TALAB VA TAKLIF MUVOZANATI,VAQT OMILI Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni tahlil qilishga alohida e'tibor qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi: «Sotilishi ko`zda tutilgan tovar miqdori qancha kot balsa, unga qo'yiladigan baho shuncha past bo'lishi kerak, negaki u o`z xaridorlarini topa olsin... Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar miqdori kotayadi, baho oshganda esa — kamayadi. Bunda bahoning pasayishi bilan talabning oshishi o`rtasida qat'iy o'matilgan bir xil nisbat bo'lmaydi».O'z mohiyatiga ko`ra A.Marshall me'yorli foydalilikiar tengligi qonuniga asoslangan holda foydalilik funksiyasidan talab egri chizig'ini keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi kotrinishda aks ettiriladi: bunda MUx- x tovarning me'yorli foydaliligi, Px — o'sha tovarning bahosi, MUe — pulning me'yorli foydaliligi. Bu qonunni uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste'molchi o`z ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u -1) xarid qilingan barcha tovarlarning me'yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2) iste'mol qilinadigan har bir juft tovarning me'yorli foydaliliklari nisbatini va baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor narxida sotib olingan har bir tovarni pul qiymatining me'yoriy foydaliligini tenglashtirsa
MUx/Px=MUy/Py=...MUe;
MARSHALL “KRESTI” MARSHALL “KRESTI”
Agar baho muvozanat bahodan yuqori bo’lsa, sotuvchilar ko’p miqdorda tovar sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar sotib olmaydilar va natijada baho pasayadi. Agar baho muvozanat bahodan past bo’lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo’q va natijada baho pasayadi. Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo’lganda tugallanadi.
Demak, D talab egri chizig`i teskari nishablikka ega, negaki baho oshib borishi bilan, odatda, tovarga bolgan talab, kamayadi. Lekin qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun baho bo`yicha talab elastikligi tushunchasini kiritadi. Baho bo`yicha talab elastikasi (TE) baho muayyan darajada pasayganda, talab qanday miqdorda oshishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 boladi, agar baho 1 % ga pasayganda sotish 1 % ga oshsa; TE=2,5 boladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 oshirsa va hokazo. Agar talab egri chizig`ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo`lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o`zgirishi mazkur tovarni sotishga ta'sir ko`rsatmaydi. Agar shu uchastkada TE<1 bo`lsa, unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishidan qo'rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 unda bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko`paytirishi mumkin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo`lganda foyda bahoning o'sishi hisobiga ko`payishi mumkin, talab elastikligi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin. Talabning elastikligi iste'moldagi tovarlaming bir-birlarining o`rnini osongina bosa olishiga bog’liq Shuning uchun ommaviy iste'mol tovarlariga bo'lgan talab kam elastik bo`ladi. - Demak, D talab egri chizig`i teskari nishablikka ega, negaki baho oshib borishi bilan, odatda, tovarga bolgan talab, kamayadi. Lekin qanday darajada kamayadi? A.Marshall bu savolga javob berish uchun baho bo`yicha talab elastikligi tushunchasini kiritadi. Baho bo`yicha talab elastikasi (TE) baho muayyan darajada pasayganda, talab qanday miqdorda oshishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 boladi, agar baho 1 % ga pasayganda sotish 1 % ga oshsa; TE=2,5 boladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 oshirsa va hokazo. Agar talab egri chizig`ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo`lsa, unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o`zgirishi mazkur tovarni sotishga ta'sir ko`rsatmaydi. Agar shu uchastkada TE<1 bo`lsa, unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishidan qo'rqmasdan bahoni pasaytirish mumkin, agar TE>1 unda bahoning bir oz pasayishi sotish miqdorini ancha ko`paytirishi mumkin. Boshqacha aytganda, talab noelastik bo`lganda foyda bahoning o'sishi hisobiga ko`payishi mumkin, talab elastikligi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin. Talabning elastikligi iste'moldagi tovarlaming bir-birlarining o`rnini osongina bosa olishiga bog’liq Shuning uchun ommaviy iste'mol tovarlariga bo'lgan talab kam elastik bo`ladi.
- Bir zumli muvozanatda taklif o`zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab qondirilishi mumkin emas (band boglmagan quvvatlardan foydalanish yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak bo`ladi). Bu vaqtjchida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiorayotgan tadbirkor bahoni oshirish hisobiga qo'shimcha daromad olishi mumkin. Masatan, tirik baliq bozorida baliqqa bo'lgan talab oshdi, deylik. Baho ko`tarildi, lekin o'sha kuni sotuvchilar taklifni ko’paytira olmaydilar (yangisini olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig`i to`g`ri chiziq (S) ko`rinishida bo`ladi. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek) o`tganimizdek, baho oshadi.
1>1>
Do'stlaringiz bilan baham: |