Amara avlodi vizildoqlari. Bu avlod qo’ng’izlar turlari mayda yoki o’rta o’lchamli, tanasi cho’zinchoq, oldingi elkachasi qanotustliklarga jips yopishib turadi, uning eni taxminan qanotustliklari eniga teng. Vizildoq mayda turlaridan tashqari dukkaklilar dalalarida Pterostichus, Carabus, Poecilus, Ophonus avlodlari va boshqa avlodlar vakillari ham uchraydi.
Chopqirlar – Pterostichus avlodi imagolari o’rtacha yoki yirik o’lchamli qo’ng’izlardir. Qanotustliklari odatda egatchali. Oldingi boldirlari kuchli, yuqoriga qarab bir oz kengaygan. Vakillari: mis pterostix – Ppterostichus cupreus, chipor pterostix – P. versicolor va b. Tuganak filchalarni (barcha fazalarida) hamda No’xat biti, tunlamlar qurt va g„umbaklariga qiron soladi.
Karabuslar – Carabus avlodi. Vizildoq qo’ng’izlarning yirik turlari. Oldingi elkachasi keng, chetlari o’tkirlashgan. Qanotustliklari uzun tuxumsimon shaklli. Qanotlari odatda reduksiyalashgan. Hammasidan ko’ra tez-tez uchraydigan turlar: dala vizildog’i – Carabus campestris, qiziloyoq – C. sancellatus, C. granulatus.
Kalosoma – Calosoma avlodi. Qo’ng’izlari yirik (o’lchami 12 mm dan ortiqroq). Qanotustliklari keskin elka burchakli va yon chetlari to’g’ri chiziqli, odatda qanotlari rivojlangan. Oldingi elkacha qanotustliligiga qarab torayib boradi. Vakillari tilla nuqtali gulbadan - C. auropunctatum, cho’l gulbadani - C. denticole.
Beda barg filchasi yoki fitonomusning entomofaglari. Fitonomus lichinkalarida batiplektes parazitlik qiladi. Fitonomus g’umbak oldi va g’umbagida dibraxoides, pimpla va boshqa parazitlar ham qayd qilingan. Hammaxo’r parazit pimpla fitonomus g’umbagini 46% gacha zararlashi kuzatilgan (SHternshis va b., 2004). Fitonomus lichinkalarini yirtqich vizildoq qo’ng’izlarining Poecilus va Ophonus avlodlari hamda Coccinellidae oilasi vakillari ham eb yo’qotadi.
Batiplektes- Bathyplectes (=Conidia) curculionis (Hymenoptera turkumi, Ichneumonidae oilasi). Eng ko’p uchraydigan va fitonomusning eng samarali paraziti. O’zbekistonda bataplektes 58% gacha fitonomus lichinkalarini zararlaydi (Jononova, 1998). Uning lichinkasi pilla ichida qishlab chiqadi. Bahorda batiplektes imagosi fitonomus qo’ng’izlari bilan bir vaqtda paydo bo’ladi . Batiplektes zararkunanda lichinkasini 3-yoshdan boshlab zararlashi mumkin. Batiplektes bilan zararlangan Xo’jayin lichinkasi pilla o’rash xususiyatiga ega. Uning ichida oziqlanishni tugatgan parazit lichinkasi Xo’jayin lichinkasidan chiqib pilla o’raydi.
Dibraxoides – Dibrachoides dynastes (Hymenoptera turkumi, Pteromalidae oilasi). Guruhli ektoparazit. Fitonomus g’umbak oldi fazasini yoqtirib zararlaydi. Mavsum davomida parazit bir necha avlod berib rivojlanadi. Urg’ochi dastlab xo’jayinni falajlab, keyin uning ko’krak ventral tomoniga 3-5 donadan tuxum qo’yadi. Urg’ochining jinsiy mahsuldorligi 100 dona tuxum, umrining davomiyligi 2-4 hafta. Tuxum yopishtirilgan joydan lichinkalar ochib chiqib, o’sha joyda oziqlanadi. Rivojlanishni tugatgan lichinkalar Xo’jayin pillasida g’umbakka aylanadi. G’umbaklardan chiqqan, voyaga etgan parazitlar 3-20 soatdan so’ng ipaklarni kemirib, Xo’jayin pillasini tark etadi. Dastlab erkak parazitlar uchib chiqadi. Urg’ochi parazitlar uchib chiqqandan 2-3 kun o’tgach tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxum qo’yishdan oldin ular Xo’jayin gemolimfasi bilan oziqlanadi.
Savollar
1.Kulrang ovchi – Nabis ferus ni bioekologik xususiyatlarini tushuntiring.
2.Vizildoq qo’ng’izlar qaysi hasharotlarning entomofagi?
Do'stlaringiz bilan baham: |