23-rasm. Oltinko’z tuxumi va g„umbagi. Qurt chiqishidan bir kun oldin (yakkalatib o’stirish uchun) tuxumlar katakli sadkalarga joylashtiriladi yoki yarim litrli shisha bankalarda guruhlab o’stiriladi. Oltinko’z qurtlariga kannibalizm (bir-birini eb qo’yish) xosdir. SHuning uchun bu hasharotni ko’paytirishda yakka-yakka qilib maxsus uyali sadkalarda o’stirish yoki ma’lum «qurbonlar» bilan guruhli o’stirish usuli ishlatilishi mumkin. YAkka o’stirish usuli maxsus jihozlarni talab etib, qimmat bo’lgan ligi sababli guruhli o’stirishni ta’riflab o’tamiz.
Oltinko’z qurtlarini guruhli usulda o’stirish uchun muayyan qoidalarga rioya etish talab qilinadi. Ozuqani mo’l-ko’l qilib berish kerak. Laboratoriyadagi sharoit qurtlar uchun hamisha optimal bo’lishi lozim: harorat 20-27°, havo namligi 50-70%. Qurtlarni guruhlab parvarishlash kannibalizmdan to’liq holi qila olmaydi, shuning uchun ularni yarim litrli shisha bankaga 50 tadan oshirmay joylash shart. Har bir bankaga 100-200 tagacha hasharot joylashtirilsa, zichlik oshishi oqibatida qurt chiqishi 18-20% kamayadi. Oltinko’zlarni qurtlik davrida tarqatish ko’zda tutilganida uni guruhlab boqish yaxshi samara beradi.
Biolaboratoriya va biofabrikalarda Oltinko’zni ommaviy tusda urchitish borasidagi muammolardan biri – qurtlarni ozuqa bilan ta‟minlash masalasidir.
O’zbekistonda Oltinko’zni boqish uchun mum kuyasi, hamda don kuyasi tuxumidan (sitotroga) foydalaniladi.
Oltinko’zni mum kuyasida ko’paytirish.Oddiy Oltinko’zni mum kuyasida ko„paytirilganda pushtdorligi yuqori bo’lgan biomahsulot olish mumkin. Buning uchun birinchi navbatda biolaboratoriyada mum kuyasini to’g’ri ko’paytirilishiga ahamiyat berish kerak. Ya‟ni, mum kuyasini ko’paytirishda havo harorati, havoning nisbiy namligi, ozuqaning tarkibi, uni berish muddatlariga amal qilish talab etiladi. Xona harorati 28-30°S va havoning nisbiy namligi 80-85% bo’lishi optimal hisoblanadi. Oddiy Oltinko’zni mum kuyasi va sun’iy ozuqa muhitida ko’paytirish texnologiyasi H.R.Mirzalieva (1986) tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, buning uchun 3 litrli shisha balonlarga 100 grammdan №01 ozuqa solinib, ustiga katta yoshdagi mum kuyasi qurtlaridan 200-220 dona solinadi (mum kuyasi qurtlari ko„paytiriluvchi sadoklardan olinadi). 10-12 kundan keyin 10-15% kapalaklar ucha boshlagach, shisha balonlarga №02 ozuqadan 150 gramm solinadi.
4-jadval
Oltinko’zni ko’paytirishda qo’llaniladigan ozuqalar va ularning tarkibi
Dastlab 2-5 maxsulotlar qand va margarin eriguncha (2527°) aralashtiriladi. Keyin unga un qo’shiladi va bir sutka aralashma quyib qo’yiladi. So’ngra 5 sm kalinlikda patnislarga yoyilib 2 atm. bosimda, 45 daqiqa avtoklavga qo’yiladi.
02
Quritilgan mevalar (meva qoqi)
Qand (shakar)
Suv
35
15
50
Qaynayotgan suvga shakar solinib 20 daqiqa saqlanadi va unga meva qoqi aralashtiriladi (1 daqiqa qo’yilib keyin sovitiladi).
Kapalaklarning uchishi 50% dan oshganida shisha balonlarga 100 donadan oltinko’z tuxumi solinadi. Tuxumdan chiqqan oltinko’z lichinkalari mum kuyasi tuxumlari va kapalaklarning qoldiqlari bilan oziqlanadi. Lichinkalar 7-8 kunda rivojlanib bo’ladi va meva qoqilari orasida g’umbakka aylanadi. Yana 6-8 kundan so’ng, g„umbakdan oltinko’zning etuk zotlari uchib chiqadi. Ulardan tuxum olish uchun mato tasmalari solingan 3 litrli shisha balonlarga 100 tadan terib solinadi. Etuk zotlar asal va tuxum aralashmasi hamda mum kuyasi qurtlarining gemolimfasi bilan oziqlantiriladi.