Muolaja. Arterial pulsni tekshirish Maksad: yurak ishlashi, arteriya tomirlari urishini aniqlash. Tayyorlash: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring, puls aniqlanadigan joyni toping. Jihozlar: soat (sekundomer), qog’oz, qalam. Bemorning holati: qulay holatda yotib yoki o’tirib. Bajarilishi: Bilak arteriyasida pulsni aniqlash. 1. Bemorning bo’sh qo’yilgan qo’lining bilak arteriyasi sohasiga (yelkaning tashqi tomoni, bilak bo’g’imi chegarasi, bemorning I barmog’iga mos kelgan cheti) o’zingizning II, III, IV barmoqlaringizni qo’ying; barmoq ostida yumshoq pulsatsiyani sezasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |