Oltinko’zlarni ommaviy tusda urchitish usuli ko’pchilik davlatlar kabi bizning mamlakatimizda ham tuzib chiqilgan. U hozircha qo’lda ko’paytiriladi. Lekin amalda yaratilgan mexani-zatsiyalashtirilgan usulni ishlatishga mo’ljallangan biofabrikaning loyihasi hozirdayoq tuzib chiqilgan. Oltinko’z urchitish texnologiyasi quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: lichinkalar uchun ozuqa tayyorlash, tuxumlarni inkubatsiya qilish, lichinka va etuk zotni tarbiyalash, tuxum olish va ularni yig‘ishtirish, biomaterialni saqlash. Substratdan ajratilgan oltinko’z tuxumlarini 25° harorat va 80% nisbiy havo namligida 2-3 kun tutiladi. Bunday sharoitlarda lichinkalar 4-5 kunda ochib chiqadi.