10-rasm. Platigaster–gessen pashshasi paraziti (Kicherov, 1967)
SHved pashshasi entomofaglari. Taroqsimon trixomalus – Trichomalus cristatus (Hymenoptera turkumi, Platygastridae oilasi). Parazitning lichinkasi shved pashshasi lichinkasi ichida qishlaydi va bahorda rivojlanishini yakunlaydi. Urg’ochi tuxum qismi shakllangan holda uchib chiqadi va erkagi tomonidan urug„lantirilgandan keyin, tuxum qo’yishga kirishadi. Urug’lanmagan tuxumlardan faqat erkak hasharotlar rivojlanadi. Voyaga etgan hasharot qo’shimcha oziqlanmasa, 1-3 kun orasida nobud bo’ladi . Bitta lichinka tanasiga parazit 20 donagacha tuxum qo’yishi mumkin, lekin bitta lichinka tanasida parazitning faqat bitta lichinkasi rivojlana oladi. Bir mavsumda parazit 2-3 avlod berib, rivojlanadi. Trixomalusdan tashqari shved pashshalarida roptromeris–
Rhoptromerisheptoma (Hymenoptera turkumi, Eucoliidae oilasi), qo’ng’ir oyoq spalangiya – Spalangiafuscipes (Hymenoptera turkumi, Pteromalidaeoilasi) va boshqa pardasimonqanotlilar parazitlik qiladi.Savollar:
1.Voyaga etgan qandalalarning parazitlari
2.G’alla (poya) arrakashi entomofaglariga nimalar kiradi?
3.Platigaster lichinkalik fazasida qaerda qishlab chiqadi?
4.Zararli xasvaning tuxumlarida qaysi entomofag parazitlik qiladi?
5.Voyaga etgan qandalalarning parazitlari
4-mavzu: Dukkakli ekin zararkunandalarining entomofaglari Kerakli jihozlar:
Rasmli jadval
Hasharotlarning ko’rgazmali namunalari
Tarqatma materiallar
No’xat agrotsenozida yirtqich va parazitlarning 40 dan ortiq turlari aniqlangan bo’lib, ular vaqti-vaqti bilan fitofaglar zararini 30-50% ga kamaytirib turadi. Yirtqich va parazitlar yig’indisi samarali bo„sag„a 1:10 – 1:20 (entomofaglar: fitofaglar) yig’indisiga etgan yillari, entomofaglar xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lib, hosilni saqlab qoladi (Posilaev va b., 1995).
No’xat biti miqdoriy soniga ta’sir ko’rsatuvchi afidofaglar sifatida turli xonqizi qo’ng’izlari turlari (ikkinuqtali Adalia bipunctata; beshnuqtali Coccinella quinquepunctata.; ettinuqtali C.septempunctata; 13-nuqtali Hippodamia tredecimpunctata ; 14-nuqtali propileya Propylaea quatuordecimpunctata); sirfid pashshalari (yarimoysimon sirfid Metasyrphus corollae; tasmasimon Syrphus ribesii.; hoshiyali Episyrphus balteatus; bezakli sferoforiya Sphaerophoria scripta) lichinkalari; oltinko’zlar (ettinuqtali – Chrysopa septempunctata; oddiy – Ch. cornea ) lichinka va imagolarini ko’rsatish mumkin. Tuganak filchalari tuxumlarini Bembidion avlodiga tegishli vizildoq qo’ng’izlar, stafilinid
Staphylinidae qo’ng’izlari, oltinko’zlar, xonqizi qo’ng’izlari qirib yo’qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |