65-19guruh talabalari: Muqimjonova.N Axmatjonova.G Zufarova.M - Xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 1966-yil 22-avgustda kuchga kirgan. OTB tarkibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha Osiyo—Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61 mamlakat aʼzo. Bank faoliyatining asosiy maq-sadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga koʻmaklashishi, moli-yaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish.
- Bank xususiy sektorni ri-vojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 yilda 9,2 mlrd. Dollar odatdagi kredit va 4,2 mlrd. Dollar maxsus fond krediti berilgan. OTBning nizom jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng . Bankning har qanday qarorini hamkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ularning har biri nizom jamgʻarmasining 15,9% miqdorida ulushga ega.
- Shuningdek, bank huzurida 2 maxsus fond faoliyat koʻrsatadi — Osiyo taraqqiyot fondi va Texnika yordami maxsus fondi. Bankka rivojlangan davlatlarning taʼsiri katta: mablagʻlarning 50% ularga tegishli. Shtab kvartirasi Manila (Filippin)da. Oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Yaponiya vakili hamisha bank prezidenti boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Respublikaning ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Hozirgi paytda Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13 ta loyixa amalga oshirilmoqda
- OTB birinchi navbatda Osiyodagi oʻrta daromadli mamlakatlarga tijorat shartlarida “qattiq” kreditlar va mintaqadagi kambagʻal mamlakatlarga pastroq foizli “yumshoq” kreditlar taklif qiladi. Yangi siyosatga asoslanib, har ikki turdagi kreditlar 2017 yilning yanvar oyidan boshlab bankning umumiy operatsion fondi vazifasini bajaradigan oddiy kapital resurslaridan olinadi. OTBning Xususiy sektor departamenti (ʼtijorat kreditlaridan tashqari kengroq moliyalashtirishni taklif qilishi mumkin va taklif qiladi. Ular, shuningdek, kafolatlar, o’z kapitali va mezzanin moliyasini (qarz va kapitalning kombinatsiyasi) taqdim etish imkoniyatiga ega
2017-yilda OTB 19,1 milliard dollar qarz berdi, shundan 3,2 milliard dollari o‘zining “suveren bo‘lmagan” operatsiyalari doirasida xususiy korxonalarga yo‘naltirildi. OTBning 2017-yildagi faoliyati grantlar va birgalikda moliyalashtirishni hisobga olgan holda jami 28,9 milliard dollarni tashkil etdi. - OTB o’z mablag’larini jahon kapital bozorlarida obligatsiyalar chiqarish orqali oladi. Shuningdek, u aʼzo mamlakatlarning badallariga, kredit operatsiyalaridan olingan taqsimlanmagan daromadlarga va kreditlarning qaytarilishiga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |