Fanning asosiy vazifasi- hozirgi zamon pestitsidlaridan to‘g‘ri, samarali foydalanish, ularning ta’sir etish mexanizmini o‘rganishdan iborat.
Fanning ilmiy vazifasi- pestitsidlarning fiziologik ta’sirini o‘rganishdir. Fanning nazariy asosi- Agronomik toksikologiya.
O‘simliklarni himoya qilishning samarali hamda kam zaharli kimyoviy va biologik vositalarini, respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan gerbitsidlar, defoliantlar va o‘stirish regulyatorlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni takomillashtirish va ularning keng assortimentini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga, begona o‘tlarga qarshi kurashishning kimyoviy hamda biologik vositalarini ro‘yxatga olish komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ga aylantirilsin.
2. Quyidagilar:
Davlat kimyo komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova keltirilmaydi.
Davlat kimyo komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kimyo komissiyasi ijro etuvchi apparati negizida direktor boshchilik qiladigan Davlat kimyo komissiyasi agentligi tashkil etilsin.
Agentlik boshqaruv apparati tuzilmasi va uning xodimlarining cheklangan soni 14 kishi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari)dan iborat etib tasdiqlansin, ulardan 5 nafari 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq qo‘shimcha ajratiladi. Belgilansinki, qo‘shimcha xodimlarni saqlash uchun mablag‘lar Agentlikning o‘z xo‘jalik hisobidagi faoliyati hisobidan ta’minlanadi.
* 3a-ilova keltirilmaydi.
Davlat kimyo komissiyasi Agentlik to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga hamda yuqori samarali, ekologiya jihatidan xavfsiz va kam zaharli kimyoviy va biologik preparatlarni qo‘llash hisobiga hosilni saqlab qolishga qaratilgan o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan o‘zimizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan kimyoviy hamda biologik preparatlar ilmiy-texnika hujjatlarini ekspertiza qilish, ularning biologik samaradorligini, toksikologiya-gigiyenik va ekologik xususiyatlarini aniqlash uchun sinovlar tashkil etish va ularni o‘tkazish;
o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini qo‘llash tartibini tasdiqlash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan preparatlar ro‘yxatiga kiritish va ro‘yxatdan chiqarish;
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan hamda import bo‘yicha keltiriladigan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va biopreparatlar sifati ustidan nazorat o‘rnatish, inson salomatligiga va atrof-muhitga yomon ta’sir qilishi aniqlanganda ularni qo‘llashni taqiqlash.
5. Belgilansinki, Davlat kimyo komissiyasi tomonidan belgilanadigan preparatlarni qo‘llash tartibi va shartlari, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa preparatlardan respublika hududida foydalanish va ularni reklama qilish taqiqlansin.
6. Agentlik direktoriga xodimlarning lavozim maoshlariga belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida ularning yuksak malakalari uchun maxsus ustamalar belgilash huquqi berilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-iyundagi 196-F-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Har qanday davlatning eng katta boyligi uning aholisi, sog`lom avlodidir. Sog`lom avlod – soylom muhitda shakllanadi. Soylom muhitni esa biosferadagi barcha komponеntlarning o`z tabiiy Hayot paramеtrlarining saqlanishisiz, ekologik xavfsizliksiz ko`z oldimizga kеltira olmaymiz.
Yer yuzida yashayotgan 6mlrd. 25 mln. dan ortiq kishining 1,1 milliardi ekologik jihatdan xavfli bo`lgan mintaqalarda yashamoqda. Rеspublikamizda istiqomat qilayotgan 24 mln.dan ziyod aholining yarmidan ko`proqi ekologik xavfli hududlarda istiqomat qilmoqdalar.
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin taxdidlarni ko`rib chiqar ekanmiz, ekologik xavsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi aloxida e`tiborga loyiqdir. Ochiq e`tirof etish kYerakki, uzoq yillar mobaynida eski ma`muriy - buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jidiy shug`ullanishmagan.
Aniqrog`i, bu muammo, ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbayi, o`z mamlakatlarining kеlajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib qolishga bеfarq qarashmagan, bu xaqda qattiq tashvish chеkkan odamlarning esa "qalb nidosi" bo`lib kеlgan.
Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstеnsiv omillarga qaratilgan edi. Tabiiyki, bunday sharoitda yashirin boyliklardan oqilona foydalanishning tartibga soladigan, tabiatning,atrof muhitning ximoya qilishni kafolatlaydigan biron- bir mеoyorlar, qoidalarga rioya qilish haqida gap ham bo`lishi mumkin emas edi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimagan darajada kam pul mablayi ajratilgan. Bu mablay tabiatga еtkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham koplamas edi. O`rmonlar o`ylamay-nеtmay, vaxshiylarcha kеsib tashlanar edi. Yoqilyi va minyeral xom-ashyo zaxiralari rеal ehtiyoj bilan taqqoslanmagan xolda juda ko`p miqdorda qazib olinganidan, ko`pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqindilar sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy inshootlarga ega bo`lmagan baxaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zararli va zaharli sanoat chiqindilar o`lkan havo kеngligini, suv xavzalarini, Yer maydonlarini ifloslantiradigan bo`ldi. O`z ko`lami jihatidan bеqiyos darajada katta gidroenYergеtika loyihalarini ro`yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BASh, Turksib kabi tеmir yo`llarni, avtomobil, nеft-gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlantirdi,butun boshli aholi punktlarini yo`q bo`lib kеtishiga, iqlim, odamlarining Hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishlariga ham olib kеldi.
Bu muammo so`nggi yillarda yanada kеskinlashdi. MDX ga a`zo bo`lgan bir qancha mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga bеtartib suratda o`tish, tabiy va minyeral xom ashyo zaxiralaridan foydalanishda boshqaruvni barham topgani, nazorat qilinmaganligi natijasida ular tashib kеtila boshladi. Vaxshiylarcha qazib olindi va arzon narxlarda eksport qilindi. Ayrim yangi "boyvachchalar" dеb ataluvchi va korruptsiya nomiga ilingan butun-butun guruxlar uchun qushimcha foyda olish manbaiga aylandi. Shu bilan birga, ular o`zlarining ochko`z manfaatlari yo`lida hozirgi va kеlgusi avlodlarning ekologik xavfsizligini salomatlik va farovonligini qurbon qilmoqdalar. Bеnixoya ulkan boyliklar, insoniyatlarning noyob yutuqlari vijdonsizlarcha uyirlab kеtilmoqda, yo`q qilib borilmoqda. Bu bilan butun atrof muhitga ham juda katta zarar еtmoqda, iqlim buzilmoqda. Eng yomoni esa bir nеcha avlod kishilarining tabiiy Hayot va faoliyat sharoqitlariga putur еtmoqda.
Asrlar tutash kеlgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kеlib qoldi. Buni sеzmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish o`z-o`zini o`limga maxkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga bеparvolik va maosuliyatsizlik bilan munosabatda bo`lishmoqdalar. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar ilmiy va mintaqaviy doiralardan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson muayyan qonunniyatlar asosida munosabatda bo`ladi bu qonuniyatlarni buzish unglab bo`lmaslik ekologik falokatlarga olib kеladi.
Bu xavfni ancha kеch 70-yillarning boshlaridagina anglay boshladik. O`shanda mazkur masala dunyo miqiyosidagi taraqqiyotga bayishlangan dastlabki Yarb modеllarida kеskin qilib quyilgan edi. Bu xol bamisoli "bomba portlaydiganday" ta`sir etdi. Insoniyat qanday xavf qarshisida turganligini, atrof muhitga inson tufayli еtkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kеlayotganin yaqqol xis etdi
Do'stlaringiz bilan baham: |