2. Xlorokis medi. Mis xlor oksidi
Xlorli misning asosiy tuzi 3Cu(OH)2*CuCl2*H2O qattiq kristall modda, suvda erimaydi. 90% ho‘l kukun holatida chiqariladi ko‘kish-yashil, hidsiz. O‘simliklarning vegetatsiya davrida 0.4% quvvatli suspenziyasi bilan purkash tavsiya etilgan. Olma, nok, olxo‘ri, shaftoli, gilos, o‘rik uchun 4-8 kg/ga, tokda 6 kg; kartoshka, pomidorda- 2.4-3.2 kg; lavlagi- 3.2-4 kg/ga; bodring, piyoz 2.4 kg. Xlorokis med Bordo suyuqligi tavsiya etilgan kasalliklarga qarshi tavsiya etilgan. Salbiy tomoni: o‘simlikka yaxshi yopishmay oqib ketadi. Ijobiy tomoni: 1. o‘simlikni kuydirmaydi;2. tayyorlanishi oson;
Samolyotlardan kichik hajmda purkash uchun 90% li ho‘llanuvchi kukuniga, 93% li emulsiya konsentrati (antiisparitel AI-4P) qo‘shish tavsiya etilgan. Qand lavlagi vegetatsiya davrida 8 %-16 % suspenziyali aralashmalarda purkaladi. Xlorokis medi 4 kg/ga; normada sarfi tavsiya etilgan.
Antiisparitel AI-4P preparat sarfini 40-60% kamaytiradi, yopish qoqligi 1.5-2 barobar ortadi. Yogingarchilik paytlari lavlagi va mevali daraxtlarni bargini kuydirishi mumkin. Sineb, polikarbotsin kabi organik fungitsidlar bilan birgalikda qo‘shib qo‘llaganda samarasi yuqori bo‘ladi. SD50-470 mg/kg Oxirgi ishlov 20 kun.
Ditiokarbomin kislota mahsulotlari
O‘simliklar vegetatsiya davrida bu guruhdan mis, marganets, ruxli tuzlardan foydalaniladi. Sineb, polikarbatsin, ditan M-45. Kontakt ta’sir etish qobiliyatiga ega preparatlar shuning uchun kasallik tushishi oldidan yoki kasallanish bilanoq qo‘llash zarur. Zamburug‘larning hayotiy jarayonlarini biroz to‘xtatadi, fermentlar aktivligini susaytiradi. Tashqi muhitda 1-1,5 oy ichida parchalanadi. Polikarbatsin sinebga nisbatan chidamliroq. O‘simlikda uzoq saqlanadi, termik ishlov, abiotik faktorlar ta’sirida tezroq parchalanadi. Parchalanish paytida parchalanuvchi, bug‘lanuvchi moddalar serouglerod, serovodorod, dimetilamin ajratadi. Parchalanish mahsulotlari zaharli. Lekin odamlarga ta’siri kam. Oxirgi ishlov 8-20 kun.
Sineb- sarg‘ish kukun, badbuy hidli, suvda yaxshi erimaydi. Yomon saqlaganda, qizdirilganda, kuyoyeshda, nam havoda 50 % ga eriydi (bir yil davomida) va portlovchi serouglerod ajratadi. Shuning uchun shamollatib turiladigan past haroratli holatda saqlash lozim. Biologik muhitda bir oyda parchalanadi. Gilos, uzum, smorodina mevasida uzoq saqlanadi. Shuning uchun qora smorodina, piyozni dorilash m’an etilgan. Sineb- himoyalovchi fungitsid. Kasallik tarqalishini oldini oladi. Ayrim paytlarda kartoshkaning fitoftoroz, qand lavlagining pereposporoz, zang kasalliklariga lokal sistemali ta’siri kuzatilgan. Tokning mildyu, kartoshka, tomatning fitoftoroz, tamakining perenosporoz, olma, nokning qo‘tir, lavlagining serkosporoz sabzavot polizning bir qancha boshqa kasalliklariga qarshi samarali. Sanoatda 80% ho‘llashuvchi kukuni chiqarilib, vegetatsiya davrida 0,4-0,7% quvvatdagi suspenziyasini purkash tavsiya etilgan. 6 kg/ga uzumda; poliz va sabzavotlarda 2-4 kg/ga. Bug‘doyning zang kasaligiga samolyotdan purkashda 5% li suspenziyasi 5 kg/ga normada tavsiya etilgan. Sineb un shudringga ta’sir etmaydi, aksincha, 2-3 yil surunkasiga tokning mildyu kasalligiga qo‘llanilganda oidiumning ko‘payishi va tok navdalarining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun SINEBning qo‘llash mis preparatlari bilan almashtirilib turiladi. Kompleks ta’sirini kuchaytirish maqsadida Sineb kolloid oltingugurti bilan, qo‘shib ishlatilishi tavsiya etilgan. ISO, BJ dan tashqari juda ko‘p pestitsidlar bilan qo‘shib ishlatilishi mumkin. SD50 1850mg k/g. Terida allergik ta’sir etishi mumkin, asmatik holatlar chaqiradi. Purkashning birinchi kunlari havoda organizm uchun zaharli serouglerod, serovodorod quvvati ko‘payib salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Oxirgi ishlov uzumzorda- 30 kun, tamakida - 8-10 kun, boshqa ekinlarda- 2-6 kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |