotki, uning qalbiga ikkinchi sevgi sig’maydi, boshqa birovga ko’ngil bermaydi, bera olmaydi…”. Biz obyekt qilib olgan hikoyada ta’riflangan ayol ham xuddi shunday xususiyatlarga ega. Misol uchun, u o’z ota uyiga bormasdan kelinlik uyida qoladi, kelinlik va onalik burchini ado etadi. Yana bir tomondan:”Bolaning ovozini eshitib, chorbog’ tarafdan, bag’riga qo’g’irchoqni bosib olgan qizchani yetaklab chiqib kelgan juvon, meni ko’rib ro’molining uchin tishlab ovozsiz bosh irg’ab salomlashgan bo’ldi”.
Mo’mina juvonlarga xos bo’lgan sharm hayoli, og’ir bosiqligi, undagi kelinlarga xos bo’lgan tavoze ijobiy belgilardir. Ushbu jumlada o’zbek ayollarining kishiga nisbatan katta hurmat, uning oldida ibo hayo saqlash, ayol kishi jamiyatda doimo kishidan bir pog’ona orqada turishi, uni ulug’lashi yozuvchi tomonidan mohirona ifodalab berilgan. Bu holatni yana bir ustoz ijodkor asarida ham uchratishimiz mumkin. Shukur Xolmirzayevning “O’zbeklar” yoki “O’zbeklar xarakteri” hikoyasida ham Botir cho’ponning ayoli shunday tasvirlanadi:
“
Do'stlaringiz bilan baham: |