O`simliklarni himoya qilishning zamonaviy usullari atrof muhit muhofazasi



Download 100,5 Kb.
bet1/7
Sana03.01.2022
Hajmi100,5 Kb.
#316002
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`simliklarni himoya qilishning zamonaviy usullari atrof muhit muhofazasi


O`simliklarni himoya qilishning zamonaviy usullari atrof muhit muhofazasi

R e j a:


1. Oʻsimliklarni himoya qilish

2. O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari fanining qisqacha tarixi, hozirgi zamon ahvoli, o‘qitish maqsadi va vazifalari.

3. O‘simliklarni himoya qilish usullari,kimyoviy usulning tutgan o‘rni.

4. Pestitsidlarga qo‘yilgan talablar.

oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish — 1) qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; oʻsimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; 2) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat (qarang Karantin). Oʻsimliklarni himoya qilishq. qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi. Oʻsimliklarning zararkunanda va kasalliklari, begona oʻtlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar yetkazadi. Shu sababli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda, ularni saqlab qolishda Oʻsimliklarni himoya qilishq. muhim rol oʻynaydi. Zararkunanda va kasalliklarning oʻsimliklarga yetkazadigan zarari qadimdan maʼlum. 18-asr boshlarida oʻsimlik kasalliklarini tasniflashga fransuz botaniki J.Turnefor urinib koʻrdi. 18-asrning 2-yarmida koʻpchilik kasalliklarning yuqumliligi tajribalar asosida isbotlandi (Rossiyada A.T.Bolotov, Fransiyada A.Tillet, Italiyada F.Fontana, Daniyada Ya.Fabritsius va boshqalar). 18-asrning 2-yarmida nemis olimi A. de Bari, rus olimi M.S.Voronin va boshqalar tomonidan fitopatogen zamburugʻlarning yangi turlari, ularning morfologiyasi, rivojlanish xususiyatlari aniqlanadi. 19-asrning 2-yarmida oʻsimlik zararkunandalari hamda kasalliklarining bir qancha mamlakatlar iqtisodiyotiga yetkazgan zarari ularni oʻrganish va ularga qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqishni taqozo etdi.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fitopatogen zamburugʻlar, bakteriyalar, viruslar, nematodalarning minglab turlari kashf qilindi. Asosiy zararkunandalarning turlari biologiyasi va fiziologiyasi oʻrganildi; zararli organizmlarga qarshi kurash choralari takomillashtirildi.

Turkistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha dastlabki ilmiy asoslangan usullar 1898 yilda Chigirtkaga qarshi kurash qoʻmitasining taklifiga koʻra ishlab chiqilgan. 1911 yilda Toshkentda Turkiston entomologiya st-yasi tashkil etildi, gʻoʻza, qand lavlagi zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralari qoʻllanildi.

1925 yilda Turkiston entomologiya st-yasi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish st-yasiga aylantirildi va shu bilan bir vaqtda Shirabudin (Buxoro viloyati) va Xiva qishloq xoʻjaligi tajriba st-yalarida Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻlimlari ochildi. 1929 yilda Bosh paxta komiteti Oʻzbekiston Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yasining bir necha boʻlimlarini birlashtirib, gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish uchun maxsus st-ya barpo etdi; keyinchalik bu st-ya Butunittifoq paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (SoyuzNIXI)ning Oʻsimliklarni himoya qilishq. markaziy st-yasiga aylantirildi. 1957 yilda SoyuzNIXI markaziy st-yasi asosida hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya kilish instituti tashkil qilindi.

Hosilni samarali himoya qilishga zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda koʻpayishi prognozini tuzish, zararkunandalar miqsori hamda kasalliklar oʻchogʻini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida ekin, koʻchatlarni, shuningdek, begona oʻtlarni tekshiruvdan oʻtkazish, turli usul va vositalar qoʻllab oʻsimliklarga ishlov berish kabi choratadbirlar sistemasini rejali ravishda qoʻllab erishiladi. Zararkunanda, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi bir qancha kurash usullari qoʻllanadi. Oʻsimliklarni agrotexnik himoya usuli tashkiliyxoʻjalik va ekinlar parvarishining texnik usullari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash yoʻllari, yaʼni zararkunandalarning koʻpayishi va toʻplanishi, kasalliklarning rivojlanishiga qarshi kurash usullari (ekish muddati va usullari, tuproqqa ishlov berish, oʻgʻit solish normalari, begona oʻtlarga qarshi kurash, almashlab ekish, melioratsiya)ni oʻz ichiga oladi. Mexanik va fizik himoya usullarita zararkunandaning qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari ichiga kirishiga qarshilik qiluvchi usullar (zararkunandani tutib olish, kuydirish, muzlatish, suv bostirish, elektr toki taʼsirida yoʻq qilish va shu kabilar) kiradi. Zararkunandalarni jalb etib, soʻngra nobud qilish uchun yorugʻlik tutqichlari, shuningdek, organik birikmalar — attraktantlardai foydalaniladi. Oʻsimliklarni kimyoviy himoya usuli turli kimyoviy dorilardan foydalanishga asoslangan; salbiy tomonlari koʻpligiga qaramay bu usul hozirda Oʻsimliklarni himoya qilishq.da yetakchi usullardan biridir. Oʻzbekistonda 2005 yilda faqatgina oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi 200 ga yaqin kimyoviy vositalar qoʻllanilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasi kimyoviy va biologik preparatlardan foydalanishga ruxsat beradi va ularni qoʻllash qoidalariga qatʼiy amal qilishni nazorat qiladi. Oʻsimliklarni biologik himoya usulit zararkunandalarga qarshi parazitlar, yirtqich hasharotlar, mikroorganizmlar va antibiotiklardan foydalaniladi.

Oʻsimliklarni genetik himoya usuli ikki organizm: parazit bilan oʻsimlikxoʻjayinning oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Oʻsimlikning kasallik va zararkunandalarga nisbatan immuniteti (chidamligi) muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklarni mikrobiologik himoya usulida kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashish uchun mikroorganizmlardan foydalaniladi. Oʻsimliklarni uygʻunlashgan — integral himoya usulida zararkunanda hasharotlar hamda kanalarga qarshi kurashish uchun kimyoviy va biologik kurash usullari birgalikda olib boriladi. Bunda odam tomonidan buzilgan agrobitsenozdagi turlar nisbatan tiklanadi, bu esa biosferani muhofaza qilishning muhim omillaridan biridir.

Oʻsimliklarni himoya qilishq. nazariyasini yaratishda S.N. Lgimuhamedov, N. G. Zaprometov, V. A. Znamenskiy, K.I.Mirpoʻlatov, M.N. Narziqulov, R.O. Olimjonov, T.D.Straxov, V.N.Shchegolev, V.V.Yaxontov va boshqalar ning ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha amaliy tadbirlarni Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklarni himoya qilish markazi rejalashtiradi, uyushtiradi va bajarilishini nazorat qiladi. U.ning huzuridagi Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yalari, kasallik, zararkunandalarning tarqalishi va koʻpayishidan ogohlantirish punktlari (156 ta) da bevosita Oʻsimliklarni himoya qilishq. tadbirlari bajariladi. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish institutida, oliy oʻquv yurtlari, tajriba st-yalarida shu sohaga oid ilmiy ishlar olib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasida Oʻsimliklarni himoya qilishq. sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariyaepidemiologiya xizmati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqalar davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida" Qonuni (2000 yil 31 avg .) Oʻsimliklarni himoya qilishq.ni taʼminlash, Oʻsimliklarni himoya qilishq. vositalarining inson sogʻligiga, atrof muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.

Respublikamiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni xom ashyoga bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun jamoa, shirkatlar uyushmasi, fermer xo‘jaliklarida o‘simliklarni himoya qilish ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi lozim. Bunga agronomiya yunalishidagi talabalarni o‘simliklarni himoya qilish fanining barcha bo‘lim va qismlarini puxta eg‘allashlari orqali erishish mumkin.

Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishning o‘ziga xos ko‘plab tomonlari mavjud, ammo shularni ichida shular orasida yetishtirilgan hosilni zararkunanda hasharotlar, kasalliklar va begona o‘tlar ta’siridan saqlash muhim muammolardan biridir.

O‘simliklarni himoya qilish respublikamizda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash yulida bajarilishi lozim bo‘lgan tadbirlarning biridir. O‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy moddalardan foydalanish juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lsada, XIX asrga qadar amaliy ahamiyatga ega bo‘lmasdan kelgan, fan va texnikaning taraqqiyot etishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘plab yetishtirilishiga qaratilishi, o‘simliklarni himoyalashda kimyoviy moddalar- pestitsidlardan ko‘plab foydalanish kimyoviy kurashni rivojlantirishni taqozo etdi. Kimyoviy kurash boshqa usullar samarasi kam bo‘lgan hollarda tavsiya qilinib, o‘zining tez ta’sir etishi, yuqori biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi bilan farqlansada ko‘pchilik pestitsidlar o‘simliklar, oziq ovqat mahsulotlari, atrof muhitni nooqilona maqsadsiz qo‘llaganda birmuncha ifloslashi mumkin, chunki ayrim pestitsidlarning zararli ta’siri issiqqonli hayvonlar, o‘simliklarga yetarlicha o‘rganilgan emas. G‘alla ekinlarining qorakuya kasalliklariga mis birikmalari, tokning un shudring kasalligiga oltingugurt, kalorado qo‘ng‘iziga parij ko‘ki, tokning mildyu kasalligiga mis kuporosi va ohak aralashmasi qo‘llanilgan va yaxshi samaraga erishilgan.

Kimyoviy moddalar kimyo sanoatini rivojlanishi va fan yutuqlarining bu sohada erishilgan natijasi sifatida 1924 yilda zaharli moddalar ilmiy tekshirish laboratoriyasi, yigirmanchi yillar oxiriga kelib o‘simliklarni himoya qilish stansiyalari, 1929 yilda o‘simliklarni himoya qilish instituti (VIZR) tashkil etildi, 1931 yilda (NIUIF) o‘g‘itlar va insektoakaritsidlar buyicha ilmiy-tadqiqot instituti va keyinchalik (VNIIXSZR) o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari buyicha izlanishlar olib boruvchi ilmiy-tadqiqot instituti barpo qilindi.

Dunyo tajribasidan (FAO) ma’lumki qishloq xo‘jaligini juda ham tez sur’atlar bilan rivojlantirish dehqonchilikda yuqori texnologiya bilan bir qatorda o‘simliklarni ilmiy asoslangan himoyasiz qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori, sifatli mahsulot olish mumkin emas, zararkunanda hasharotlar, kasalliklar va begona o‘tlar ta’sirida har yili 20-30% yalpi mahsulot nobud bulmokda, ayrim ekinlar bo‘yicha bu ko‘rsatkich yanada yuqori, chunki zararli organizmlar urchishi, rivojlanishi bir tekis kechmaydi ob-havo, tuproq-iqlim sharoitiga agroekologik, antropogen va ayrim paytda kutilmaganda ular depressiya, epizootiya va epifitotiya holatida bo‘lib mudhish hollarni tug‘dirishi mumkin. Masalan 2000 yilda Rossiyada chigirtkalarning ayrim turlari juda ko‘payib ketib katta zarar keltirdi. Tabiiyki o‘simliklarni himoya qilish muammolari hal kilinadi, qishloq xo‘jalik ekinlaridan turg‘un, samarali mahsulot yetishtirish qiyin bo‘ladi.

O‘simliklarni himoya qilish yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanishi, pestitsidlar assortimentida yangi samarali preparatlarni kiritib turish, oldini olish choralari, organizmlar urchishi rivojlanishini oldindan aniqlash, ishlov berish texnikasi va texnologiyasini mukammallashtirib borish lozim.

Hozirgi kunda kimyoviy usul dunyo miqyosida yetakchi usullardan hisoblanadi, buni qo‘yidagi jadval misolida ko‘rish mumkin.

O‘simliklarni himoya qilish fanini o‘qitishdan maqsad- talabalarni o‘simliklarning asosiy zararli organizmlari bilan tanishtirish va ularga qarshi samarali kurash usullarini o‘rgatishdan iborat.

Bu fanning asosiy vazifasi- o‘simliklarga zararkunanda hasharotlar, kasalliklar va begona o‘tlar tomonidan yetkaziladigan zararni kamaytirish yoki unga butunlay barham berishdan iborat.

O‘simliklarni himoya qilish juda murakkab jarayon o‘ziga xos kompleks tadbirlarni o‘z ichiga oladi ya’ni:

1.Agrotexnikaviy

2.Karantin

3.Fizik-mexaniq

4.Biologik

5.Kimyoviy kurash usullari

1.Agrotexnikaviy (agrotexnik) kurash usuli qishloq xo‘jalik ekinlari, omborlarda saqlanayotgan mahsulotlarining zararkunandalariga qarshi kurashda olib boriladigan tadbirlari hisoblanadi.

Agrotexnikaviy tadbirlar o‘simliklarni himoya qilishda kimyoviy, biologik, fizik-mexaniq tadbirlar bir qatorda umumiy tadbirlarning bir qismi bo‘lib hisoblanadi.

Agrotexnikaviy usul bir tomondan zararli organizmlarning xatar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan miqdorda paydo bo‘lishidan himoya qilsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklarni zararli organizmlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatini oshirish, o‘simliklarning himoyalanish reaksiyasini kuchaytirishga qaratilgan. Almashlab ekish- uzluksiz bir turdagi ekin bir dalada ekilganda shu maydonda shu ekinning zararkunanda hasharot va kasalliklari to‘planib qoladi. Ekinlar almashtirilib ekilganda hasharotlar, zamburug‘lar, bakteriyalar, xatto begona o‘tlarning faol yashash sharoiti birmuncha buziladi.

Masalan bedapoyada fitonomus qo‘ng‘izi to‘planadi, karam kuyasi, karam qurti va boshqa ko‘plab hasharotlar ekinlar almashtirilmay ekilganda maydonlarda shu ekinlarga moslanib ko‘plab zarar keltiradi. Almashlab ekilganda ozuqasi o‘zgarishi bilan yashash sharoiti buziladi va miqdori va keltirgan zarari kamayadi.

Yerni ishlash- yerni o‘z vaqtida sifatli qilib ishlash sog‘lom va tez rivojlanadigan o‘simlik o‘stirib yetkazishga imkon yaratadi. Yerni haydash tuproqda yashovchi karadrina, simqurt, kuzgi tunlam va boshqa hasharotlarning miqdorini kamaytiradi, yashash sharoitini buzadi.

Ekish muddatlari - ekish muddatlari meteorologik agrotexnik, tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lsada, zararli organizmlarning urchishi, rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni ham tiklash imkoniya tini yaratadi.

Masalan g‘o‘za bitlari kechikib ekilgan g‘o‘zani ko‘proq zararlaydi, poliz burgasi ko‘p uchraydigan maydonlarga poliz ekinlarini biroz kechroq ekilishi tavsiya etiladi.

G‘allaning zang kasalligini tarqatuvchi zamburug‘ning rivojlanishi erta bahorda qishlab qolgan joylari va erta bahor ob-havosiga bog‘liq bo‘lishini hisobga olib ekinlarni ekish muddatini tanlash zang kasalligi bilan kasallanishini birmuncha oldini oladi.




Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish