4. Shifokorni chaqirtiring. 5. Yurak sohasiga xantal, oyoq va qo’llariga grelka qo’ying. 6. Xuruj davom etsa va nitroglitserin qayta qabul qilinganda samarasi bo’lmasa, 5—10 daqiqadan so’ng shifokorning shoshilinch yordami va zudlik bilan kasalxonaga yotqizish zarur, aks xolda qon aylanishi qattiq buzilishi natijasida yurak muskuli o’zgarishi mumkin (miokard infarkda). 7. Bemorga qat’iy yotish rejimini ta’minlang. 8. Nafas olish, puls chastotasi va arterial bosim chastotasining nazorat qilinishini ta’minlang, tana haroratini albattda o’lchang (og’riq xurujidan keyin harorat ko’tarilishi yurak muskulida infarkt rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin); imkoniyat bo’lgan holda bemorga kislorod bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |