Osiyo mamlakatlarida ta'lim-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlariIqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo’shma Shtatlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Jahonning ko’zga ko’ringan ruhshunoslari va iqtisodchilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta’lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e’tibor samarasi, deya qayd etadilar. Bu bejiz emas. Kun chiqish mamlakati deb yuritiladigan bu o’lkada ta’lim tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishiga hukumat, xususiy kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar qanchalik omilkorlik bilan yondashayotganliklarini hisobga olsak, jahon ilmiy tadqiqotchilarining yuqoridagi xulosalari asosli ekanligining guvohi bo’lamiz. apon ta’limining mumtoz shakllanishi 1867 — 1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu hukmdorning o’z oldiga qo’ygan ikki qat’iy shiori bo’lib, biri «Fukoku- kioxsi” — boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa «Siokusan kogio” — ilg’or G’arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi bu ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta’lim tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb hisoblardi. 1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan e’tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi.Birinchi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinard Yaponiya’ning Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvi hozirgi paytda qat’iy markazlashdi, ilg’or xalqaro standartlar darajasidagi yapon ta’lim tizimlari qaror topdi.
O’zbekiston- Yaponiya ta’lim tizimini qiyosiy tahlil qilish
O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya ta’lim tizimining qiyosiy tahlili quyidagicha: 1.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi: -maktabgacha ta’lim; -umumiy o‘rta ta’lim; -o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi; -oliy ta’lim; -oliy ta’limdan keyingi ta’lim; -malaka oshirish va kadrlami qayta tayyorlash; -maktabdan tashqari ta’lim.2. Yaponiya ta’lim tizimi esa quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: -maktabgacha ta’lim; -boshlang'ich ta’lim; -kichik o ita maktab; -katta o‘rta maktab; -kasb-hunar ta’limi; -oliy ta’lim; -magistratura; -doktorantura. 3. Yaponiyada boshlang‘ich ta’lim 6 yil davom etadi, majburiy, bepul. 4 .0 ‘zbekistonda ham boshlang‘ich ta’lim majburiy va bepul, 4 yil davom etadi. 5. Yaponiya ta’lim tizimida majburiy malaka oshirish tizimi majud. - O‘zbekistonda ham har 3-5 yilda sohalar bo‘yicha malaka oshiriladi. 6. Yaponiyada o‘z tashabbusi bilan malaka oshirgan o‘qituvchiga qo‘shimcha zaq toianadi. 7. O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim majburiy, bepul. Yaponiyada esa 9 yillik ta’lim majburiy, bepul; S. Yaponiyada “Dzyuku” mahorat bosqichida o‘quvchi va talabalar qo‘shimcha tahsil oladilar. 9. O‘zbekistonda asosan oliy o‘quv yurtiga kirish uchun o‘quv markazlarida tashkil etilgan kurslarga va repetitorlarga qatnaydilar. 10. 2011 yildan boshlab Yaponiyada ingliz tili boshlang'ich ta’limda majburiy fan bo‘lib kiritildi. 11. 2013 yildan boshlab O‘zbekistonda ingliz tili boshlang'ich ta’limda majburiy fan bo‘lib kiritildi. 12. Yaponiyada katta o‘rta maktabning kunduzgi, kechki va sirtqi o‘qish turlari bor. 13. 0 ‘zbekistonda barcha ta’lim turlarida faqat kunduzgi o‘qish turi bor. 14. Har ikkala mamlakatda bakalavr darajasini olish uchun 4 yil oliygohda tahsil olishadi. (tibbiyot sohasi bundan mustasno.) 15. O‘zbekistonda oliy o‘quv yurti talabalarining barchasi stipendiya oladi. 16. Yaponiya oliy ta’lmvida stipendiya deyarli yo‘q. 2011 yilgi ma’lumotlarga qaraganda 2.880.000 yapon OTM talabalaridan atigi lOOga yaqini yapon hukumati stipendiyasini olishdi. Stipendiyani eng iste’dodli va eng kam ta’minlangan o‘quvchiga qaytarish sharti bilan berishadi, bu stipendiya ta’lim harajatlarini to‘liq qoplamaydi. 17. Yaponiyada xususiy ta’lim muassasalari juda ko‘p, O‘zbekistonda esa deyarli juda kam. 18. O‘zbekistonda o‘qish 2 sentabrdan boshlanadi, Yaponiyada esa 1 apreldan boshlanadi. 19. O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’limida o qish 4 chorak davom etadi, Yaponiyada esa 3 trimestrdan iborat. 20. Yaponiyada boshlang'ich ta’lim (syogakko) 6 yoshdan 12 yoshgacha davom etadi, O‘zbekistonda 7 yoshdan 11 yoshgacha.