O‘simlik kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilariga qarshi kurashda qo‘llaniladigan pestitsidlar


Soxta un shudring va boshqa kasalliklarga qarshi kontakt ta’sir etuvchi fungitsidlar



Download 26,01 Kb.
bet7/9
Sana13.07.2022
Hajmi26,01 Kb.
#793127
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘simlik kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilariga qarshi kurashda qo‘llaniladigan pestitsidlar

Soxta un shudring va boshqa kasalliklarga qarshi kontakt ta’sir etuvchi fungitsidlar.
1. Euparen- keng ko‘lamli fungitsid, ayniqsa kulrang chirish kasalliklari uchun tavsiya etilgan. Un shudring va akaritsidlik xususiyatlariga ega. Mildyu, oidium, kulrang chirishga yuqori samarali. Yer tut (zemyalnika) kul rang chirish, dog‘ kasalliklarga tavsiya etilgan. 50% ho‘llanuvchi kukuni 0.2% quvvatda tokda 0.4% quvvatda (olmada) 2.3 kg/ga 30 kun, olmada 4-8 kg/ga normada tavsiya etilgan. 20 kun 6 martagacha. Ishqorli va konsentrat emulsiyalardan tashqari barcha pestitsidlar bilan qo‘shib qo‘llash mumkin. SD50= 1850 mg/kg.
2. Botron (dixloran) kontakt ta’sir etuvchi botritis, sklerotoniya, moniliya va boshqa kasalliklarga qarshi 75% li ho‘llanuvchi kukuni vegetatsiya davrida 2-3 kg/ga normada 0.2% quvvatda 2 martagacha tavsiya etilgan, oxirgi ishlov 20 kun. LD50 5000 mg/ga
Sistemali fungitsidlar.
Soxta un shudringi va boshqa kasalliklar uchun. Sistemali fungitsidlarning fikomitset zamburug‘larga qarshi yaratilish navbatda fungitsidlar tarixida yangi davr hisoblanadi. Ridomil, alyett, misli fungitsidlardan, boshqa kontakt fungitsidlardan sistemali organizmlar o‘simlikning yer ustki organizmlari ildiz ildiz sistemasi orqali tez so‘rilib akropetal siljiydi(7) va uzoq fungitsidlik xususiyatiga ega bo‘ladi (20-70 kungacha). Bu ishlab berishni muddatlarini cho‘zish (1-2dan 3-5 haftagacha) imkoniyatini yaratdi. O‘simlik organizmiga juda tezlik bilan (1soat ichida) so‘rilishi ob- havo sharoitiga bog‘liqligini ham deyarli yuqotdi. Sistemali fungitsidlarga chidamlilikni yo‘qotish maqsadida kontakt fungitsidlar bilan almashtirib turish va boshqa guruhlari bilan qo‘shib ishlatish lozim.
1. Ridomil- sistemali fungitsid himoyalovchi, davolovchi xususiyatga ega. Soxta un shudring, ildiz chirish (phitium)ga yaxshi samara beradi. Un shudringga ta’sir etmaydi. 0.5-1 soatda organizmga so‘rilib akropital siljiydi. Surunkasiga qo‘llash chidamlilik hosil qiladi. 25% ho‘llashuvchi kukuni- vegetatsiya davrida va tuproqka beriladi. 38.9% ho‘llanuvchi kukuni-(Apron-35) Kungaboqar urug‘ini dorilashga mo‘ljallangan.
1. Purkash uchun kartoshkada 0.2% quvvatda 0.8-1 kg/ga. 3 martagacha; 14-20 kundan oralatib takrorlash oxirgi ishlov 20 kun.
2. Mildyuga qarshi 0.2% quvvatda 1.5- 2 kg/ga 6 martagacha.
3. Piyozda- 1.2 kg/ga;
4. tamakida 1.2 kg/ga; har 8-10kunda takrorlash SD50 669-1438 mg/kg o‘rta ta’sir etuvchi. Asalari, baliq qushlarga ta’sir etmaydi.
2. Alyett (fosetil allyuminiy)- sistemali fungitsid. O‘simlikda yuqori siljish qobiliyatiga ega akropetal va bazipetal siljiydi. Soxta un shudring va fikomitsedlarga qarshi samarali. Lekin kartoshka va pomidorning fitoftora kasalligiga kam samarali, 80% h. k. piyozda 1,2 kg/ga tavsiya etilgan. Oxirgi ishlov 20 kun. Tokda kombinirlashgan aralash fungitsid mikal (50% alyett+25% ftalan) tavsiya etilgan. Alyett SD50 5800 mg/kg; Tabiiy faunalar uchun xavfli emas.
Un shudring kasalliklari uchun sistemasi fungitsidlar.
Asosan Ascomyceteslarga yuqori samaralidir, lekin benomil, BMK, bayleton esa qo‘tir dog‘, zang kasalliklariga ham tavsiya etiladi.
1. Benlat(arilat, fundazol, uzgen) Sistemali va kontakt ta’sir etuvchi xususiyatga ega. Davolovchi, himoyalovchi. Akaritsidlik xususiyati ham bor. Ovitsidligi uchun o‘rgamchakkanani ham kamaytiradi. Faqat Akropetal ya’ni pastdan yuqoriga siljiydi. Fitoseyulyusga kam ta’sir etadi. Vertitsillium, fuzarium, rizoktoniya, botritis kabilarga ham ta’siri katta. Bakteriyalarga ta’sir etmaydi.
1. Olmaning qo‘tir
2. Bodringning un shudring
3. Qo‘ng‘ir, zang un shudring bug‘doyda
4. G‘o‘zada vilt
5. Oidium tokda
6. Tomatda qo‘ng‘ir dog‘lanish
50% li ho‘llanuvchi kukuni vegetatsiya davrida, urug‘larni dorilashda, tuproqka berish bilan qo‘llash. 0.1% quvvatda 1-2 kg/ga. Viltga qarshi 75-150 kg/ga. SD50 9500 mg/kg.
2. BMK (bovestin, derozal, olgin, funaben) 50% h.k. Kontakt va sistemali ta’sir etuvchi benomilga o‘xshash (ta’sir etishi). 0,2% quvvatda:
1. Olma, qo‘tir un shudring
2. Bodring un shudring
3. Tok kompleks kasalliklariga
SD50=6400mg/kg.
3.Topsin-M sistemali fungitsid keng ko‘lamli ta’sirga ega benomilga o‘xshash 70% li h.k. 0,1-0,2% quvvatda 0,6-2 kg/ga normada olma, nok, gilos, tok, bodring, bug‘doy, arpa kasalliklariga, SD50=7450mg/kg.
4. Afugan- 30% li k.e. 32.8% texnik produkt(mahsulot) 9,84 % emulgator va 55,66 % organik erituvchidan iborat. 1-2 yil yaxshi saqlanadi. Sistemali ta’sir etadi. Un shudring har xil ekinlar uchun 0,1% quvvatda 0,7-1,4 l/ga normada tavsiya etilgan.
5. Milgo- sistemali- sistemali fungitsid, himoyalovchi xususiyatiga ega. Ildiz sistemasi yaxshi so‘radi o‘simlikda tez siljiydi. Ksilemada aylanadigan bargning birinchisidan ikkinchisiga o‘tmaydi, faqat bir bargda siljiydi.
1. G‘allada un shudring uchun tavsiya etilgan 28% li kolloid eritmasi 0.65-1 l/ga normada SD50= 6340mg/kg.
6. Bayleton-sistemasi fungitsd profilaktika va davolovchi xususiyatga ega.
1. G‘allaning un shudring, zang
2. Lavlagining zang
3. Yer tutning kulrang chirish
4. Tok oidium, kulrang chirish
5. Olma qo‘tir, un shudring
5 % va 25 % h.k. SD50 568 mg/kg



Download 26,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish