Arterial bosimni tovushli aniqlash usuli arteriya manjetka bilan qisilganda tovushli fenomenlarni qayd qilishga asoslangan. Arterial bosim ma’lum soatlarda, yaxshisi ertalab, tushki ovqatgacha, muayyan tana vaziyatida, imkon boricha bir xil havo haroratida o’lchanadi. Muolaja. Arterial bosimni o’lchash Muolaja. Arterial bosimni o’lchash Maqsad: Yurak-tomir tizimining funksional xususiyatlarini aniqlash. Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring, avval ham shunga o’xshash muolajalar o’tkazilganmi, natijalari qanday bo’lganini aniqlang, bemorga o’zini qanday tutish kerakligini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |