Rauniker fikricha barcha o‘simliklar 5 ta tipga bo‘linadi.
1. Fanerofitlar - daraxt va butalardan tashkil topib, qishda bargini to‘kadi. Shox - shabbasi tinim davrini kechiradi.
2. Hamefitlar - buta va chala butalarni o‘z ichiga oladi. Кurtaklari qor ostida va
ustida qishlaydi.
3. Gemikreptofitlar - ko‘p yillik o‘t o‘simliklar bo‘lib, kurtaklari yer betida qishlaydi.
(beda, yantoq, qo‘ng‘irbosh, qarabosh) 4. Кriptofitlar - kurtaklari yer ostida qishlovchi ko‘p yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib, ularning ildizi, ildizpoyasi, piyozi, tuganagi yer ostida qishlaydi. (lola, chuchmoma, boychechak, piyoz, ajriq, g‘umay, gulsafsar, salomalaykum, kartoshka, topinambur) 5. Terofitlar - bir yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib, har yili urug‘idan unib chiqadi. (ituzum, shamak, eshaksho‘ra, semiz o‘t, olabuta, qo‘y tikan va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |