O‘SIMLIKLARNING O‘SISHIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINING TA’SIRI. O‘simliklarning o‘sishiga tashqi sharoitning juda ko‘p omillari ta’sir etadi. CHunki o‘simliklarning yaxshi o‘sishi uchun yetarli darajada xharorat, yorug‘lik, namlik, gazlar tarkibi, mineral oziqlanish va boshkalar talab etiladi.
HARORAT. O‘simliklarning o‘sishiga eng faol ta’sir etadiganlardan biri haroratdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning o‘sish tezligi harorat 00 dan 350 gacha o‘zgarganda Vant-Goff qonuniga bo‘ysunadi. Lekin harorat 35-400Sdan oshgandan keyin o‘sish tezligi ham pasayadi. Umuman, o‘sishga nisbatan ham haroratning uchta kardinal nuqtasi bor: minimal (eng past), optimal (maqbul), maksimal (eng yuqori). Bu nuqtalar darajasi o‘simliklarning turlariga bog‘liq,.Quyidagi jadvalda ayrim o‘simliklar urug‘larining unib chiqishi uchun harorat darajalari keltirilgan (00S):
O‘simliklarning nomi
Minimal
Optimal
Maksimal
Arpa. suli. bug‘doy
Kungabokar
Makkajo‘xori
Oshqovoq
qovun.
Bodring
G‘o‘za
0-5
5-10
5-10
10-15
15-18
10 - 12
25-
31 -
37-
37-
31 -
25-
31
37
44
44
37
35
31 -
37 -
44 -
44 -
45 -
40 -
37
44
50
50
50
46
O‘simliklar haroratga bo‘lgan munosabatlari asosida bir necha guruhga bo‘linadi: 1) issiqsevar o‘simliklar — minimal harorat darajasi 100S dan yuqori, maqbul 30-400S atrofida; 2) sovuqqa chidamli o‘simliklar — minimal harorat O0 dan to 50S va maqbul 25-310S. Lekin aytish lozimki, o‘sishni eng faol ta’minlaydigan fiziologik maqbul harorat hamma vaqt ham samarador bo‘lmaydi. CHunki o‘sishning eng tez borishi doim ham sog‘lom va baquvvat o‘simlik olish degan gap emas. Aksincha, ko‘p organik moddalar sarf qilinishi natijasida o‘simliklar kuchsiz bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun ham o‘sishni ta’minlovchi sof fiziologik optimum o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini eng baquvvat o‘simlik olinishini ta’minlovchi garmonik optimumdan farq qiladi. Bu xharorat darajasi fiziologik jarayonlarning bir tekisda faollanishi uchun sharoit yaratadi.
YORUG‘LIK. O‘simliklar yorug‘likda ham, qorong‘ida ham o‘sadi. Lekin qorongida o‘sgan o‘simliklar o‘zlarining me’yoriy shakllarini ancha o‘zgartiradilar. YAshil rang yo‘qoladi. Bular etiollangan o‘simliklar deyiladi. Etiollangan o‘simliklar me’yoriy o‘simliklardan asosan, poyalarining xaddan tashqari cho‘zilishi va barg plastinkalarining esa aksincha, rivojlanmay qolishi bilan farq qiladi. Etiollangan o‘simliklarning bo‘g‘in oraliqlari uzun bo‘ladi. Mexanik to‘qimalari yaxshi rivojlanmaydi, hujayralararo bo‘shliqlar katta bo‘ladi, barglar rivojlanmay qoladi. YOrug‘likda o‘sgan o‘simliklar qorong‘ida o‘sgan o‘simliklarga nisbatan past bo‘yli ham ixcham tuzilishga ega. Hamma fiziologik jarayonlari bir me’yorda sodir bo‘ladi. YOrug‘lik ta’sirida hujayralarning cho‘zilish fazasi tezlashadi va qiska muddat ichida hujayralarning differensiyalanish fazasi boshlanadi. Organik moddalarning sintez jarayoni faollashadi, natijada yangi hujayralar, to‘qimalar va organlarning hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Bunday o‘simliklarda generativ organlarning hosil bo‘lishi tezlashadi.
GAZLARNING MIQDORI. Xavo tarkibi, ayniqsa, kislorod va karbonat angidridning miqdori ham o‘sishga ta’sir etadi. Ammo havo tarkibidagi kislorod ikki martagacha kamaytirilsa ham o‘simliklarning o‘sishiga ta’sir etmaydi. Tuproq tarkibidagi kislorodning kamayib ketishi esa ildizlarning o‘sishiga ta’sir etishi mumkin.Bu albatta, o‘simlik turlariga ham bog‘liq. Tuproqda ildizlarning faol o‘sishi uchun pomidorga — 16, suliga — 8, soyaga — 6 va sholiga — Z kislorod kerakligi aniqlangan. O‘sish tezligiga sezilarli darajada karbonat angidrid miqdori ham ta’sir etadi. Xavo tarkibidagi CO2 ko‘payganda hujayra po‘stining cho‘ziluvchanligi ortadi va qisqa muddatga to‘qimalarning o‘sishi tezlashadi. Bu hujayra po‘stida rNning pasayishi bilan bog‘liq deb tushuntiriladi. Ekinzorlarda tup soni juda qalin bo‘lganda o‘simliklarning o‘sib ketishi ham shunga bog‘liq degan tushunchalar bor.
SUV MIQDORI. Tuproq va havo tarkibidagi nam miqdori o‘simlikka ham ta’sir etadi. Hujayraning, ayniqsa, sitoplazmaning me’yoriy tuzilmasi va faoliyati, demak, o‘sish ham suv bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Buni urug‘ misolida ko‘rish mumkin. Tarkibida 10-12 %suvi bo‘lgan urug‘lar ko‘p yillar davomida unmasdan saqlanish qobiliyatiga ega. Urug‘lar ekish oldidan namlanganda, o‘z og‘irligining 50 % gacha suvni shimib oladi va faol o‘sish boshlanadi.O‘simliklarning ildiz tizimi ham namlik sharoitida yaxshi o‘sadi. YA’ni tuproq eritmasining osmotik bosimi 1-1,5 MPa.dan yukori bo‘lmaganda ildizlar suv bilan yaxshi ta’minlanadi.
MINERAL OZIQLANISH. O‘simliklarning mineral oziqlanishi ham o‘sish jarayonida katta ahamiyatga ega. Zarur elementlarning birontasini chikarib tashlash, avvalo o‘sishning to‘xtashiga, keyinchalik esa nobud bo‘lishiga olib keladi. Ammo mineral elementlarning ko‘p bo‘lishi o‘sish samaradorligini ancha pasaytirishi mumkin. Ayniqsa, azot miqdori ko‘p bo‘lishi o‘simlikning yer ustki qismlarining o‘sishini juda tezlashtirib yuboradi, bu esa vegetatsiya davrining cho‘zilishiga va urug‘lar pishishining kechikishiga olib keladi. Azotning yuqori konsentratsiyasi hujayralarning differensiatsiya fazasini kechiktiradi va natijada gullarning hosil bo‘lishi xam ancha kech boshlanadi. Shuning uchun ham o‘g‘itlardan foydalanish jarayonida vegetativ a’zolarning bir yoqlama o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
O‘SIMLIKLARNING TINIM HOLATLARI. Yuksak o‘simliklarning o‘sish jarayoni ma’lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol o‘sish, sekin o‘sish va tinim davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday ritmik davriylik yil fasllarining almashinib turishi bilan bog‘liq. Faqat doim nam va havo harorati kam o‘zgaradigan tropik yyerlarda o‘simliklar butun yil davomida to‘tovsiz o‘sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o‘zgaradigan barcha yyerlarda o‘simliklar kuzdan boshlab, asosan qishda o‘sishdan to‘taydi, barglarni to‘kadi, xatto yosh novdalaridan ham ajraladi, ya’ni tinim xolatiga o‘tadi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to‘la to‘xtamaydi, balki faol modda almashinish jarayoni juda sekinlashadi. Tinim holatiga o‘tgan daraxtlar, butalar, ko‘p yillik o‘tlar, tuganaklar, ildizpoyalar, urug‘lar va umuman tirik hujayrlarga ega bo‘lgan o‘simlik organlari va bugun o‘simlikda nafas olish to‘xtamaydi. Faqat nafas olnsh jadalligi juda past bo‘ladi. O‘simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o‘rganilgan: majburiy tinimlik; fiziologik tinimlik. Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit omillaridir. Ya’ni o‘sish uchun zarur sharoitning yo‘qligi sababli o‘simlik tinimlik holatiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Majburiy tinimlik davriyligi ayniqsa, daraxtlar, mevali daraxtlarda va ko‘p yillik o‘simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu o‘simliklarda tashqi o‘zgarishlardan tashqari, ichki zaxira moddalarning kimyoviy o‘zgarishlari ham yuz beradi. Kuzda va qish boshlarida daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to‘plangan kraxmal zaxiralari asta-sekin shakarlarga aylanadi. To‘qimalarda suvning miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning sovuqqa chidamliligi oshadi. Baxorga kelib, buning aksicha o‘zgarishlar bo‘ladi va faol o‘sish boshlanadi. Ko‘pchilik o‘simliklar tinimlik holatini maxsus organlari — ildiz tuganaklar, piyozboshlar, ildiz poyalar holatida o‘tkazadilar. Yozning jazirama issiqlikarin ham shu holatda o‘tkazishlari mumkin. Urug‘lar ham suvning miqdori kam bo‘lganda o‘zgarishning tinchlik holatini saqlaydi. Agar ular yetarli suv bilan ta’minlansa, faol o‘sish boshlanadi.
Fiziologik tinimlik o‘simlikning ichki sabablari asosida sodir bo‘ladi. Masalan, ichki murtak va tashqi qobiqning xususiyatlari tufayli unmasligi mumkin. Bunga murtakning fiziologik va morfologik to‘la etilmagani yoki boshqalar sabab bo‘lishi mumkin.
O‘SIMLIKLARNING YOSHIGA NISBATAN O‘ZGARISHLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |