50
hisoblanadi.
Oqim o‘zida bir qancha vaqt (interval) oralig‘ida va aniq davr
uchun absolyut birlik bo‘lib, o‘lchanuvchi jarayon sifatida bir butun
deb qabul qilinuvchi obyektlar jamligini aks ettiradi.
Oqim ko‘rsatkichlari bu yuz berayotgan jarayonlarni
tavsiflovchi
ko‘rsatkichlardir.
Oqimni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar uning boshlang‘ich va
oxirgi punktlari, harakat trayektoriyasi, yo‘l uzunligi, harakat vaqti va
tezligi, oraliq punktlar, jadallik hisoblanadi.
Oqimlar quyidagi ko‘rsatkichlar boyicha tavsiflanadi:
Ko‘rilayotgan tizimga aloqasi bo‘yicha;
-
ichki oqimlar – tizim ichida aylanuvchi;
-
tashqi oqimlar – tizim tashqarisida aylanuvchi.
Uzluksizlik darajasiga ko‘ra:
-
uzluksiz oqimlar – vaqtning har onida
oqim trayektoriyasi
bo‘yicha obyektlarning ma’lum soni joylashadi;
-
diskret oqimlar – har xil vaqt oralig‘ida joylashuvchi
obyektlardan tashkil topadi.
Muntazamlilik darajasi bo‘yicha:
-
determinallashgan oqimlar – vaqtning har bir daqiqasida
ko‘rsatkichlarning aniqligi bilan tavsiflanadi;
-
stoxastik oqimlar – vaqtning har bir daqiqasida ma’lum
ehtimollik darajasi bilan aniqlangan ko‘rsatkichlarning tasodifiy
tavsiflari.
Barqarorlik darajasi bo‘yicha:
-
barqaror oqimlar – ma’lum vaqt oralig‘idagi
ahamiyatli
ko‘rsatkichlarning doimiyligi bilan xarakterlanadi;
-
barqaror bo‘lmagan oqimlar – oqimlar ko‘rsatkichlarining
o‘zgarishi bilan tavsiflanadi.
O‘zgaruvchanlik darajasi bo‘yicha:
-
statsionar oqimlar – o‘rnatilgan jarayon uchun xarakterli
bo‘lib, ularning jadalligi doimiy hisoblanadi;
-
nostatsionar oqimlar – o‘rnatilmagan jarayon uchun
xarakterli, ularning jadalligi ma’lum davr oralig‘ida o‘zgarib turadi.
51
Oqim elementlarining joylashish xarakteri bo‘yicha:
-
teng o‘lchamli oqimlar – obyektlarning joylashish tezligining
doimiyligi bilan xarakterlanadi shunindek, obektlarning boshlang‘ich
va oxirgi
harakat intervallari ham teng;
-
notekis o‘lchamli oqimlar – joylashish tezligi o‘zgarishi bilan
xarakterlanadi, bunda tezlashish, sekinlashish, yo‘lda turib qolish,
jo‘natish va yetib kelish oralig‘ida o‘zgarishlar bo‘ladi.
Davriylik darajasi bo‘yicha: davriy oqimlar – ko‘rsatkichlarning
doimiyligi yoki ma’lum davrdan keyin xarakterlar doimiyligining
o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.
Tashish darajasining chastotasiga nisbatan:
-
ritmli;
-
ritmsiz.
Murakkablik darajasi bo‘yicha:
-
oddiy oqimlar – boshqaruv
tizimi tomonidan boshqaruv
ta’siriga adekvat javob beradi;
-
boshqarib bo‘lmaydigan oqimlar – boshqaruv ta’siriga javob
bermaydigan material oqimi tushunchasi logistikada birlamchi
hisoblanadi.
Moddiy oqimlar transportirovkalash, omborlashtirish va boshqa
xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar bilan birinchi
manbaadan iste’molchigacha bo‘ladigan operatsiyalar orqali
yuzaga
keladi. Moddiy oqimlari har xil korxonalar orasidan yoki korxona
ichidan ham o‘tishi mumkin.
Moddiy oqimlar harakatida korxona nazoratini tashkil etish
jarayoni bir butun o‘lchov sifatida qaraladi, ayniqsa, moddiy
oqimlarning korxona ichidagi harakati, ularni rejalashtirish va
zaxiralarning boshqaruvi haqida fikr yuritish mumkin. Shuni qayd
etmoq kerakki, aksariyat tadqiqotlarda
korxona yoki ombor mustaqil
o‘lchov sifatida qaraladi va moddiy oqimning kirimi va chiqimi bilan
bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga asosiy e‘tibor qaratiladi Biroq
masalaga bunday yondoshilganda ixtiyoriy operatsiyani (yuklash,
yo‘ldagi vaqt) asosiy oqimlar uchun zarur vaqt va opersiyalarni
boshlash uchun kerakli vaqt yetakchi boshqaruv omillaridan
52
hisoblanadi.
Iste‘molchi mahsulotni mintaqaviy ombor orqali
yoki bevosita
ishlab chiqaruvchining o‘zidan olishi mumkin. Aniqki, buyurtmalarni
bajarish muddati turlichadir. Ombordan mavjud mahsulotlarni
saqlash uchungina emas, balki mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib
berish uchun ham foydalaniladi. Buyurtmalarning o‘z vaqtida
bajarilishi
transport vositalari, buyurtmalarni tayyorlash texnikalariga
ham bog‘liq
Do'stlaringiz bilan baham: